Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Yaqqol eshitish metodlari harakatlarni ovoz orqali 
boshqarishga asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula eng 
yaxshi eshitish ko‘rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik 
his va emotsional ko‘tarinkilik uyg‘otadi, harakat xaraktcrini 
bdgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Ko‘pincha 
bolalar bog‘chalarida musiqa asbobini chalishni bilmaydigan 
tarbiyachi harakat sur’ati va ritmini boshqarishda chirmanda 
(buben)dan foydalanadi, bu ritmik ko‘rinishlarni o‘zgartirishda 
o‘zini yctarli darajada oqlaydi. Bundan tashqari o‘zining hazil 
mazmuni va ritmi bilan bolalarni jalb etuvchi xalq termalari, 
sherlari va boshqa matnlarini boshqarishga xizmat qilishi 
mumkin.
Shunday qilib, ko‘rgazmalilik usullari bolaning harakat- 
larini to‘g‘ri idrok qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongini 
kengayishiga, harakatlarni bajarishda o‘z o‘zini nazorat qilish- 
ning vujudga kelishiga, harakatlar sur’ati va ritmini eshitish 
orqali boshqarishga, sensor qobiliyatining rivojlanishiga xiz- 
mat qiladi.
Og‘zaki metodga oid usullar. Harakatlarga o‘rgatishdagi 
og‘zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi: bolalarga ularda- 
gi mavjud hayotiy tajriba va tasavvurga tayangan holda yangi 
harakatlarni aniq, qisqa bir vaqtda bayon etish va tushuntirish- 
da; harakatlarni aniq ko‘rsatish yoki uning ayrim elementlarni 
aniqlash asnosidagi sharhda; tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilgan 
harakatlarni qayta bajarishda yoki mashqlarni bolalar mustaqil 
bajarishlarida zarur bo‘ladigan ko‘rsatmalarda; yangi jismoniy 
mashqlar va harakatli o‘yinlarni joriy qilish yoki harakatlarni 


34
o‘rgatishda ularni tushuntirish, harakatli o‘yin syujeti va hoka- 
zolarni aniqlashtirish talab etilganda oldindan o‘tkaziladigan 
suhbatda; tarbiyachi jismoniy mashqlarni bajarilishidan oldin 
harakatlarni bajarish izchilligini anglash; darajasini aniqlash 
yoki syujetli harakatli o‘yinlar obrazl ari haqidagi tasavvur- 
ning boryo‘qligini tekshirish, qoidalarni, o‘yin harakatlari va 
boshqalarni aniqlashtirish maqsadida bolalarga beriladigan 
savollarida.
Bundan tashqari ko‘rsatib o‘tilgan usullar turli komanda- 
lar, farmoyish va signallarni aniq, emotsional va ta’sirchan 
tarzda berishda ham ifodalanadi. Masalan, tarbiyachi shun- 
day deydi: “Sakrab oyoqlarni yelka kengligida ochib turing!” 
yoki “To‘xtang! Bir, ikki, uch – yuguringlar!” va hokazo. Bu 
komandalar bolalarning javob harakat reaksiyasining tezligi va 
aniqligini vujudga keltiradigan turli intonatsiya va dinamikani 
talab qiladi. Bular qatoriga baland ovozda dona-dona qilib 
sanash va o‘yin boshlanmalarini ifodali talaffuz etishni ham 
kiritish mumkin. Xalq og‘zaki ijodi bunday narsalarga juda 
boydir.
Qofiyali  matnlarning  musiqiyligi  va  ritmliligi  bolalarda 
emotsional ruh uyg‘otadi, natijada bu qofiyalar ular tomonidan 
oson o‘zlashtiriladi va keyinchalik mustaqil o‘yinlarda 
foydalaniladi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish