Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari hisoblanadi.
Ko’rgazmali usullar - kuzatish, uning turlari: binoni ko’zdan kechirish, ekskursiya, tabiiy buyumlarni ko’rib chiqish. Pedagog kuzatishdan ob'yektni to’g’ridanto’g’ri (gullar ochilishi, toshbaqa harakati va boshq.) va vositali (agarda ob'yektni bevosita kuzatishning imkoni bo’lmasa (yovvoyi hayvonlar, shaharlik bolalar uchun qishloq aholisining mehnati, qishloq aholisi uchun shahar transporti kabi) kuzatish mumkin bo’lgan holatlarda - suratlar, fotosuratlar, kinofilmlar, diafilmlar va videofilmlar namoyishidafoydalanadi. Ko’rgazmali narsalar, hodislar ko’rgazmalai usullardan foydalanishda suhbat, mulohaza mavzusini belgilaydigan manba bo’lib xizmat qiladi. Bolalarning qabul qilish hissini so’zlash berish orqali yo’naltirayotgan tarbiyachi ko’rib chiqilayotgan narsa nomini aytadi va uni tushuntirib beradi. So’zli usullar - kattalar va bolalarning so’zlari har qanday ko’rgazmali va amaliy
metod tarkibiga kiradi. Biroq, bolalarda so’zli mantiqiy fikrlashning rivojlanishi, atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi tasavvurlarning yig’ilishiga qarab nutqni rivojlantirishning so’zli usullari mustaqil metod tusini oladi. Unga badiiy asarlarni
o’qish, she'r yod olish, bolalarning hikoyalari, suhbatlar va tarbiyachining hikoyalari kiradi.
So’zli usullar sof ko’rinishda Maktabgacha talimda juda kam qo’llaniladi, chunki maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari ko’proq ko’rgazmalilikka tayanishni talab qiladi. Shuning uchun deyarli barcha so’zli usullarda ko’rgazmali usullardan (narsa, o’yinchoqni qisqa vaqtga ko’rsatish, illyustratsiyalarni ko’zdan kechirish) yoki bolalarni dam oldirish maqsadida ko’rgazmali ob'yektni namoyish
qilishdan foydalaniladi.
Amaliy metodlarga mashqlar, o’yin metodlari kiradi va u bolalar nutqini
rivojlantirishda keng qo’llaniladi. Ularning maqsadi bolalarga olingan bilimlarni o’zlashtirishda ularga yordam berishdan iboratdir. Didaktik o’yinlardan nutqiy rivojlantirishga oid barcha vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi. Nutqiy mashqlar (mashq qilish va ijodiy mashqlar) yordamida esa o’z fikrlarini aniq va tushunarli qilib ifodalash, mulohaza yuritish, isbotlash hamda so’zlarni aniq va
tushunarli qilib talaffuz qilish shakllanadi.
Har bir metod didaktik vazifalarni hal etish - ya'ni, bolalarga yangi narsalarni tanishtirish, mahorat va ko’nikmalarni mustahkamlash, o’zlashtirilgan narsalarni ijodiy ravishda qaytaishlash uchun xizmat qiladigan usullar majmuasidir.
Metod deb bilimlarni biridan ikkinchisiga berish maqsadida o’qituvchi va o’quvchi tomonidan amalga oshirilayotgan harakatga aytiladi.
O’qitish usuli - bu metodning bir elementidir. Usullarni ko’rgazmaviyligi va emotsionalligiga qarab so’zli, ko’rgazmali, o’yinli usullarga ajratish mumkin.
Eng ko’p tarqalgan so’zli usullardan biri - nutqiy namunadir. Nutqiy namuna - bu tarbiyachining to’g’ri, ilgaridan mashq qilingan nutqiy faoliyatidir. Nutqiy namunadan izohlash, ko’rsatmalar berish bilan birgalikda foydalaniladi. Namuna bolalarga aniq, tushunarli, baland va bosiq ovozda namoyish qilinadi.
Takrorlash - esda saqlab qolish maqsadida aynan bitta nutqiy elementdan (tovush, so’z, ibora) bir necha marta foydalanish. Takrorlash tarbiyachining o’zi yoki bola (ikki nafar bola) tomonidan hamda bolalar tomonidan jo’rovoz bo’lib amalga oshiriladi.
Tushuntirish - tarbiyachi tomonidan narsa yoki hodisa mohiyati ochib beriladi. Ko’rsatma berish - bolalarga qanday harakat qilish, qanday qilib natijaga erishish mumkinligi tushuntiriladi. Ko’rsatmalar o’rgatuvchi, tashkiliy va tartibga keltiruvchi bo’ladi.
So’zli mashqlar - nutqiy mahorat va ko’nikmalarga ega bo’lish hamda ularni takomillashtirish uchun bolalarning muayyan nutqiy harakatlarni ko’p marta bajarishlaridir.
Bolalar nutqini baholash - o’rgatuvchi usul bo’lib, unda bolaning javobi yoki hikoyasi haqida asoslangan mulohaza bildiriladi. Ko’pincha baholar nutqning ijobiy tomoniga taalluqli bo’ladi.
Savol - so’zli murojaat bo’lib, u mavjud bilimlaridan foydalanish yoki uni qayta ishlash zarurati qarshisida turgan bolaga vazifa qo’yish va uning javobini kutishni talab qiladi. Savollar mazmuniga qarab tasniflanadilar: faktlarni tasdiqlashni talab qiluvchi reproduktiv savollar (Nima? Kim? Qanday? Qayerda? Qayerga? Qancha? Qachon? va boshq.), aql bilan bir xulosaga kelishni talab qiluvchi nisbatan
murakkab - qidiruv savollari (Nega? Nima uchun? Nimasi bilan o’xshash? va boshq.). Savollar tuzilishiga qarab to’g’ridan-to’g’ri, yo’l ko’rsatuvchi va javobni aytib turuvchi savollarga bo’linadi.
Ko’rgazmali usullar - suratni, o’yinchoqni, harakatni, sahna harakatlarini (sahnalashtirishga oid o’yinlarda) ko’rsatish, tovushni yo’lga qo’yish jarayonida artikulyatsiya organlari holatini ko’rsatib berish. Ko’rgazmali usullar so’zli usullar yordamida - ya'ni, narsani ko’rsatish, uning nomini aytish, tushuntirish orqali qo’llaniladi.
O’yin usullari - maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda turli o’yinchoqlardan foydalanish mashqlar, o’yinlarni yanada jonli va emotsional qiladi, bu esa bolalarning diqqat-e'tibori oshishiga olib keladi, ayni paytda barcha nutq jarayonlari faollashadi. Har bir mashg’ulotda, ayniqsa uning nihoyasida, hazil savollar berish, loflardan, o’yin qahramonlaridan (ayiqcha, Buratino va boshq.) foydalanish, o’yin baholarini qo’llash (xalqa yig’ish, qarsaklar) mumkin. Shuningdek, musobaqa elementlari («Kim ko’p so’z aytadi?», «Kim yaxshi aytadi?»), mashg’ulotlar jihozlarining chiroyliligi, yangiligi ham bolalarning nutqiy materialga nisbatan diqqat e'tiborini oshiradi. O’rgatuvchilik vazifasiga qarab rivojlantirish usullarini bevosita va bilvosita
usullarga ajratish mumkin.
Bevosita ta'lim usuli - namuna, izoh, savol, bola javobini baholash, ko’rsatma
berish va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |