Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

metodlar  bolalarning amaliy harakat faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lib, harakatlarni o‘z muskul-mator sezgilarida to‘g‘ri idrok 
etilishini amalda tekshirishni ta’minlaydi. Amaliy metodlar 
to‘la  yoki  juz’iy  reglamentatsiya,  mashqlarni  o‘yin  (obrazli) 
shaklida o‘tkazish, musobaqa elementlaridan foydalanish bilan 
xaraktcrlanadi.
Amaliy metodning xilma-xil turlaridan biri o‘yin metodidir. 
Bu mctod maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faolyati- 
ga yaqin, ular bilan ishlashda juda o‘ziga xos va samarali bo‘lib, 


30
ko‘rgazmali obraz va ko‘rgazmali amaliy tafakkur elementlarini 
hisobga oladi. U turli harakat ko‘nikmalarini, harakatlarning 
mustaqilligini, o‘zgaruvchan sharoitga nisbatan tczkor javob 
rcaksiyalarini bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy faollik 
ko‘rsatishga imkon yaratadi. O‘yin harakatlari jarayonida 
bolalarda axloqiy-irodaviy sifatlar shakllanadi, bilishga intilish 
o‘sadi, xatti-harakat va jamoada o‘zini tutish tajribasi hosil 
bo‘ladi.
Kichik guruhlarda bolalarni harakatlarga o‘rgatishda 
harakatlar xarakteri haqida emotsional obrazli tasavvur 
(masalan, “Sichqonlardek ycngil va sokin yugurasiz”, 
“quyonchalarga  o‘xshab  sakrash  kerak”)ni  oydinlashtirishga 
yordam bcruvchi o‘yin usullari qo‘llaniladi.
Musobaqa metodi ham amaliy mctodga kiradi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarga ta’lim berishda u faqat pedagogik rahbarlik 
sharoitida qo‘llanilishi mumkin. Bu metod ko‘proq bolalar 
bog‘chalarining katta guruhlarida avval egallangan harakat 
ko‘nikmalarini  (biroq  birinchilik  uchun  musobaqani  emas) 
ta- komillashtirish maqsadida qo‘llaniladi. O‘tkaziladigan 
musobaqa bolalar kuchiga mos bo‘lishi, axloqiy-irodaviy 
fazilatlarni tarbiyalash, shuningdek, o‘z yutuqlarini va boshqa 
bolalarning muvaffaqiyatlarini talablarga ongli munosabatda 
bo‘lish asosida to‘g‘ri baholash musobaqaning majburiy 
shartidir. Ayniqsa, jamoa hissini, boshqalar muvaffaqiyatidan 
hasad va g‘arazgo‘yliksiz shodlanish kabi fazilatlarni tarbiyalash 
muhimdir. Sifat yoki tezkorlik bo‘yicha musobaqa jarayonida 
topshiriqni o‘yin yoki mashq tarzida bajarayotgandagi 
muvaffaqiyatsizlik bolani xafa qilib qo‘yishi mumkin. Bunday 
paytda tarbiyachining roli, salbiy emotsiyani ijobiy emotsiyaga 
aylantira olish mahoratining ahamiyati nihoyatda muhimdir. 
Bunga bolalarni musobaqa jarayonini idrok etishga tayyorlash, 
muvaffaqiyatsizlikka uchraganda esa, ular ongiga ishonchli 
dalillar bilan ta’sir etish va salbiy emotsiyalarni topshiriqni 
muvaffaqiyatli hal etish omiliga aylantirish orqali erishiladi. 
Pedagogik jarayonda ta’lim metodlaridan umumiy holda 
foydalaniladi. Tarbiyachi mashqlar mazmuni, bolalarning yosh 
imkoniyatlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda 


31
birinchi holatda ta’limning ko‘rgazmali metodini qo‘llaydi – 
bolaning harakat namunasini tushuntirish orqali idrok qilishiga 
erishadi, ikkinchi bir holatda mashq mazmuni va tuzilishini 
og‘zaki tushuntirish metodini qo‘llaydi. Biroq ikkinchi holatda 
pedagog bu yoshdagi bolalarda mavjud hayotiy tajriba va 
harakatlar haqidagi aniq tasavvurga tayanadi. Ko‘rgazmali yoki 
og‘zaki metodlardan so‘ng darhol bolalar amaliy harakatlarga – 
harakatlarni mustaqil bajarishga o‘tishlari lozim.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish