Psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni
asrga kelib psixologiya falsafa tarkibidan ajralib chiqdi va mustaqil fan darajasiga ko‘tarildi. Uning mustaqil bo‘lishi tez rivojlanishga olib keldi. Natijada XX asrga kelib o‘zining eng muhim muammolarini ishlab chiqa bosh- ladi. Hozirgi davrga kelib psixologiya fani o‘zining alohida o‘rganish metodlariga, o‘ziga xos vazifalariga va o‘z pred- metiga ega bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda psixologiya inson haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatida tan olinmoqda. Psixologiya falsafa, tabiatshunoslik, pedagogika, sotsiologi- ya, tabiiy fanlar, texnika fanlari, kibernetika iqtisodiyot kabi ko‘plab fanlar bilan bog‘langan.
Psixologiya va falsafa. Psixologiya falsafadan ajralib chiqqan bo‘lsada, ular o‘rtasidagi aloqa hozir ham saqlanib qolmoqda. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi asosida ilmiy filosofik tu- shunchalar, psixika miyaning mahsuli, u real borliqni aks etti- radi deb tushuntiruvchi dialektik-materialistik qarashlar yota- di. Falsafa va uning ajralmas qismi bo‘lgan bilish nazariyasi, ya’ni gnosiologiya psixikaning atrofdagi borliqqa munosaba- ti masalasini hal qiladi va psixika atrofdagi olamning miyada- gi aksi, materiya birlamchi, ong ikkilamchi deb tushuntiradi. Psixologiya turli psixik hodisalarni chuqur o‘rganish va tah-
19
lil qilish asosida uning inson hayoti va taraqqiyotidagi rolini tushuntiradi, psixik jarayonlarning taraqqiyot qonunlarini ochadi.
Psixologiya va tabiatshunoslik. XIX asrning II yarmida tabiats hunoslik fanidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi- ga eksperiment metodining kirib kelishi (G. Fexner) va ayniq- sa, 1863-yilda I.M. Sechenov (1829—1905)ning «Bosh miya ref- lekslari» asari chop etilishi sabab bo‘ldi. «Odamdagi psixik va fiziologik hodisalarning ikkovi ham bir xildagi bir-biriga ya- qin hodisalar, bir moddiy asosdan kelib chiqadigan hodisa- lardir», — deb yozadi M.I. Sechenov. Kitobda psixik hodisalar, tabiat hodisalari singari albatta biror sabab tufayli, ya’ni nerv sistemasining reflektor faoliyati natijasida vujudga kelish- ligi ko‘rsatilgan edi.
M. Sechenovning reflektor nazariyasi I.P. Pavlovning shartli reflekslar haqidagi ta’limotida hamda uning shogirdlari L.A. Or- beli, L.K. Anoxin, K.M. Bikov, N.I. Krasnogorskiy asarlarida, shu bilan birga, A. A. Uxtomskiy, N.A. Bernshteyn, I. S. Berita- shvili va boshqalarning ishlarida yanada rivojlantirildi. Ularning bu ta’limotlari psixologiya fanining tabiiy-ilmiy asosi bo‘lib qol- di. Hozirgi paytda bu ta’limot o‘zbekistonlik va chet ellik psi- xologlarning miya faoliyatining neyrofiziologik mexanizmlarini chuqur o‘rganishlari asosida yanada rivojlantirilmoqda.
Psixologiyani chuqur o‘rganish tabiat fanlari (umumiy bio- logiya, fiziologiya, anatomiya kabilar)ni yaxshi bilishni talab etadi. Psixologiyaning qator sohalari, eng avvalo solishtirma psixologiya, zoopsixologiya, ekologiya va boshqalar o‘z nav- batida tabiat fanlarining bo‘limlari bo‘lib ham hisoblanadi.
Psixologiya va texnika fanlari. XX asr ishlab chiqarishning, texnikaning yangidan yangi turlari, aloqa vositalarining juda tez o‘sganligi, elektronika, kompyuterlashtirishdan foydalana boshlanganligi, transportning yangi turlarini o‘zlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi inson psixikasiga juda katta talablar qo‘yadi. Hozirgi zamon sanoati, transportida va harbiy ishlarda psixologik faktorlarni, ya’ni kishining im- koniyatlari, bilish jarayonlari — idroki, xotirasi, tafakkurini, shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari — xarakteri, temperamenti,
20
reaksiyalarining tezl igi va boshqalarni hisobga olishga to‘g‘ri
keladi. Tovushdan tez hozirgi zamon samolyotlarida, ulkan
elektrosistemalarning operativ-dispetcherlik uchastkalarida ish-
lovchi kishilar juda kichik vaqt ichida tez qarorga kelishiga
to‘g‘ri keladi, aks holda halokatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Ana shunday murakkab sharoitda ishlay olish uchun kishilarda
imkoniyat bor-yo‘qligini, ularning shu ishga yaroqli yoki yaroq-
siz ekanligini aniqlashda psixologiya fani oldiga muhim talablar
qo‘yiladi. Injenerlar psixologiyasi kishi bilan texnika o‘rtasidagi
munosabatni o‘rganuvchi fan bo‘lib, u texnikaning ko‘pgina so-
halari bionika, kibernetika bilan mahkam bog‘langandir.
Psixologiya va pedagogika.
Pedagogika bilan psixologiya-
ning o‘zaro hamkorligi va alo-
qasi an’anaviy va azaliy bo‘lib,
ularning yosh avlod tarbiyasini
zamon talablari ruhida amalga
oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga
xosdir. Respublikamizda amal-
ga oshirilayotgan yangi «Ta’lim
to‘g‘risida»gi qonun hamda
«Kadrlar tayyorlashning milliy
dasturi»ni amalga oshirish ham
ikki fan hamkorligi va o‘zaro
aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Milliy
dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol top-
tirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo‘lib yetishishi, barka-
molligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik
texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tatbiq etishda
pedagogikaning o‘z uslub va qoidalari yetarli bo‘lmaydi. Shu-
ning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod
ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalari-
dan tortib, toki yangicha o‘qitish texnologiyalarini bola tomo-
nidan o‘zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobi-
liyatlarga nechog‘lik ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rganish va shu
asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didak-
tik metodlar bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |