Yuqori natija: 7–10 ta kartochkani to‘g‘ri ko‘rsatish va tu-
shuntirish.
O‘rta natija: 7–10 ta kartochkani yarim tushuntirishlar bi-
lan ortiqcha predmetning ko‘rsatilishi. Masalan: «Ortiqcha
predmet atirgul, qolganlari daraxtlar».
Past natija: 7–10 ta kartochkada ortiqcha predmetning tu-
shuntirishsiz aniqlanishi.
2-test. Maktabga qabul qilinayotgan bolaning fikrlashi va
xo tirasini quyidagi matn yordamida aniqlash mumkin. «Kun-
lardan bir kuni sher kasal bo‘lib qoldi. U o‘z uyiga o‘rmondagi
barcha hayvonlarni taklif qildi. Ularning ichida tulki ham bor
edi. Tulki sherning uyiga kirmasdan, eshik oldida turdi. Sher
unga: «Sen nega uyga kirmayapsan?» deb so‘raganida tulki
shunday javob beribdi: «Men sening uyingga eltuvchi ko‘plab
izlarni ko‘rdim, lekin qaytayotgan bironta ham iz ko‘rmadim».
Tulkining javobini izohlab bering.
3-test. Bolalarga so‘zning antonimini topish vazifasini
berib, ularning fikrlashi va xotirasini aniqlash mumkin:
Baland-past, issiq-sovuq va hokazo.
428
Do'stlaringiz bilan baham: |