Maktabgacha yoshdagi


Ko‘nikma va odatlar, ularning hosil bo‘lishi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Ko‘nikma va odatlar, ularning hosil bo‘lishi. Ko‘nikmalarni 

malakalardan ajrata bilish zarur. Ko‘nikmalar asosida bi-

ror narsa qilishni o‘rganish mumkin-u, lekin bu ishni baja-

rish malakasi hali egallab olinmagan bo‘lishi mumkin. Masa-

lan: 5–5,5 yoshli bola ruchka ushlashni, yozishni o‘rganib 

olgan bo‘lishi mumkin, lekin hali yozish malakasini egallagan 

emas. Ko‘nikmalar kishi o‘z faoliyati jarayonida hosil qilgan 

bilimlar yoki malakalarga asoslangan biror ishni bajarishning 




88

ma’lum darajada mukammal usulidir. Ko‘nikma bu biror ishni 

bajarishga tayyorgarlik, malaka esa faoliyatning avtomatlash-

gan bo‘g‘inidir. Ko‘nikmalar turli darajalarda bo‘lishi mum-

kin: ayrim hollarda ular malakalarda tarkib topishidan oldin 

hosil bo‘lishi, boshqa hollarda faoliyatning yanada rivojlani-

shi bo‘lishi mumkin. Uzoq mashq qilinmasa, ishlar takror-

lanib turilmasa, malaka hosil qilib bo‘lmaydi. Ko‘nikma esa 

ko‘p mashqlarni bajarmasdan ham paydo bo‘lishi mumkin. 

Ko‘nikma uchun talab qilingan narsani tushunish, ishni baja-

rish usulini bilish muhimdir. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda 

bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga 

ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasa, biz 

buni ko‘nikma deb ataymiz.

Kishining xulq-atvorida mustahkamlanayotgan va uning 

ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlar odat deyiladi. Odatlar xud-

di malakalar singari xulq-atvor va faoliyatning avtomatlash-

gan ele mentlaridan iborat, lekin ular orasida muhim farqlar 

ham bor. Inson shaxsiga xos bo‘lgan malaka va odatlarning 

nerv-fiziologik asoslarini tushuntirishda akademik I.P. 

Pav-

lovning dinamik ste reotip haqidagi ta’limoti juda katta ahami-



yatga egadir.

Bu ta’limot bizga malaka va odatlarning murakkab mexa-

nizmlarini ma’lum darajada tushuna olish imkoniyati-

ni beradi. Har bir odam o‘zining xususiy yashash sharoiti-

ga, ya’ni o‘zining kundalik hayot tarziga o‘rganib, odatlanib 

qolgan bo‘ladi. Bu ning asosiy sababi shundaki, odamda ay-

ni shu ha yot tarziga nis batan dinamik stereotip vujudga ke-

ladi. Bordiyu, hayot sha roitini kes kin o‘zgartirsak, dinamik 

stereotip buziladi va yangi sharoitga mos keladigan yangi di-

namik stereotip yuzaga kelgunicha ancha vaqt o‘tadi. Chu-

nonchi, bog‘chaga yangi kelgan bola o‘zining nihoyatda odat-

lanib qolgan uy sharoitidan yangi tamomila boshqa sharo itga 

o‘rganib ketguncha, ya’ni yangi dinamik stereotip hosil 

bo‘lguncha xarxasha qiladi. Odat kishini aynan bir faoli-

yat bilan shug‘ullanishga undaydi. Odatlar maj muidan inson 

xarakteri ke lib chiqadi. Odatlarning ijobiy va salbiy turlari 

bo‘ladi. Kishida mehnat turi bilan bog‘liq professional odat-



89

lar bo‘ladi. Masalan: shifokor odamning ko‘rinishi, qiyofasi-

ga qarab sog‘lom yoki kasal ekanligiga e’tibor berishga odat-

langan. Ijobiy – aqlni bir joyga qo‘yib ishlashi, tozalikka, 

xushmuomalalikka, kishilarga ziyraklik bilan munosabatda 

bo‘lishga odatlanishi. Salbiy – ishyoqmaslik, qo‘pollik, che-

kish, ichishga odatlanish, ijobiy odatlarga ega bo‘lish uchun 

imkoniyat boricha ijobiy harakatlarni tez-tez takrorlab tu rish, 

ularni odatdagi harakatlarga aylantirish, salbiy odatdan xalos 

bo‘lish uchun tegishli harakatlarni takrorlamaslik kerak.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish