O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qaroriga
2-ILOVA
Hududlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi”
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Mas’ul ijrochilar
I. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish
1.
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan hududlarda quvvati 50 ming o‘ringa mo‘ljallangan 2 000 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish.
1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil qilish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirish.
2021-yil iyun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Qurilish vazirligi (Zokirov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qo‘ldoshev)
2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashadigan bino va inshootlarning sanitariya qoidalari va me’yorlariga, yong‘in xavfsizligi talablariga mosligini aniqlash.
2021-yil iyul
3. Bino va inshootlari sanitariya qoidalari va me’yorlariga, yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan o‘rnatilgan tartibda bitimlarni imzolash.
4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda lozim darajada faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
2021-2022-yillar davomida
2.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishtirokini oshirish.
1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun barcha tuman hokimlari, fuqarolar yig‘inlari raislari hamda tumanning to‘rtta sektor rahbarlari ishtirokida har bir fuqarolar yig‘ini kesimida tahlillar o‘tkazish.
2021-yil iyul
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin)
2. Har bir fuqarolar yig‘iniga tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlaridan mas’ullarni biriktirish.
2021-yil avgust
3. Tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bo�ish.
2021-yil davomida
3.
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish.
1. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish.
2021-yil iyun
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Bozorov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Mazkur hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish tashabbusini bildirgan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini shakllantirish.
2021-yil iyul
3. Resurs mablag‘lari shakllantirilgandan so‘ng Maktabgacha ta’lim vazirligi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida bitim imzolash.
2021-2022-yillar davomida
4. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish.
4.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 50 ta zamonaviy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish.
1. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan tumanlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.
2021-yil iyun
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Qurilish vazirligi (Zakirov)
2. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quriladigan 50 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.
2021-yil iyun
3. Quriladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
2022-yil fevral
4. Tender savdolari orqali pudratchi tashkilotlarni belgilangan tartibda aniqlash.
2022-yil may
5.
Bolalarni maktabgacha ta’lim xizmati bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’limning muq�bil shakllarini joriy etish orqali 672 ta qo‘shimcha o‘rin yaratish.
1. “Aqlvoy” loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan hamda qamrov ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarda 42 ta guruhni shakllantirish.
2021-yil iyun
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
2. Guruhlarga xizmat ko‘rsatish uchun 7 ta Isuzu avtobuslarini qayta jihozlash va 14 ta o‘yin maydonchalarini tashkil etish.
2021-2022-yillar davomida
3. Isuzu avtobuslari bazasida 42 ta mobil guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
6.
Davl�t-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 2018-2019-yillarda bitim imzolangan hamda qurilish ishlarining 25 va undan ortiq foizini bajargan quvvati 12 940 o‘ringa mo‘ljallangan 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish.
1. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan shakllantirilgan reyting asosida aniqlangan 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari ro‘yxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil iyun
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Tijorat banklari, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Maxamatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish uchun hududlarga biriktirilgan tijorat banklariga taqdim etish.
2021-yil iyul
3. Moliyalashtirilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining choraklik monitoringini olib borish.
har chorakda
7.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim xizmati bilan qamrab olish darajasini oshirish.
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida, pedagogik kollejlarda, shuningdek, boshqa mos binolarda majburiy bir yillik bepul guruhlar faoliyatini boshlash uchun xonalar tanlab olish.
2021-yil sentyabr
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Mazkur xonalarni tayyorlash (ta’mirlash va jihozlash), maktabgacha ta’lim xizmati bilan qamrab olinmagan maktabgacha yoshdagi bolalar ro‘yxatini shakllantirish hamda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan tayyorlov guruhlarini tashkil etish to‘g‘risida buyruqlar qabul qilish.
2021-yil oktyabr
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida 1 940 ta guruhni tashkil etish, jumladan:
davlat sektorida to‘liq kunlik guruhlar, haftasiga 15 soatlik majburiy bepul tayyorlov guruhlari, qisqa muddatli guruhlar hamda muqobil shakldagi guruhlar;
nodavlat sektorda davlat-xususiy sheriklik asosidagi, oilaviy va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Jahon banki bilan hamkorlikda Samarqand va Namangan viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modelini tajriba sifatida joriy qilish.
1. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun 2 nafar koordinator va 6 nafar mentor, 20 nafar pedagog tanlab olish.
2021-yil avgust
Maktabgacha ta’lim vazirligi
(Shin), Namangan va Samarqand viloyatlari hokimliklari
2. Tanlab olingan 20 nafar pedagog uchun ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish.
2021-yil avgust
3. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolali oilalarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish.
2021-yil avgust
4. Har bir oilani kuzatib borish hamda bolalarni individual rivojlantirish rejasini ishlab chiqish.
2021-yil sentyabr
5. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarga maktabgacha ta’limni uyda berish modelini tajriba-sinov shaklida tashkil etish.
2021-yil noyabr
9.
Namangan va Samarqand viloyatlaridagi pedagogika kollejlari negizida Jahon banki bilan hamkorlikda har biri 20 ta rivojlantiruvchi o‘yin guruhlarini o‘z ichiga oladigan Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish.
1. Viloyatlarning qishloq hududlarida Ilk rivojlanish markazlari ro‘yxatini shakllantirish.
2021-yil iyun
Maktabgacha ta’lim vazirligi
(Shin), Namangan va Samarqand viloyatlari hokimliklari
2. Ilk rivojlanish markazlari koordinatorlarini (rahbarlarini) tanlash va tayyorlash.
2021-yil sentyabr
3. 2 ta markaz uchun 40 nafardan ustozlarni (har bir markazga 20 nafardan) tanlash va tayyorlash.
2021-yil noyabr
4. Ilk rivojlanish markazlari negizidagi rivojlantiruvchi guruhlar tarbiyalanuvchilari ro‘yxatini shakllantirish.
2022-yil yanvar
5. Koordinator, ustozlar va pedagoglarni o‘qitish.
2022-yil yanvar
6. Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini tashkil etish.
2022-yil fevral
10.
Davlat-xususiy sherikligi asosida hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga berilayotgan imtiyozlar, kreditlar va subsidiyalar shaffofligini ta’minlash maqsadida elektron tizimni ishlab chiqish, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan huquq va majburiyatlar bajarilishi holatini monitoring qilish.
1. Elektron tizim uchun texnik talablarni ishlab chiqish.
2021-yil avgust
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Moliya vazirligi(Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sadikov)
2. Elektron tizimni ishlab chiqadigan tashkilotlarni tanlash.
2021-yil noyabr
3. Elektron tizimni ishlab chiqish va uni tajriba-sinovdan o‘tkazish.
2021-yil dekabr
4. Elektron tizimning Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi hamda boshqa tizimlar bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash.