Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya 
nazariyasining maqsadlari nimalardan iborat?
2. 
 Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya 
nazariyasining vazifalari nimalardan iborat?
3. 
Jismoni tarbiya nazariyasi qaysi fanlar bilan bog‘liq?
4. 
Tarbiyaviy va ta’limiy vazifalarning maqsadi nimalardan 
iborat?
2-§. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya 
tizimining rivojlanishi
Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat jarayonida vujudga 
keladi, ya’ni mehnat bilan birga amalga oshadi. Ibtidoiy jamiyat- 
da uning hamma a’zolari qaysi yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar 
mehnat qilishlari kerak bo‘lgan. Bolalar va o‘smirlar kattalar- 
ning ov qilish vaqtidagi faoliyatlarini kuzatib borib, o‘z tajriba- 
larini oshirib borganlar.
Jismoniy tarbiya gohida o‘yinlar, gohida maxsus mashqlar 
sifatida amalga oshirilgan. U hamma uchun bir xilda teng 
olib borilgan, bunda tarbiya masalalarini katta yoshdagilar 
o‘z zimmalariga olganlar. Bu davrda jismoniy tarbiyaning 
rivojlanishida urf-odatlar, turli xil o‘yinlar, raqslarning 
tarbiyaga ta’siri katta bo‘lgan.
Ibtidoiy tuzumning tugallanishi arafasida ibtidoiy tuzum 
o‘rniga sinfiy jamiyat (quldorlik) vujudga keldi. Bu esa shaxsiy 
mulkchilikning rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. Jamiyatda o‘zaro 
urush, yerlarni bosib olish va u yerda yashovchi aholini qul- 
larga aylantirish kuchayib ketib, natijada dastlabki armiyaning 
shakllanishiga sharoit yaratib berdi. Armiyaning vujudga keli- 
shi harbiy-jismoniy tayyorgarlikka bo‘lgan talabning oshithiga, 
armiyada jismoniy madaniyatning tubdan o‘zgarishiga olib 
keldi. Qadimgi Yunonistondagi Fales, Pitak, Solen, Biant, 
Xilen, ikki daryo oralig‘ida joylashgan mamlakatlardan Abu 
Muslim, Muqanna, To‘maris, Spitamen, Temur Malik, Amir 
Temur, Jaloliddin Manguberdi va uning bahodir safdoshlari 


14
aqliy, jismoniy, axloqiy jihatdan yetuk barkamol insonlar 
edilar. Ular mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilichboz, 
nayza otish san’atini mukammal egallagan davlat arboblari 
bo‘lib yetishganlar.
Jismoniy tarbiya feodalizm va kapitalizm tuzumlarida 
ham rivojlanib, shakllanib bordi. Bolalarni yoshlik davridan 
boshlab sportga jalb etish, sport jamiyatlari tuzish, turli xil sport 
o‘yinlari, musobaqalar tashkil etila boshlandi.
O‘zbekistonda ham sport va jismoniy tarbiyaning rivojla- 
nishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sharq mutafakkirlari- 
ning konseptual-metodologik merosidan, xalq pedagogikasi 
an’analaridan diniy tarbiya jarayonida xalqimiz Abu Nasr 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, 
Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad 
Bobur va boshqa allomalarning jismoniy tarbiyaga oid hozir 
ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan va ilmiy asarlardan samarali 
foydalanib kelgan. Chunonchi, tibbiy olamning sultoni Abu Ali 
ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida “Jismoniy mashqlar 
bilan muntazam ravishda shug‘ullangan odam hech qachon 
davolanishga muhtoj bo‘lmaydi”, – deb aytgan.
Sohibqiron Amir Temur o‘z “Tuzuklari”da shunday deydi: 
“Qo‘shin tarkibiga yosh navkarlar olishda 3 qoidaga amal qi- 
lindi: Bitinchisi – sog‘lom va baquvvat bo‘lishi, ikkinchisi –
qilichdan mohirona foydalanishi, uchinchisi – aql-zakovatiga 
va barkamolligiga”.
Ulug‘ munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning peda- 
gogik qarashlari diqqatga sazovordir. Uning “Farzandingiz 
sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishini istasangiz, uni kichik yosh- 
dan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantiring va chiniqtiring”, 
degan so‘zlarining ahamiyati beqiyosdir.
Hozirgi davrda O‘zbekistonda va rivojlangan mamlakat- 
larda jismoniy tarbiya va sport yuqori rivojlanish darajasiga 
ko‘tarilgan.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etish maktabgacha 
ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus 
va oliy o‘quv yurtlarida, maxsus sport ta’lim muassasalarining 
o‘quv rejalariga fan sifatida kiritilib, o‘qitiladi.


15
O’zbekistonda sportni rivojlantirish borasida, ayniqsa, 
yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, 
yoshlarni jismonan sog‘lom va baquvvat, ma’nan barkamol avlod 
bo‘lib yetishtirish, aholining turmush darajasi va sog‘lig‘ini 
mustahkamlash, sport maydonchalari va shaharchalari, sport 
inshootlari qurish, xalqaro musobaqalar tashkil etish borasida 
xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Sportni rivojlantirish va 
targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga 
aylantirildi. Jumladan, Respublikamizda 1993-yil 4-mart kuni 
“Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi, 1995-yil 13-aprelda 
“Sog‘lom avlod uchun” oynomasi, 1998-yilda “O‘zbekiston 
iftixorlari” unvoni ta’sis etildi, 2000-yil – “Sog‘lom avlod yili”, 
2001-yil “Ona va bola yili”, 2002-yilning 24-oktabrida “O‘zbe- 
kistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish” 
to‘g‘risida farmon qabul qilindi. 2005-yil – “Sihat-salomatlik 
yili”, 2008-yil – “Yoshlar yili”, 2010-yil – “Barkamol avlod 
yili”, 2012-yil – “Mustahkam oila yili”, 2013-yil – “Obod 
turmush yili”, 2014-yil – “Sog‘lom bola yili”, 2016 – yil 
“Sog’lom ona va sog’lom bola” yili  deb e’lon qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasida sportga berilayotgan yuqori 
e’tibor natijasida jahon miqyosida yuqori natijalarga erishgan 
Muhammadqodir Abdullayev, Artur Grigoryan, Lazizbek 
Zokirov, Timur Tulyakov, Shuhrat Xojayev, Lina Chiryazova, 
Olmos Yusupov, Abbos Atoyev, Rishod Sobirov, Ruslan 
Nuritdinov singari elga manzur va mashhur sportchilar yetishib 
chiqdilar. Xususan sportchilarimiz 2016-yili Braziliyada o’tgan 
Olimpiya o’yinlarida 13 ta,  Paralimpiya o’yinlarida 31 ta 
medalga sazavvor bo’lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori 
natijalarga erishdi. 

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish