Maktabgacha yoshdagi


Ko‘nikma va odatlar, ularning hosil bo‘lishi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Ko‘nikma va odatlar, ularning hosil bo‘lishi.
Ko‘nikmalarni 
malakalardan ajrata bilish zarur. Ko‘nikmalar asosida biror nar-
sa qilishni o‘rganish mumkin-u, lekin bu ishni bajarish malakasi 
hali egallab olinmagan bo‘lishi mumkin. Masalan: 5–5,5 yoshli 
bola ruchka ushlashni, yozishni o‘rganib olgan bo‘lishi mum-
kin, lekin hali yozish malakasini egallagan emas. Ko‘nikmalar 
kishi o‘z faoliyati jarayonida hosil qilgan bilimlar yoki malakalar-
ga asoslangan biror ishni bajarishning ma’lum darajada mukam-
mal usulidir. Ko‘nikma bu biror ishni bajarishga tayyorgarlik
malaka esa faoliyatning avtomatlashgan bo‘g‘inidir. Ko‘nikmalar 
turli darajalarda bo‘lishi mumkin: ayrim hollarda ular malaka-
larda tarkib topishidan oldin hosil bo‘lishi, boshqa hollarda faoli-
yatning yanada rivojlanishi bo‘lishi mumkin. Uzoq mashq qilin-
masa, ishlar takrorlanib turilmasa, malaka hosil qilib bo‘lmaydi. 
Ko‘nikma esa ko‘p mashqlarni bajarmasdan ham paydo bo‘lishi 
mumkin. Ko‘nikma uchun talab qilingan narsani tushunish, ish-
ni bajarish usulini bilish muhimdir. Agar malakalarimiz qat’iy 
tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talab-
lariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz 
buni ko‘nikma deb ataymiz.
Kishining xulq-atvorida mustahkamlanayotgan va uning ehti-
yojiga aylanib qolgan harakatlar 
odat
deyiladi. Odatlar xuddi 
malakalar singari xulq-atvor va faoliyatning avtomatlashgan ele-
mentlaridan iborat, lekin ular orasida muhim farqlar ham bor. 
Inson shaxsiga xos bo‘lgan malaka va odatlarning nerv-fiziologik 
asoslarini tushuntirishda akademik I.P. Pavlovning dinamik ste-
reotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir.


86
Bu ta’limot bizga malaka va odatlarning murakkab mexa-
nizmlarini ma’lum darajada tushuna olish imkoniyatini beradi. 
Har bir odam o‘zining xususiy yashash sharoitiga, ya’ni o‘zining 
kundalik hayot tarziga o‘rganib, odatlanib qolgan bo‘ladi. Bu-
ning asosiy sababi shundaki, odamda ayni shu hayot tarziga nis-
batan dinamik stereotip vujudga keladi. Bordiyu, hayot sharoitini 
kes kin o‘zgartirsak, dinamik stereotip buziladi va yangi sharoitga 
mos keladigan yangi dinamik stereotip yuzaga kelgunicha ancha 
vaqt o‘tadi. Chunonchi, bog‘chaga yangi kelgan bola o‘zining ni-
hoyatda odatlanib qolgan uy sharoitidan yangi tamomila boshqa 
sharoitga o‘rganib ketguncha, ya’ni yangi dinamik stereotip hosil 
bo‘lguncha xarxasha qiladi. Odat kishini aynan bir faoliyat bilan 
shug‘ullanishga undaydi. Odatlar majmuidan inson xarakteri ke-
lib chiqadi. Odatlarning ijobiy va salbiy turlari bo‘ladi. Kishida 
mehnat turi bilan bog‘liq professional odatlar bo‘ladi. Masalan: 
shifokor odamning ko‘rinishi, qiyofasiga qarab sog‘lom yoki kasal 
ekanligiga e’tibor berishga odatlangan. Ijobiy – aqlni bir joyga 
qo‘yib ishlashi, tozalikka, xushmuomalalikka, kishilarga ziyraklik 
bilan munosabatda bo‘lishga odatlanishi. Salbiy – ishyoqmaslik, 
qo‘pollik, chekish, ichishga odatlanish, ijobiy odatlarga ega bo‘lish 
uchun imkoniyat boricha ijobiy harakatlarni tez-tez takrorlab tu-
rish, ularni odatdagi harakatlarga aylantirish, salbiy odatdan xalos 
bo‘lish uchun tegishli harakatlarni takrorlamaslik kerak.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish