Ota-onalar bolalar xulq atvorini boshqarishdagi oilaviy tasir etish usullari quyidagicha: Bolalarga oilaviy tasir etishning “demokratik” shakli : Oilada bolaga ko’p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko’p aloqa qilinadi, unda ishonch va xurmat bilan munosabatda bo’linadi, ota-onalar bo’lar bo’lmas taqiblarini qo’ymaslikka xarakat qiladilar, buning o’rniga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalarni tushuntirishga intiladilar. Iloji boricha bolalarining savollariga javob berishga, ularning qiziquvchanliklarini qondirishga xarakat qiladilar. Demokratik oilalarning farzandlari ijodkorlikka moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |