5.3. Qobiliyatlar. Qobiliyat haqida umumiy tushuncha
Pedagog bolalarni kuzatib ulardan ba’zilari qobiliyatli,
boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi deb hisoblar ekan, bu
gapda jon bor. Shunday bo‘ladiki, ba’zi bolalar ehtiyojlari va
qiziqishlaridan kelib chiqib she’r va ertaklarni, sahnalashtiril-
gan rollarni tez va oson yodlab oladilar.
Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, kishi
ular yordamida bilim, ko‘nikma va malakalarni nisbatan oson-
lik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyat li
shug‘ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi.
Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishdagi nozik
farqlari, predmetlarning aniq ko‘rinishi, proporsional nisbat-
larni tushunish, kuzatuvchanlik, absolut eshitish (musiqa bi-
lan shug‘ullanishida) va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ayrim
qobiliyatlar xotirani yaxshi ishlashi bilan bog‘liqdir. Qobiliyat-
lar bilim, malaka va ko‘nikmalardangina iborat emas, garchi
ular asosida paydo bo‘lib rivojlanib borsada. Shuning uchun
o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror nar-
sani sust bilishi, unda qobiliyatning yo‘qligidan deb hisobla-
221
masdan, juda ehtiyot bo‘lish va xushmuomalalik bilan ish
ko‘rishi kerak. Bunday xatolar ba’zan biror sabab bilan mak-
tabda yaxshi o‘qimagan bo‘lajak yirik olimlarga nisbatan ham
yo‘l qo‘yilgan. Bolalik dav rida u yoki bu qobiliyatlarning atrof-
muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, kеyinchalik
xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-
shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning
nomi olamda mashhur, chunonchi, Albеrt Eynshtеyn (nisbiylik
nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachеvskiy (yangi gеomеtriya
yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishiga qaraganda gеnial
olim bo‘lib voyaga yеtishishida hеch qanday asos yo‘q edi.
Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristika-
sini o‘rganar ekanmiz, bu qobiliyatlarda birgina emas, balki
juda ko‘p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiy-
roq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatni birmuncha
torroq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni
ajratishimiz mumkin.
Layoqat va uning turlari
Ba’zan o‘ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa,
un dagi bu sifat tug‘ma ekanligiga ishora qilinadi. Psixologi-
yada tug‘ma alomatlari bor bo‘lgan individual sifatlar layoqat
deb yuritiladi. Layoqat ikki xil bo ‘ladi, ular tabiiy layoqat va
ijtimoiy la yoqat. Tabiiy layoqat odamdagi tug‘ma xususiyat-
lardan oliy nerv ti zimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning
yarimsharlarining qanday ishlashi, qo‘1-oyoqlarning biologik
va fiziologik sifatlari, bi lish jara yonlarni ta’minlovchi sezgi or-
ganlari – ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan
kelib chiqsa (bular nasliy ota-ona dan genetik tarzda o‘tadi),
ijtimoiy layoqat bola tug‘ilishi bilan uni o‘rab turgan muhit,
muloqot usullari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlan-
tirish uchun zarur shart-sharoitlardir. Bola bu ikkala layoqat
muhitini ota-onadan tayyoricha qabul qiladi. Tabiiy anato-
mik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik
asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan la-
yoqat nishonalarining majmui kishining iste’dodi deyiladi.
Layoqatsizlik, intellektning pastligi sabablardan biri ham ana
222
shu yuqo rida ko‘rsatilgan ikki layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi
mumkin. Ilk yoshdayoq bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyat-
larini rivojlan tirish, shart-sharoitlar yaratish ishini to‘g‘ri yo‘l-
ga qo‘yish kerak.
Bolalar bilan individual ishlash.
Bola bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakat
qilmasa eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib,
iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng
bu yuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarning tagida ham
la yoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bi-
limga chanqoq lik yotadi. Shuni ham unutmaslik kerakki qo-
biliyatsiz odam bo‘lmaydi. Agar shaxs aldanib o‘zidagi iqtidor
yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga
layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning
qobiliyati borligini o‘zi vaqtida to‘g‘ri anglay olmagani sabab
bo‘lib, u bir umr shu toifaga kirib qoladi.
Qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda, ayrim kishilarda, qobi-
liyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga
layoqat ancha ertaroq paydo bo‘ladi. Masalan, M.I. Glinka 3–4
yoshidayoq shunday o‘yinni yoqtirgan. U ovoz chiqaradigan
turli buyumlarni (mis tog‘ora, kastrulka) yog‘och bilan chal-
gan. Bunda kattalarni hayron qoldirgan darajada ohangdosh
tovushlar paydo bo‘lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyin-
chalik bu bola buyuk kompozitor bo‘lib yetishdi. Kishilarda
musiqa va tasviriy san’atga layoqatdan birmuncha keyinroq
ada biy qobiliyatlar paydo bo‘ladi, lekin ayrim talantli shoir-
larda bu qobiliyatlar juda erta paydo bo‘ladi. Masalan, A. Na-
223
voiy besh yoshiga, A.S. Pushkin, Lermontov va Nekrasov hali
10 yoshga to‘lmasdanoq she’r yoza boshlagan.
Qobiliyat turlari
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘ladi. Umumiy qobili-
yatlar mavjud bo‘lganda kishi faoliyatining turli xillari bi-
lan muvaffaqi
yatli shug‘ullana oladi. Umumiy qobiliyatga
ega o‘quvchilar odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay
o‘qiydilar. Maxsus qobili
yatlar kishiga qandaydir bir muay-
yan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish imkonini beradi.
Masalan matematik, texnikaviy, adabiy, musiqaviy, tasviriy va
boshqa qobiliyatlar bo‘ladi.
Har bir ongli inson qobiliyati va zehni ustida ilk yosh-
ligidan boshlab, «yuragi chopgan» ish bilan shug‘ulansa va
undan qoniqish olib qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib,
yutuqlarga erish sa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor insonning
o‘z xatti-harakati, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nis-
batan subyektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki ta-
lantli bo‘lmasligi mumkun, lekin u har qanday ishda mardlik,
chidamlilik o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fa-
zilatlarga ega bo‘lib, ishni sidqidildan bajaradi. Ular ana shun-
day harakatlari bilan ba’zan o‘ta iste’dodli, lekin kam harakat
kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda keltiradilar. Iqtidor-
li insonda iste’dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor. Iste’dod har
tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qo-
biliyatdir. U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini takomillashtirib
borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish, irodasi va bu-
tun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi.
Biror faoliyatning, ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va ori-
ginal tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo‘r qobiliyatlar birik-
masi iste’dod deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli kishilarni
ta lantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin. Bunday kishilar ijti-
moiy munosabatlar sohasida o‘z davrining progressiv g‘oyalarini
juda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiradilar, adabiyot va
san’at sohasida hozirgi zamonning ilg‘or tafakkuri darajasida-
gi mukammal asarlarni yaratadilar, fan va texnika sohasida ular
murakkab nazariy va amaliy vazifalarni yaxshi hal etadilar.
224
Talantlilikning yuqori bosqichi daholik deb ataladi. Ijti-
moiy hayotda fan, adabiyot, san’at va shu kabi sohalarda
prinsipial ravishda yangi biror narsa yaratgan kishilar daho-
lar (geniy) deb hisoblanadilar. Genial kishilar ijodining mah-
suli faoliyatning biror sohasini rivojlantirishda muhim bos-
qich hisoblanadi. Genial kishilar insoniyat taraqqiyotida yo‘l
ko‘rsatuvchi bosqichlar bo‘lib xizmat qiladilar, tarixiy shaxs-
ga aylanadilar.
Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha davlat ishlari sobitqadamlik bilan olib borilmoq-
da. Iste’dodli o‘smir va o‘spirin yoshlarni izlab topish, ular-
ga ko‘maklashish, ularning qobiliyatini va iste’dodini o‘stirish
bo‘yicha fondlar tashkil etildi. Qobiliyat li yoshlarni chet el-
lardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markaz larda o‘qitish
va stajirovka o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bolalarning oilada tar-
biyalashni tashkiliy psixologik-pedagogik uslubiy jihatdan
ta’minlash, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini
hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi,
sohalashtirish, tabaqalashtirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim
olishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |