maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining uslubchi, tarbiyachi, tadqiqotchilar, yosh
mutaxassislar o’z faoliyatini takomillashtirishda samarali foydalanishlari mumkin.
Mazkur tadqiqot natijalari jami 4 ta bo’lib, shundan 1 tasi OAK jurnalida nashr
etilgan va 3 tasi respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda
muhokamadan o’tkazilgan.
Ish tuzilmasining tavsifi.
Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING
NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI.
1.1
EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY
METODOLOGIK ASOSI
Tabiat-bu bizni o‘rab turgan hamma narsa: gular,
daraxtlar, suv omborlari,
o‘rmonlar va boshqalar. Tabiat tufayli inson tirik, chunki biz tabbiy havodan nafas
olamiz, yer bizga bergan narsalarni yeymiz, undan yasalagan narsalardan
foydalanamiz, iste’mol qilamiz. Inson tabiat bilan chambarchas bog‘liq, shuning
uchun biz tabiatni sevishimiz, asrashimiz va himoya qilishimiz kerak. Tabiatning
bizning doimiy himoyamizga muhtoj. Insoniyat tomonidan o‘rmonlarning
kesilishi,
suvning ifloslanishi, hayvonlarning yo‘q qilinishi natijasida bir qancha
ekologik muammolar paydo bo‘lyapti. Ammo insoniyat bundan xabardor emas.
Har birimiz o‘z manfaatlarimizni hamma narsadan ustun qo‘yamiz. Har bir
harakatimiz uchun javob berishimiz kerak bo‘ladi. Bir kun tabiat bizga o‘z
boyliklarini berishni to‘xtatadi, chunki ular shunchaki tugaydi.
Hech qachon unutmasligimiz kerakki, daraxtdan uzilgan bitta barg ham
oxirgi bo‘lishi mumkun. Bugungi kunda ko‘plab olimlar sayyoramizdagi ekologik
vaziyat bilan bog‘liq muammolarning yechimini topishga harakat qilmoqdalar.
Ekologiya esa atrof-muhitni o‘rganuvchi fan sifatida paydo bo‘ldi. Ekologiya
(yunoncha:
oykos-uy, logos-turar joy)- organizmlar, organizmlardan yuqori
turadigan sistemalar, populyatsiyalar, biotsenozlar, biosferaning
tuzilishi ularda
kechadigan jarayonlarni o‘rganadigan fan. “Ekologiya” terminini 1866-yil
E.Gekkel organizmlarning atrof-muhit bilan munosabatlarini belgilash uchun taklif
etgan. Jumladan , Gipokrat, Aristotel va shu kabi yunon faylasuflari asarlarida
ekologiya haqida ma’lumotlar kiritganlar.
Insonni o‘rab turgan tabiiy muhit va uning boyliklarini biladigan, undan
tejamkorlik
bilan foydalanadigan, saqlaydigan, tabiat boyligiga, go‘zalligiga
go‘zallik qo‘shadigan, ijtimoiy va tabiiy qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni
yetishtirish - bu ekologik tarbiya maqsadi. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan SHarq
allomalaridan Muhammad Muso alXorazmiy, Abu Nasr Farobiy,
Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa
qo‘shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi
muvozanat. o‘simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli
fikrlar aytganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: