Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya naza- 
riyasi nimalarni o‘rganadi?
2.Jismoniy tarbiya nazariyasi qaysi fanlar bilan bog‘liq?
3.Bolalar asab tizimi yakka xususiyatlarini bilish nima 
uchun zarur?
5-§. Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash
Bolalarni oilada va davlat muassasalarida jismoniy 
tarbiyalashning vazifalari yagonadir, ular ota-onalar va 
maktabgacha ta’lim muassasalarining umumiy harakati bilan 
hal qilinishi lozim.
Ishchi va xizmatchilarga dam olish kunlari, ko‘p bolali 
oilalar va yosh bolasi bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar 
yaratilishi - bularning hammasi ota-onalarga o‘z bolalarining 
tarbiyasiga ko‘p vaqt ajratish imkonini beradi. 
Oilada jismoniy tarbiyani to‘g‘ri amalga oshirish uchun 
ota-onalar bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, 
shuningdek, bolalarning sport maktablarida qanday jismoniy 
mashqlar bilan shug‘ullanishlarini va kun hamda butun hafta 
davomida qanday jismoniy yuklama bajarayotganligini 
bilishlari zarur. 
Maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnamaydigan 
bolalarning ota-onalari ularning to‘liq jismoniy rivojlanishini 
ta’minlashga majburdirlar. Oilada tarbiyalanayotgan bolalarga 
jismoniy tarbiya vositalari kompleksi qo‘llanishi muhim. Ular 
uchun eng qulay gigiyena sharoitlarini yaratish, tabiatning tabiiy 
omillari  (quyosh,  havo,  suv)dan  foydalanish  muhimdir.  Oila 
tarbiyachisi bola bilan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya 
mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlarni hovlida, maxsus jismoniy 
tarbiyaga oid jihozlangan xonalarda yoki imkoniyatlardan kelib 
chiqib jixozlanmagan xonalarda ham tashkil etishi mumkin. 
Bunda havoning haroratiga qarab ochiq havoda o’tkazilishi 
maqsadga muvofiqdir.  
Hozirgi davrda, Mustaqil O‘zbekistonda ko‘pgina oila 
bolalarining tarbiyasiga oila tarbiyachisini yollamoqdalar. Oila 


40
tarbiyachisi oilada bolalar tarbiyasida yetakchi o‘rin egallaydi. 
U oilada bolalarni yakka tartibda hayotga har tomonlama yetuk 
va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga javobgar shaxsdir.
Oila 2-3-4 farzanddan iborat bo’lishi mumkin. Oila 
tarbiyachisi oiladan ota-onalar va bolalar haqida ma’lumot oladi, 
bolalar soni, yoshi, sog‘lig‘i, rivojlanish darajasi, egallagan 
harakat, malaka va ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarini 
rivojlanganlik darajasini o’rganib chiqadi, so‘ng “Maktabgacha 
ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida bola bilan 
tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirib oladi. 
Oila tarbiyachisi jismoniy tarbiya bo‘yicha olib boriladigan 
ishlarga puxta tayyorlanishi, bolani faollikka, mustaqillikka, 
undaydigan ta’lim metodlarini tanlashi lozim. Oilada bolalarni 
jismoniy tarbiyalash o’ziga xos xususiyatga ega. Tarbiyachi 
ertalabki badan tarbiyani bolalarning yosh xususiyatlaridan 
kelib chiqib (ayniqsa, 3-4 yosh) ularni she’rlar, musiqa sadolari, 
ashulalar, turli xil hayvon obrazlari harakatlari orqali jismoniy 
harakatlarni bajarishga undaydigan mashqlarni rejalashtirishi 
kerak.  
Tarbiyachi ota-onalardan o‘z bolalari bilan birgalikda 
badantarbiya mashqlarini bajarishda, ota-onalar va bolalar bilan 
sport musobaqalarini tashkil etish, bunda bolalar ota-onalari 
bilan birgalikda harakat qilishlari ularga ijobiy ta’sir etadi va 
ularni rag’batlantiradi. Masalan, “Ota-onam va men – sportchi 
oilasi”.  

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish