Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Maktabgacha yoshdagi bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan



Download 2,28 Mb.
bet162/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Maktabgacha yoshdagi bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan diqqatning ko‘lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqa- tining ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan hali ham juda tor bo‘ladi. Masalan, katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqt­da 5—6 narsani (bir-biri bilan ma’naviy bog‘lanmagan harflar- ni yoki raqamlarni) sig‘dira olsa, maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining ko‘lami ayni bir vaqtda 1—2 narsanigina (kichik gu- ruh bolalari 1 ta, o‘rta va katta guruh bolalari 2 ta) sig‘dira ola- di. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga bo‘lishga harakat qilsalar ham, ammo buning uddasidan chiqa olmaydi- lar. Masalan, 3 yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyuril- sa, u albatta suvni to‘kib-sochib olib keladi, bu uning uquvsizli- gi, bo‘shangligi yoki anqovligidan emas, balki o‘z diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo‘la olmasligidandir. Bola o‘zining diqqatini yurib kelish bilan piyoladagi suvni to‘kmay, chayqaltir- may olib kelishga bo‘la olmaydi. Shuning uchun bunday hollar- da bolalarni urishish mumkin emas.

Diqqat ko‘lamining kengligi aniq idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatdir. Bu xususiyat ayniqsa bolalarning o‘qish faoliyatlari uchun zarur. Shuning uchun bolaning maktabga- cha yoshidagi davrida barcha imkoniyatdardan keng foyda- lanib, diqqatning bu xususiyatini rivojlantirishga jiddiy ahami- yat berish lozim. Bunda, asosan ekskursiyalar, sahnalashtirilgan


337





o‘yinlar, har sohaga doir rasmlar bilan o‘tkaziladigan suh- batlar katta rol o‘ynaydi. Maktabdagi ta’lim jarayoni uchun zarur bo‘lgan ixtiyoriy diqqat maktabgacha ta’limda didaktik mashg‘ulotlar, hikoyalar o‘qib berish davomida rivojlantiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqati ko‘pincha ular­ning qiziqish hamda hissiyotlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sa- babli konsentrlashgan, ya’ni bir narsaga qaratilgan bo‘ladi. Ana shuning uchun bu yoshdagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi. Maktabgacha yosh­dagi bolalar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining zaifligi va ko‘lamining torligi sababli ular ayrim narsalarni qayta-qayta idrok qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan, maktab­gacha yoshdagi bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshi- taveradilar. Bu hodisaning sababi shundaki, bolalar diqqati­ning ko‘lami hikoyaning syujetini va personajlarini birdaniga sig‘dira olmaydi. Shuning uchun ular hikoya va ertaklarni qay- ta-qayta ayttirib eshitaveradilar.

Shunday qilib, bolaning maktabgacha yoshidagi davrida diqqat ancha tez rivojlanadi. Bu davrda asosan diqqatning ix­tiyorsiz turi ortiqroq rivojlanadi. Lekin bolaning maktabgacha yoshida faoliyatlarining va xususan didaktik hamda mehnat mashg‘ulotlarining izchil tarzda ortib borishi ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanilhiga olib keladi. Ma’lumki, maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmay­di. Shuning uchun maktabgachada turli majburiy mashg‘ulotlar orqali bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyat­larini rivojlantirishga harakat qilish kerak. Diqqatning bun- dan keyingi taraqqiyoti maktabdagi ta’lim jarayonlarida amal- ga oshiriladi.

Nazorat savollari:




  1. Download 2,28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish