Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirishda tarbiyachining pedagogik tayyorgarligini shakllantirish



Download 12,65 Kb.
bet2/4
Sana12.07.2022
Hajmi12,65 Kb.
#782908
1   2   3   4
Bog'liq
Raxmatova Nargiza Asosnoma

XULOSA VA TAVSIYALAR:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
ILOVALAR
KIRISH. Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillikka erishgan mamlakatimizda yoshlar ta’limini va tarbiyasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. Kitobxonlikka mehr uyg‘otish bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo'lgan jarayondir. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Zero yoshlar bizning kelajagimiz, biz ularga qanchalik farovon, mamlakatimiz tinch osoyishta boladi.
Respublikamiz prezidenti Sh. Mirziyoev 2016 yil 14 dekabr kuni bolib o'tgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bolib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bolib kamol topishi, baxtli bolishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” . degan edilar. Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 32 foizi, ya’ni 10 millionini 30 yoshgacha bolgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda ta’lim tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturning hayotga tadbiq etilishi samarasi o'laroq, yoshlarimiz Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bolgan, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanib bormoqda.
Shubhasiz, yosh avlodning zamon talablariga munosib, mustaqil fikr- qarashiga ega, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyat sohibi va dunyoning har bir burchagidagi tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bolib kamol topishida adabiyot va san’atning roli beqiyosdir. Bolalik davridan kitobga mehr qo‘yish, mutolaa madaniyatini, nutqini shakillantirish zarurdir. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatlilik – faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni vaqtda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi. Bolalarning ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishini rivojlantirib borish yosh avlod tarbiyasida umumxalq ishidir. Ma’lumki, vatan beshikdan boshlangani kabi, ta’lim-tarbiya ham beshikdanoq, hattoki, bola tug‘ilmasidanoq berila boshlanishi kelajakdagi ijobiy natijalarga sabab bo‘ladi.
Mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini hozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va intellektual jihatlari rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo‘yicha bolalarga ta’lim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi «Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari» desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini oshirish, balki uning muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining, shu jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o‘rtasida ziddiyatlar namoyon bo‘lmoqda. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, biz mazkur kitobda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning samarali yo‘llari hamda vositalarini ishlab chiqishda tayanch bo‘ladigan nazariy, metodik usullarni yoritishga qaror qildik.


Download 12,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish