Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Ta’limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy metodlarini



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Ta’limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy metodlarini 
optimal tarzda birga qo‘shib olib borish prinsipi. Bilish 
faoliyati  - hissiy bilish jarayonlari umumiy yondashuvining 
amaliyot bilan birligidir.
Harakatlarga o‘rgatish jarayonida bilishning bu ajralmas 
qismlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. Biroq qo‘yilgan vazifalar- 
ga qarab ularning izchilligi har xil bo‘ladi: bolalarni harakatga 
o‘rgatish ko‘rsatib tushuntirish; tarbiyachining mashqni og‘zaki 
tushuntirishi va uning bolalar tomonidan harakatda bajarili- 
shi bilan boshlanishi mumkin. U holda ham, bu holda ham 
ko‘rgazmali namuna fikrlashni, tushuntirish esa harakat haqi- 
dagi tasavvurni istisno qilmaydi. Shunday qilib, ko‘rgazmalilik 
so‘z va harakat faoliyati o‘zaro ajralmas, chambarchas bog‘liq 
komponentlardir.
Jismoniy tarbiyada ko‘rgazmalilik deganda kishini (bolani) 
tashqi muhit bilan bog‘lovchi tashqi va ichki analizatorlar barcha 
ko‘rsatkichlarining keng ko‘lamdagi o‘zaro aloqadorligi tu- 
shuniladi. Har qanday bilish hissiy bosqichdan boshlanadi. Ha- 
rakatlarning shakllanishi retseptorlar, birinchi navbatda, ko‘rish, 
eshitish va propriotsetiv retseptorlarning o‘zaro aloqadorligida 
amalga oshiriladi. Turli retseptorlar ko‘rsatkichlarining o‘zaro 
aloqadorligi harakat obrazini boyitadi, harakat ko‘nikmalarini 
shakllantirishga xizmat qilgan holda uni chuqur idrok qilishni 
ta’minlaydi.
Yangi harakatlarni o‘rganishda ko‘rgazmalilik asosi 
harakatlarni tarbiyachi tomonidan juda aniq qilib ko‘rsatish 
orqali amalga oshiriladi (bevosita ko‘rish namunasi). Bu estetik 


22
idrok, harakatni aniq tasavvur qilish, to‘g‘ri harakat sezgisi va 
harakatni qayta bajarish istagi hosil qilishga qaratilgandir.
Sezgi organlarini har tomonlama rivojlantirish jismoniy 
tarbiyaning vazifalaridan biri sanalar ekan, idrok tizimlarini 
faollashtirish, ularni tanlab ta’sir etish metodlari bilan biror 
maqsadda mashq qildirish (masalan, yorug‘lik va ovoz 
ko‘rgazmalari oriyentirlari) mumkin bo‘ladi.
Bevosita ko‘rgazmalilik – tashqi muhitni idrok etishdan 
tashqari bevosita idrokda yashirin ayrim detal va mexanizmlarni 
tushuntirishda zarur bo‘ladigan (masalan, harakatlar haqidagi 
tasavvurni kengaytiruvchi kinosyomkalardan, kinogrammalar, 
kinofilmlardan  foydalanish)  vositalashtirilgan  ko‘rgazmalilik 
katta rol o‘ynaydi.
Ko‘rgazmalilik onglilik bilan chambarchas bog‘liqdir: 
og‘zaki berilgan topshiriq kishi tomonidan tushunib olinadi, 
harakatni qaytadan bajarish bilan amalda sinaladi. Bunda 
sezgilar, ayniqsa, harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi. 
Bundan tashqari ko‘rgazmalilik bilan obrazli so‘zning o‘zaro 
aloqadorligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu aloqadorlik 
bolaning hayotiy tajribasiga, uning harakat tasavvuriga 
tayanadi va aniq harakat obrazini vujudga keltiradi. Bevosita 
ko‘rgazmalilik uchun ahamiyatli bo‘lgan so‘zning roli bola 
egallagan tajribaga muvofiq tobora oshib boradi.
Ko‘rgazmalilikning ko‘rsatilgan formalarining bunday 
aloqadorligi bilishning hissiy va mantiqiy bosqichlari: ya’ni bir 
inchi va ikkinchi signal tizimlarining o‘zaro aloqadorligi bilan 
belgilanadi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish