Yurish va yugurish: Oyoqni sudramasdan, chamalamasdan
to‘g‘ri yo‘nalishda olib yuradi; chegaralangan tekislikdan yuradi
(eniga 15–20 sm); 30–40 soniya davomida aylana bo‘ylab
bir tarafga yuguradi; joyida aylanadi; polga to‘lqinsimon
yotqizilgan arqon ustida yuradi; 80 metrgacha sekin yuguradi.
Sakrash. Ikki oyoqda joyidan oldinga qarab sakraydi; pred-
metlardan sakrab tushadi (balandligi 20–30 sm); ariqchalardan
sakrab o‘tadi(kengligi 20–25 sm).
Irg‘itish va ushlab olish. Kattalarga koptogini irg‘itadi,
uloqtirilgan koptokni ushlab oladi (masofa 50–100); predmetni
nishonga otadi (masofa 100–120 sm); koptokni ikki qo‘llab
oldinga pastdan uloqtiradi; predmetlar orasidan koptokni
yumalatadi.
Emaklash. Arqon tagiga emaklab kiradi (balandligi 25–30
sm); chegaralangan tekislik ustida tizza va kaftlar yordamida
yuradi (kengligi 20 sm bo‘lgan yo‘lakcha va skameyka);
narvonga chiqadi, tushadi; stullarga chiqadi va tushadi.
Sakrash uchun mashqlar. Ikki oyoqlab turgan joyida
sakrash, sekin-asta oldinga surilish, bola qo‘lidan yuqoriroq
qilib osilgan buyumga tegishli harakat qilish. Chiziqchadan
yoki polga parallel holda ikki qator qilib tashlab qo‘yilgan
arqonchadan (10–30 sm masofaga) hatlash. Turgan joyida ikki
oyoqda, iloji boricha uzoqqa sakrash, 10–15 sm balandlikdagi
buyumdan sakrash.
Yuqorida ko‘rsatilgan asosiy harakatlar quyidagi umum-
rivojlantiruvchi mashqlar orqali amalga oshiriladi.
Qo‘llar va yelka kamari uchun mashqlar. Qo‘llarni belga
qo‘yish. Qo‘llarni yon tomonlardan yuqoriga ko‘tarish va
pastga tushirish. Qo‘llarni navbat bilan yuqoriga ko‘tarish
va ikkala qo‘lni baravar tushirish. Qo‘llarni oldinga, yon
tomonlarga cho‘zish, kaftlarni yuqoriga burish, panjalarni
yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish; barmoqlarni qimirlatish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Barmoqlar uchida ko‘tarilish.
Bir oyoq uchi bilan oldinga, orqaga, yon tomonga qo‘yish.
64
Ketma- ket 2–3 marta cho‘qqayib o‘tirish. Qo‘llarni oldinga
cho‘zish yoki qo‘llar bilan tizzaga tayanib o‘tirib turish.
Boshni oldinga egib, qo‘llar bilan tizzani quchoqlash. Tizzadan
bukilgan oyoq- larni navbat bilan ko‘tarish. Bukilgan tizzalar
ostida qarsak chalish. O‘tirgan joyida oyoq kaftlari bilan qum
solingan xaltachani o‘ziga tortib olish. Pol ustida yotgan tayoq,
g‘o‘lacha (diametri 6–8 sm) bo‘ylab yonlama qadamlar bilan
oyoq panjalari o‘rtasiga tayanib yurish.
Gavda uchun mashqlar. Koptokni boshi ustidan bir-biriga
oshirish (oldinga va orqaga). Qo‘llarni oldinga cho‘zib o‘ngga,
chapga burilish. O‘tirgan joyida burilib buyumni orqa tomonga
qo‘yish, burilib buyumni qo‘lga olish. Orqaga tiralib o‘tirib
oyoqlarni yig‘ishtirish, “chordona qurib” o‘tirish, oldinga
uzatish; tizzalarni quchoqlab ikkala oyoqni yig‘ishtirish.
Oyoqlarni navbatma-navbat ko‘tarish va ularni bir-birining
ustiga (o‘ng oyoqni chap oyoqni ustiga va aksincha, chap oyoqni
o‘ng oyoq ustiga) qo‘yish. O‘tirgan joyida oldinga engashish.
Tiz cho‘kib o‘tirib, oldinga engashish. Orqa bilan yotib, ikki
oyoqni balandga ko‘tarish va pastga tushirish; oyoqlarni
velosiped haydagandek harakat qildirish. Qorin ustiga yotib,
oyoqlarni bukish va uzatish (galma-galdan va baravariga).
Orqadan qoringa ag‘darilish va qorindan orqaga ag‘darilish.
Qorin ustida yotib pastga engashish va qo‘llarni yon tomonga
cho‘zib, yelkani ko‘tarish.
Mazkur yoshdagi bolalar bilan umumiy rivojlanish mashq-
lari o‘tkazish vaqtida aniq topshiriqlar va taqlidiy harakatlar,
mayda predmet va o‘yinchoqlardan foydalanish katta ahamiyatga
ega bo‘ladi. Predmetlar bilan bajariladigan mashqlarning eng
soddasi bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlardir. Xilma-
xil va rang-barang bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar
bolalarni o‘ziga jalb qiladi va ularga quvonch bag‘ishlaydi.
Dasturda ko‘rsatilgan va bolalar egallab oladigan harakatlar
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va o‘yinlar orqali bolalar
tomonidan o‘zlashtirib olinadi. 3 yoshga qadam qo‘ygan
bolalar bilan endi ertalabki gimnastika joriy etiladi. Gimnastika
65
3–5 minut davom etadi. U yil boshidan boshlab guruhda
tarbiyalanuvchilarga muntazam ravishda har kuni o‘tkaziladi.
Mazkur yoshda o‘tkaziladigan ertalabki gimnastikada
mashqlari asosan bolalarga tanish va jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarda o‘rgatilgan mashqlar bo‘lib, ular, o‘yin-
mashqlardan iborat bo‘lishi kerak. Mashqlar taqlidiy harakatga
ega bo‘ladi.
Bu guruhdan boshlab jismoniy mashg‘ulotlar quyidagicha
tuziladi: tashkiliy, asosiy, yakuniy qismlar.
I.
Tashkiliy qism: yurish, yugurishlar.
II.
Asosiy qism:
a)
umumrivojlantiruvchi mashqlar (2–3 ta va 3–4 marta tak-
rorlanadi);
b)
1 yoki 2 ta asosiy harakatlarga o‘rgatish;
d) harakatli o‘yin.
III.
Yakuniy qism: sekin yurish yoki kam harakatli o‘yin.
Ertalabki gimnastika ham 3 qismdan iborat:
I. Tashkiliy qism: yurish va yugurishlar.
II. Asosiy qism: umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l
va yelka, o‘mrov o‘stiradigan mashqlar, oyoq muskullarini
mustahkamlovchi mashqlar. Shulardan 3 xil mashq tanlab
olinib, 3–4 marta takrorlanadi.
III. Yakuniy qism: tinch yurish yoki nafas olish mashqlari.
Tanlangan mashqlarni ana shunday taqsimlash
3 yoshga qadam qo‘ygan bolalarga jismonan to‘g‘ri
rivojlanishga, mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha asta-sekin
murakkablashtirishga yordam beradi.
Tarbiyachi o‘z ishida tayyor mashqlar kompleksidan
foydalanishi mumkin yoki o‘zi ham tuzishi mumkin. Mashqlarni
tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
a)
bolalarni jismoniy imkoniyatlarini hisobga olishi;
b)
mashqlarni tanlashda bola organizmiga asta-sekin ta’sir
etishini;
d)
tanlangan mashqlarni yarmisi bolalarga tanish, takroriy,
yarmisi esa yangi mashqlar bo‘lishi;
66
e)
ko‘p mashqlarni dastlabki holati o‘tirish, qorinda va
orqada yotish;
f)
mashg‘ulotlarni yakuniy qismida albatta harakatli
o‘yinni qo‘shib olib borish kerak. 2–3 yoshli bolalar bilan
o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlari, chiniqtirish tadbirlari, tizimlilik va izchilik
asosida o‘tkazilsagina samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |