Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1. 
Qanday mashqlar umumrivojlantiruvchi mashqlar, 
deyiladi?
2. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar gavdani qaysi 
qismlariga tanlanadi?
3. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar qanday buyumlar bilan 
bajariladi?
4. 
Kichik va o‘rta guruhlarda qanday mashqlarni o‘tkazish 
tavsiya etiladi va qanday buyumlar bilan bajariladi?
5. 
Katta va tayyorlov guruhlarda nechtadan mashqlar 
tanlanadi, har bir mashq necha martadan takrorlanadi va 
qanday buyumlar bilan o‘tkaziladi?


123
IX BOB. MAKTABGACHA TA’LIM 
MUASSASALARIDA VA OILADA HARAKATLI 
O‘YINLAR
1-§. Qoidali harakatli o‘yinlarning jismoniy tarbiya 
vositasi va metodi sifatidagi tavsifi
Qoidali harakatli o‘yinlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
yalpi ta’lim-tarbiya jarayonidir.
Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat 
faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko‘nikmalari va 
jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional 
faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg‘ularini 
kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir 
etadi. Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari 
va metodlaridan biri sifatida yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni 
samarali hal etishga yordam beradi.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda erishiladigan sog‘lom-
lashtirish samarasi bolalarning o‘yin faoliyati jarayonida 
yuzaga keladigan va bola ruhiyatiga yaxshi ta’sir etadigan 
ijobiy emotsional holat bilan uzviy bog‘liqdir. Emotsional 
ko‘tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo‘lgan 
maqsadga erishishiga intilish uyg‘otadi va u vazifalarni aniq 
tushunishda, harakatlarning o‘zaro mosligiga, fazoda va o‘yin 
sharoitlarida aniq mo‘ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan 
sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga 
erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida 
turli to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beruvchi irodaning roli 
oshadi. Harakatli o‘yinlar bolalar tomonidan avval egallangan 
harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni 
tarbiyalash metodi bo‘lib xizmat qiladi. O‘yin jarayonida bola 
o‘z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga 


124
erishishga  qaratadi.  Bu  o‘yin  shartlariga  muvofiq  harakat 
qiladi. Bunda chaqqonlik ko‘rsatadi va shu asnoda harakatlarni 
takomillashtiradi. Shuning uchun, masalan, “Bo‘ri jarlikda” 
o‘yini bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni bilib olgan- 
laridan keyin beriladi.
P.F. Lesgaft “O‘yinlarda muntazam mashg‘ulotlarda 
o‘zlashtiriladigan barcha harakatlar qo‘llaniladi, shuning uchun 
bunda bajariladigan barcha harakatlar shug‘ullanuvchilarning 
kuchi va malakasiga to‘la mos bo‘lishi hamda imkoni boricha 
aniqlik va chaqqonlik bilan bajarilishi kerak”, – degan edi.
Bu qoida bolalar bog‘chasida harakatli o‘yinlarni o‘tkazish 
metodikasini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan pedagoglar- 
ning ishlari bilan tasdiqlanmoqda. Kichik maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalar haqida gapiradigan bo‘lsak, keyingi 
tadqiqotlar “Ta’limning metodi” faqat bolalar harakatlarini 
takomillashtirish davrida emas, balki ularning dastlab o‘rgatish 
paytida ham qo‘llanilishi mumkin.
Harakat faoliyati sifatida harakatli o‘yin muayyan 
spetsifik  xusuriyatlarga  ega.  U  boladan  signal  va  o‘yinda 
to‘satdan bo‘ladigan o‘zgarishlarga tezda javob berishni talab 
qiladi. O‘yinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar 
muskul tarangligi darajasining o‘zgarishi zaruratini keltirib 
chiqaradi. Masalan, “Qopqon” o‘yinida har bir bola boshlovchi 
harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim, boshlovchi unga 
yaqinlashganda qarama-qarshi tomonga qochib o‘tadi; o‘zini 
xavfsiz sezgach, sekin harakat qilib, to‘xtab turadi; boshlovchi 
yaqinlashganda yana harakatni tezlashtiradi.
Deyarli har bir harakatli o‘yinda harakatlar va bolalar 
harakatiga oid signallar mavjud. Masalan, “Biz quvnoq 
bolalarmiz” o‘yinida harakat yo‘nalishi va xarakteridagi 
o‘zgarishlarda ifodalanadigan saflanish signali bolalarda tezroq 
reaksiya uyg‘otadi: tarqalgan holda yengil chopish, oldindan 
shartlashilgan joylarda tezroq kolonna bo‘lib saflanish uchun 
maqsadga muvofiq to‘g‘ri yo‘nalishga tomon o‘zgaradi.
Bunday faol harakat faoliyati bola qo‘zg‘alishi 
va tormozlanishi jarayonlarini takomillashtirilgan va 


125
muvozanatlashtirilgan holda asab tizimini mashq qildiradi, 
shuningdek, kuzatuvchanlik, topqirlik o‘zgaruvchan atrof-
muhitda mo‘ljal olish qobiliyati, yuz bergan mushkul holatdan 
qutulish yo‘lini topish, tezda qaror qabul qilish va uni amalga 
oshirish, botirlik, chaqqonlik, tashabbus ko‘rsatish, maqsadga 
erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish