Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash vazifalari



Download 179 Kb.
bet5/6
Sana01.06.2022
Hajmi179 Kb.
#629377
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash vazifalari

3.Bolalarni matematik jixatdan maktabga tayyorgarliklarini tashxis etish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qо‘yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng kо‘lamli ish bо‘lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan kо‘rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Halq ta’limi vazirligi xamda joylardagi ta’lim — tarbiyaga tegishli bо‘lgan tashkilotlar va muassasalar talablarni hayotta joriy etish yuzasidan о‘z faoliyatini maqsadli yо‘nalishda olib boradilar.
Bolalarning bilim, kо‘nikma va malakalari har о‘quv yilining 9-kunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg‘ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6 — 7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorlik darajasi ushbu davlat talablari, kо‘rsatkichlari asosida о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va pedagogik-psixologik tashxis markazi mutaxassislari tomonidan tekshiriladi.
Davlat talablari kо‘rsatkichlariga erishish «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi» asosida bolalarning ilk va 6 — 7 yoshga yetgunga qadar amalga oshiriladi. Bolalarning bilim, kо‘nikma va malakalari har о‘quv yili yakunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg‘ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ushbu Davlat talablari kо‘rsatkichlari asosida tekshiriladi.
Tashxis о‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim lishga tayyorgarligi darajasini aniklash maksadida turli usullarning bir necha variantlari berilmoqda. Biroq bu xar bir bolaga tashxis qо‘yishda maskur uslublarning barchasini qо‘llash zarur, degani emas.
Bolani tashxisdan о‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suxbat yoki о‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola о‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob bervyotganda shoshirmaslik, uning kizikishini sо‘ndirmaslik uchun suxbat va tavsiya etilayotgan uyinlardan 2-3 tasini о‘tkazgan ma’qul.
Bir marta tashxis о‘tkazish vakti 20-25 minutdan oshmasligi lozim. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar uchun majburiy bо‘lgan xamda ota-onalarning xam bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jixatlarni chuqurrok yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylarga quyidagilar kiradi:
1. Bolalarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash.
Maktabga qabul kilinishdan oldin barcha bolalar о‘z yashash joylaridan bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik bо‘yicha shifokorlardan iborat bо‘lgan tibbiy komissiya tekshiruvidan o’tishi shart. Ular bolaning sogligi va maktabga tayyorgarligi xaqida о‘z hulosalarini berishadi.
Mazkur tekshiruvning erta bahorda o’tkazilishi bolada aniqlangan yetishmovchiliklarni yoz davomida dispanserizatsiyada tо‘ldirib olish imkonini beradi.
Xarakatning asosiy turlari, qо‘l musqullari sport o’yinlarining oddiy kо‘nikmalari, xarakat sifati rivojlanganligini musobaqa, estafeta tarzida о‘tkaziladigan sport va xarakatli o’yinlar davomida tekshirish mumkin.
2. Bolaning shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash.
3.Ta’lim olish faoliyatining kо‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: Bolaning о‘quv faoliyatiga ilk zamin va kо‘nikmalarni egallaganligi va darajasini aniqlash uchun J.Saidnazarova tomonidan tayyorlangan savollar jamlanmasi tavsiya etiladi.
I. Matematika bо‘yicha ilk tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma.


Maqsad: Bola tafakkuri rivojlanganligi darajasini, mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini amaliyotda qо‘llay olishni aniqlaydi.
1. Qara, atrofimizdagi kvadrat shaklidagi va tо‘g‘ri burchak shaklidagi narsalarni ayt?
2. Kvadrat tо‘g‘ri tо‘rtburchakdan nimasi bilan farq qiladi?
3. Kvadratni teng ikkiga bо‘l, undan ikkita tо‘g‘ri burchak hosil bо‘lsin.
4. Tо‘g‘ri burchakni bо‘l, undan ikkita kvadrat hosil bо‘lsin.
5. Kvadrat aylanadan nimasi bilan farq qiladi?
6. Chap qulog‘ingni о‘ng qо‘ling bilan kо‘rsat.
7. Mening chap qо‘limni kо‘rsat.
8. Shkaf qayerda (chapda, о‘ngda) turibdi?
9. 8 sonidan keyin qanday son keladi?
10. 5 soni kattami 6 soni? Necha marta katta?
11. Ikki soni kichikmi 3? Necha marta?
12. 10va 2 sonlari ishtirokida ayirish amalini bajarish uchun topshiriq uchun topshiriq shartini tо‘z.
13. Temur stakandagi sutning yarmini ichdi, Barchinoy tо‘liq. Kim kо‘p ichdi?
14. Qanday qilib 5 ni har xil qilib hosil qilish mumkin?
15. Baland va past daraxtni chiz.
16. Xonamiz enini qadaming bilan о‘lcha.
«Grafik diktant». О‘quv topshirig‘ini qabul qilish, о‘quv amaliyotini bajarish, ya’ni ixtiyoriy (erkin) e’tibor rivojlanganligi darajasini aniqlash uchun L.A.Venger metodikasi bо‘yicha tashxis о‘tkazish.
Yо‘riqnoma:
-Katakli daftar varog‘idan olish va bolaga chiroqli naqshlar chizishni о‘rgatishni taklif etish.
-Men senga chiziqni qanday tortishni aytaman, sen men aytgandek qilib chiz.
-Sen о‘ng quling qayerdaligini eslaysanmi?. Tо‘g‘ri, bu о‘sha qalam ushlab turgan qо‘ling. Qani uni yonga chо‘zchi. Qayerni u kо‘rsatib turibdi (eshikni va boshq).
-Demak, men qachon chiziqni о‘ng tomonga tortinglar desam sen eshik tomonga qaratib chizasan.
-Chap qо‘ling qayerni kо‘rsatyapti? (derazani yoki boshq).
-Tо‘g‘ri. Men qachon chap tomonga, desam sen chiziqni deraza tomongan tortasan.
-Men faqat qaysi tomonga chiziqni chizishni aytmay, balki uning о‘zunligiga qancha ya’ni, bir katak yoki ikki katak bо‘lishini ham aytaman.
-Faqat men aytgan narsani chizinglar. Chiziq tortayotganingda tо‘xtab, kutib tur, qachon men yangi chiziqni qanday chizishni aytganimdan sо‘ng oldingisi tо‘xtagan joydan boshlash kerak.
Bolaga naqshni qayerdan boshlab chizishni kо‘rsatish (varaqning ustki chap burchagidan, chekkasidan biorz joy tashlab) va aytib turish kerak:
bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha о‘ngga. Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha о‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha о‘ngga. Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha о‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Endi о‘zing xuddi chizganingga о‘xshatib davom ettir.

Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish