3. Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati qonuni. Bu qonun
asab tizimining plastiklik xususiyati bilan bog‘liqdir. Yosh bo-
la ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan u albatta ularni o‘ziga
o‘zlashtiradi, taqlid qiladi. Natijada u aqliy tomondan shaklla-
nadi. Ta’lim-tarbiya sharoitida bolani, maktab o‘quvchisining
psixikasini maqsadga muvofiq o‘zlashtirishning boy imkoniya-
ti asab tizimining ana shu plastikligiga asoslanadi. Plastiklik
kompensatsiya (to‘ldiruvchanlik, tovon, badal) uchun ham yo‘l
ochib beradi. Ba’zi psixik funksiyaning rivojlanishi zaif yoki
nuqsonli bo‘lsa, uning faoliyatini zo‘r uyushganligi va aniqli-
gi bilan kompensatsiya qilish mumkin; ko‘rishdagi nuqsonlar
qisman, eshitish analizatorining o‘tkir darajada rivojlanishi bi-
lan kompensatsiya qilinadi. Tarbiyachi va o‘qituvchilar bolaga
ta’lim-tarbiya berish jarayonida psixik taraqqiyotning qonun-
lariga amal qilishlari va bolaning taraqqiyot xususiyatlarini bi-
lishlari maqsadga muvofiqdir.
Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy maqsadi bola psixik ta-
raqqiyotini o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda,
uni tushuntirib berishda turli xil qarashlarni o‘rganish muhim-
dir. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi
biogenetik va sotsiogenetik oqim XIX asrning ikkinchi yarmi-
da maydonga kelgan.
Bola psixik xususiyatlarining tug‘ma tabiati haqidagi
ta’limot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablari-
ning asosini tashkil etib kelmoqda. Biogenetik konsepsiyada
inson psixikasi ning barcha umumiy va individual xususiyat-
234
lari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga
tenglashtirilgandir. Psixik rivojlanish esa nasliy yo‘l bilan azal-
dan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususi-
yatlarning maromi ga yeti lish jarayonidan iborat deb ta’kidlaydi.
Ma’lumki, nasliy xususi yatlar tug‘ma yo‘l bilan nasl dan-naslga
tayyor holda beriladi, biroq shunday bo‘lishiga qaramay bu
oqim namoyandalari inson shaxsi va uning barcha xususiyat-
lari «ichki qonunlar» asosida, ya’ni nasliy xususiyatlar negizida
maydonga keladigan narsa, bio logik omillarga bog‘liqdir, deb
ta’kidlaydilar. Biogenetik ta’limotda inson qobiliyatlarining
rivojlanish darajasi taqdir tomonidan belgilanib qo‘yilganligini,
bola imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida
aniqlab, undan so‘ng ta’lim jarayonini uning irsiyat tomonidan
belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning asliy
iste’dod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil
olishi zarur deb ta’kidlanadi.
Amerikalik psixolog E.
Torndayk bolalarning «tabiiy
kuchlari» va «tug‘ma mayllar»ini psixik rivojlanishning ye-
takchi omili qilib ko‘rsatib, muhitning, ta’lim-tarbiyaning
ta’siri ikkinchi darajali dir, deb aytadi.
Avstraliyalik psixolog K. Byuler bolalarning faqat aqliy ta-
raqqiyotigina emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy to-
mondan belgilangandir, deb ta’kidlaydi.
Amerikalik pedagog va psixolog D. Dyui, inson tabiati-
ni o‘zgartirib bo‘lmaydi, odam ehtiyojlari va psixik xususiyat-
lari bilan tug‘iladi. Bu ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya
jara yonida namoyon bo‘lib, ba’zida o‘zgarishi tarbiyaning miq-
dorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.
Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga
kelgan yana bir ta’limot – sotsiogenetik konsepsiya – qobiliyat-
larning taraqqiyotini faqat tevarak-atrofdagi muhitning ta’siri
bilan tushuntiradi. K. Gelvetsiyning ta’limotiga ko‘ra, barcha
odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun tug‘ilishidanoq
mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo‘ladilar. Shuning
uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina
muhit va tarbiya ning turlicha ta’sir qilishi bilan vujudga kela-
di, deb tushuntiriladi. Bu nazariyani xorijiy mamlakatlardagi
235
hozirgi turli namoyandalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy
muhitning g‘oyat darajada muhim roli borligini e’tirof etadilar.
Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yu-
zaga kelgan sotsiogenetik konsepsiya fanda eksperimentlar-
ning rivoj
lanishi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, XVII asrning
oxi ri va XVIII asrning boshlarida hammaning diqqat-e’tibori
mo‘jizakor tajri
baga qaratilgan edi. Bu hodisa inson shax-
sining tarkib topishi masalasiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.
Angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq
bola ning ruhini top-toza doskaga, taxtaga o‘xshatadi. Uning
fikricha, bolaning top-toza taxta tarzidagi ruhiga nimalarni
yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyoridadir. Shuning uchun
bolaning qanday odam bo‘lib ye tishishi, ya’ni unda qanday
shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan oladigan
tajribaga, o‘zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy
tushuncha va tasavvurlariga bog‘liqdir, deb ta’kidlaydi.
Bu masalalarni tahlil etgan har ikkala yo‘nalishning namo-
yandalari, o‘z manfaatlarining tashqi jihatdan bir-biriga qara-
ma-qarshi bo‘lishiga qaramay, insonning psixik xususiyatla rini
biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida avvaldan belgilangan va
o‘zgarmas narsa, deb e’tirof etadilar.
Ma’lumki odam shaxs sifatida muntazam qandaydir faoli-
yatda tarkib topib boradi, rivojlanadi, uning faolligi namo-
yon bo‘ladi. Bolaning psixik jihatdan taraqqiy etishida biologik
(nasliy), ijtimoiy, uzoq vaqt davomida beriladigan ta’lim-tar-
biya va bolaning shaxsiy faolligi ta’siri muhim o‘rin egallaydi.
Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda in-
son shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga
bog‘liqligini dalillar asosida izohlab beradi. Nasliy yo‘l bilan
odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri bir qator tashqi alomatlar, tashqi xu-
susiyatlar o‘tishi mumkin. Masalan, bolalar o‘z ota-onalari-
ning tashqi jismoniy belgilarini, ya’ni bo‘y-bastini, ko‘zi va so-
chining rangini, yuz tuzilishi va shu kabilarni nasliy yo‘l bilan
meros qilib oladi. Bolaning psixik taraqqiyotiga xos xususiyat-
lar nasliy yo‘l bilan tug‘ma ravishda to‘g‘ridan to‘gri berilmay-
di. Lekin bundan nasliy xu susiyatlarning psixik taraqqiyotga
mutlaqo aloqasi yo‘q, degan ma’no kelib chiqmaydi. Nasliy xu-
236
susiyatlarning psi xik taraqqiyotga taalluqliligi shundaki, ayrim
psixik jarayon yoki psixik xususiyatlarning anatomik-fiziologik
nishonalari naslga o‘tadi. Lekin psixik taraqqiyot bilan bog‘liq
bo‘lgan ana shunday anatomik-fiziologik nishonalar odamga
imkoniyat tarzida beriladi. Har qanday imkoniyat ham ro‘yobga
chiqavermaydi. Ijtimoiy muhit va ta’lim-tarbiya tizimi noto‘g‘ri
olib borilsa, imkoniyat tarzidagi la yoqatlar qobiliyatga aylan-
may yo‘qolib ketishi mumkin.
Demak, odamga imkoniyat tarzida beril gan nasliy xususi-
yatlarning o‘zi tegishli muhit bilan bog‘lanmasa, bola psixik
taraqqiyotida deyarli biron hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘la
olmaydi.
Bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ijtimoiy muhitda, ya’ni
odamlar qurshovida yashay boshlaydi. Ijtimoiy muhit deganda
biz dastavval oila muhitini tushunamiz. Lekin «muhit» tushun-
chasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Keng ma’nodagi «muhit»
so‘zi odamning butun mamlakati, Vatani bilan bog‘liq bo‘lgan
ha yot sharoiti bo‘lsa, tor ma’nodagi «muhit»da asosan odam-
ning oilaviy turmush sharoiti va oila tevarak-atrofidagi ijtimoiy
hayot tu shuniladi.
Bolaning psixik jarayonlari (id roki, xotirasi, tafakkuri, xa yoli
va shu kabilar) va shaxsiy sifatlari (qiziqishlari, qobiliyati, mala-
ka va odatlari, xarakteri va h.k.) tug‘ma ravishda be rilmaydi.
Odamning, shu jumladan, bolaning barcha psixik jara yonlari
va shaxsiy sifatlari konkret ijtimoiy sharoitning ta’siri tufayli
individual hayoti davomida yuzaga keladi. Bunda eng muhim
omil oiladir. Oila hayotining umumiy turmush tarzi bola psixi-
kasining taraqqiy etishiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Bola o‘z tabiatiga ko‘ra juda ham taqlidchan bo‘ladi. Taqlid-
chanlik bola psixikasi taraqqiyotini belgilovchi omillardan
biri dir. Bola har doim o‘z oilasidagi katta odamlar qurshovi-
da yashar ekan, u hamisha ana shu o‘ziga yaqin odamlar ning
xatti-ha rakatlariga taqlid qiladi. Taqlid qilish orqali har xil in-
soniy munosabatlar va fazilatlarni o‘ziga sekin-asta singdi rib
bo radi. Tashqi muhitning, ya’ni oila muhitining bola psixi-
kasiga ta’siri nutq (til) taraqqiyotida juda yaqqol ko‘rinadi. Bo-
la tug‘ilishidan boshlab qanday nutq turi muhitida yashasa,
237
ana shu tilda gapiradigan bo‘ladi. Bola o‘sgan sari muhit doi-
rasi ham kengaya boradi. Ijtimoiy muhit (dastavval oila, hovli,
ko‘cha, mahalla)dan sekin-asta kengaya borib, shahar, respub-
lika va butun mamlakat miq yosiga o‘tadi. Ana shunga mos ra-
vishda ijtimoiy muhitning bolaga ta’siri manbalari ham borgan
sari kengaya va ko‘paya boradi. Bola oila doirasidan tashqariga
chiqqanidan so‘ng unga o‘zgalar ham ta’sir eta boshlaydi. Bola
endi faqat o‘z oilasidagi katta odam larning xulq-atvori va xat-
ti-harakatlarigagina emas, balki yaqin atrofidagi boshqa odam-
larning, o‘z tengqurlari ning xulq-atvorlari va xatti-harakatlari-
ga ham taqlid qila boshlaydi. Ana shu tariqa ijtimoiy muhit
bolaning psixikasiga bo‘lgan ta’sirini kengaytira boradi.
Shunday qilib, ijtimoiy muhit bolalar psixikasi ning taraq-
qiyotiga faol ta’sir etadigan eng muhim omillardan biri bo‘lib,
uning o‘zgarishi bola psixikasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |