Mundarija:
KIRISH ……………………………………………………………….3
ASOSIY QISM………………………………………………………..5
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti …………...5
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi ………….6
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishi.10
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash muammolari, psixologik korreksiyasi……………………………15
XULOSA ……………………………………………………………...26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………32
KIRISH
Psixologiya fanining tobora ijtimoiy hayotda barkaror, ustuvor ahamiyat kasb etishi munosabati bilan korreksion psixologiyaning roli ortib bormoqda, natijada nazariyot bilan amaliyot o’rtasidagi jips aloqa uyg’unlikka ega bo’lmoqda. Psixologik xizmat ikki muxim funksiya bajarish bilan boshqa psixologiya soxalaridan farqlanib turadi, shuningdek, u tarmoqlarning sintezi sifatida gavdalanadi. Uning asosiy funksiyasidan biri – ijtimoiy hayotning turli jabxalarida (ta’lim tizimi, tibbiyot muassasalari, sanoat, kishlok xujaligi, sport, transport va xokazo) psixologik amaliy xizmatni tashkil qilishdir. Psixologik xizmatning ikkinchi funksiyasi u yoki bu muassasa xususiyatidan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish, natijalarni taxlil qilish, psixologiya fanini yangi ma’lumotlar, qonuniyatlar bilan boyitishdir. Psixologik xizmatning tatbiqiy jixatlari halq ta’limi tizimi, ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari, transport (xavo yullari, avtomobil, temir yul va suv transporti va boshqalar), oila, sport qo’mitasi singari tashkilotlarda o’z ifodasini topmoqda. Xuddi shu maqsad moxiyatiga ko’ra, psixologiya bo’yicha bakalavrlar, magistrlar tayyorlash uchun tashkiliy psixologiyadan saboq berish, amaliy ko’nikmalar shakllantirish davr talabiga aylanib qolmoqda. O’zbekiston Respublikasining universitetlarida psixolog mutaxassislar tayyorlashda ilg’or jaxon amaliyotidan foydalanish, etnopsixologik, xududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda muayyan ilmiy nazariyalar ishlab chiqish, insonlarga ta’sir o’tkazishning yangi texnologiyasini yaratish maqsadga muvofiq.
Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.
XX asr bo‘sag‘asida psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar.
Umuman, psixologik xizmat ko‘rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘p bor munozaralar manbai bo‘lgan.
Ayniqsa, I.V.Dubrovina (Moskva) va X.Y.Leymets, Yu.L.Sierd (Tallin) larning ko‘p yillik tadqiqotlari natijasi o‘laroq, umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishi bu boradagi MDX mamlakatlarida qo‘yilgan ilk qadam ekanligini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, o‘zbek olimlaridan E.G‘oziev, M.G.Davletshin, G‘.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, R.Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Sog‘inovlarning ham O‘zbekiston o‘rta umumta’lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma’lum darajada asos bo‘lmoqda. Shunday bo‘lsada, shuni alohida kayd etish kerakki, hanuzgacha O‘zbekistonda mukammal dasturga va amaliy tajribalar yakuniga asoslangan yagona psixologik xizmat tizimini boshqaruvchi rasmiy maqomga ega bo‘lgan Markazning mavjud emasligi va ayni paytda, psixologik xizmat tizimining bugungi holati va uning amaliy faoliyat yo‘nalishlarini har tomonlama, chuqur tahlil qiluvchi va shu tahlillar asosida psixologik xizmatning istiqbollarini ochib beruvchi maxsus tadqiqotlarning taqchilligi nihoyatda dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |