Maktabgacha yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni bilishida nutqni rivojlantirish texnoligiyasi. Mundarija: Kirish



Download 144,5 Kb.
bet8/18
Sana31.12.2021
Hajmi144,5 Kb.
#223064
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni bilishida nutqni rivojlantirish texnoligiyasi.

6. Bolalar о’yinlari.

  • Ot о’yin, dо’ppi о’yin, hammompish, tosh о’yini, chillak, varrak, loysuvoq о’yini.

  • Chitti gul, oq terakmi – kо’k terak, tepdik – sandiq ochildi, boychechagim boylandi, hakkalakam – dukkalakam.

  • «Qorxat», «Qorqiz». «Qorbobo» о’yinlari.

Yuqoridagi mavzularning har biri bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini boyitish bilan birga, bog’lanishli nutqni ham rivojlantirishga hizmat qiladi.

Masalan, 1-sentabr mustaqillik kuni umumhalq bayrami sifatida nishonlanar ekan, avval guruhdagi ertaliklar, sо’ng bolalarning ota-onalari bilan Toshkentdagi mustaqillik maydoniga, shahardagi milliy boqqa sayohat uyushtirish natijasida ularning lug’atida mustaqillik bayrami, mustaqillik maydoni, milliy bog’, Alisher Navoiy xaykali, О’zbekistonning birinchi Prezidenti – I.A.Karimov, О’zbekiston Gerbi, О’zbekiston bayrog’i, О’zbekiston madhiyasi, Toshkent – О’zbekiston poytaxti, metropoliten kabi tushuncha va birikmalar bilan boyiganligining guvohi bо’ldik. Bolalarning sо’z zahirasi bevosita kо’rgan-kuzatganlari asosida orta boradi degan xulosaga keldik.

Masalan, Toshkent shaxri bо’ylab sayohat natijasida bolalarning lug’at boyligiga birdaniga bir necha mavzu bо’yicha sо’zlar, birikmalar qo‘shiladi. Masalan, Amir Temur maydoni, Amir Temur haykali, Amir Temur – buyuk sarkarda, Toshkent mehmonhonasi, «О’zbekiston» mehmonhonasi, О’zbekiston tarixi muzeyi, San’at saroyi, Milliy teatr, Markaziy univermag, Chorsu bozori, Hayvonot bog’i kabilar shular jumlasidandir. Bular 6-7 yoshli bolalarning kundalik turmushda hali ishlatilmasa-da, ularning xotirasi kuchli bо’lgani bois sо’z va birikmalarni yaxshi о’zlashtirib oladilar.

Bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug’at boyligini faollashtirish muhim va zarurdir.

Qishloq bolalari kо’proq о’ynaydigan о’yinlar ularning sanoqlarni о’rganishga, nafas yо’llarini rivojlantirishga yordam berish bilan birga, lug’at boyligini oshirib, faollashtiradi. Bunda ayniqsa, qо’shiq-о’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir ikki, о’n olti,

О’n olti deb kim aytdi?

О’n olti deb men aytdim,

Ishonmasang sanab kо’r…

(О’yindagi bolalar sanaladi).

Yoki,


Hakkalakam, dukkalakam,

Chori amal, beri amal,

Qayda edi, tog’da edi

Tog’man, zuvman…

(Chillak zuvillanadi).

Ayni paytda qо’shiq-о’yinlar, topishmoq-о’yinlar, sanoq о’yinlar bolalarning bilimini oshiradi, aqlini charxlaydi, hozirjavob, zukko etib tarbiyalaydi.

«Chitti gul-o, chitti gul», «Oq terakami – kо’k terak», «Tepdim sandiq ochildi» ertak – о’yinlari ham shunday ahamiyatga ega о’yinlardan sanaladi.

Chitti gul-o, chitti gul,

Hay-yu, chitti gul.

Chittigulga gul bosay,

Hay-yu, chitti gul.

Dukur-dukur ot keldi,

Chiqib qarang kim keldi?

Aravada un keldi,

Childirmada pul keldi.

Hay-yu, chitti gul,

Hay-yu, chitti gul.

Yoz fasli bilan bog’liq «Laylak keldi, yoz bо’ldi» qo‘shig’i ham bolalarning sevimli qo‘shiqlaridan hisoblanadi:

Laylak keldi, yoz bо’ldi,

Qanoti qog’oz bо’ldi.

Laylak boradi toqqa,

Quloqlari halqa.

Halqasi tushib qoldi,

О’tirdi yig’lamoqqa.

«Chitti gul», «Dukur-dukur ot keldi», «Aravada un», «Childirmada pul», «Oftob chiqdi olamga», «CHо’pchak ter», «Kulcha yopdi bir о’choq», «Laylak keldi, yoz bо’ldi», «Qanoti qog’oz bо’ldi» mazmuni gullar qushlar, narsalarning nomi, ularning asl va kо’chma ma’nolari, badiiy ta’sir vositalari, bir tomondan bolalarning tez yodlash qobiliyatini oshirib, yangi-yangi sо’zlarning ma’nosini bilib olishlariga yordam bersa, ikkinchi tomondan, lug’at boyligini faollashtiradi, nutqini ravon qiladi, ona tilining boyligiga, uning serqirra jilolariga qiziqishni oshiradi.

Bolalikda о’yin jarayonida yod olingan bu qо’shiqlar har bir insonning qalbida umr bо’yi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, tavsiya etilgan mavzular bolalar nutqining grammatik tuzilishini shakllantirishda ham yordam beradi. Bolalar nutqining grammatik qurilishini shaklantirish esa bog’lanishli nuqni rivojlantirishda eng muhim talablardan sanaladi.




Download 144,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish