Tarbiyachining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator
shart-sharoitlarga bog’liq. Unga tarbiyachining tayinli muloqoti aks fikrlarga
nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini
uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida tarbiyachi o’z bilim va ilmiy
faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo’ladi.
Tarbiyachi faoliyatida o’z-o’zini faollashtinsh, o’z ijodkorligi, o’z-o’zini
bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa
tarbiyachi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik texnologiyalarni qo’llash
tarbiyalanuvchilar bilimlarining mustahkamlanishiga, ijodiy, mustaqil fikrlash
malakasiga ega bo’lishlarida, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda
og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalariga ega
bo’lishlarida, o’zaro o’rtoqlik, do’stlik munosabatlarining tarkib topishida,
chaqqonlik va epchillik fazilatlarining rivojlanishida muhim omil bo’lib hizmat
qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib m
aktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga
yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasiga
doir quyidagi tavsiyalarni
ishlab chiqdik.
TAVSIYALAR:
1. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim
jarayonini avtoritar ta’limdan xalos etib pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etish.
2.Pedagogik texnologiyalarni hamkorlik pedagogikasi shaxsga yo’naltirilgan
ta’lim asosida tashkil etish.
3. Pedagogik texnologiyalardan milliy-ma‘naviy merosimiz materiallarida
ilgari surilgan g’oyalar bilan moslab foydalanish.
4. M
aktabgacha
ta’limning metodik ta’mmotini pedagogik innovatsiyalar
asosida tarbiyalashga imkon beruvchi o’quv manbalari majmuasi (o’quv va
metodik qo’llanmalar, tavsiyanomalar) hamda o’quv materiallari bilan boyitish.
53
Ta’lim-tarbiya jarayonida hamkorlikka asoslangan pedagogik texnologiyalar dan
foydalanishga jiddiy e’tibor berish.
6. Ta’lim va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar jarayoni o’rtasida o’zaro izchillik va
uzviylikni ta’minlash orqali bolalarda erkinlik, mustaqillik, ijtimoiy faollik
sifatlarini tarbiyalash maqsadida tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
7. Mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari tadbirlarni pedagogik innovatsiyalar
asosida tashkil etish orqali barkamol shaxsni tarbiyalash yuzasidan uzluksiz
ravishda monitoring tashkil etish va uning natijalarini tahlil etib borish.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |