Bog'liq 7304097571a7335b4101ff088374bba4 ONA TILI O`QITISH METODIKASI
Talabalar faoliyatini baholash «Otlarning egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishi» mavzusi bo`yicha laboratoriya mashg`uloti topshiriqlari;
1. Metodikada egalik qo`shimchalari bilan otlarning o`zgarishini tushuntirishning eng qulay usuli shunday ko`rsatilgan ?
2. Boshlang`ich sinfda egalik qo`shimchalarining qaysi variantlari o`rgatilishini yozing.
3. Egalik qo`shimchalari bilan qo`llangan so`zlarda yuz bergan tovush o`zgarishlarining qaysi holatlari va qanday o`rgatiladi?
4. Egalik qo`shimchalarini mustahkamlashda qaysi mashq turini tavsiya qilasiz?
4-sinfda otlarning egalik qo`shimchalar bilan qo`llanilishi.
I. O`quvchilarni darsga tayyorlab olish usuli mavzusini o`tish darsini kuzatish yuzasidan ko`rsatmalar.
II. O`tilgan mavzular ustida ishlash. O`tilgan mavzu bo`yicha uy vazifasining turi berilgan topishiriqlarning amaliy ahamiyati.
Uy vazifasini so`rash usuli, baholash me’yorlari
Uy vazifasining bajarilishi va bilimlarni o`zlashtirilishi bo`yicha xulosalarning aniqligi, o`qituvchi ta’limning keyingi bosqichlarida ular ustida ishlash
III. Yangi mavzuga o`qituvchining o`quvchilarda qiziqish uyg`otishi.
IV. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. Egalik qo`shimchalarini o`rgatish uchun qanday o`quv materiallari va ko`rgazmali qurol tayyorlagan.
2. Tushuntirish usulida qaysi savol-topshiriqlardan foydalandi?
3. Egalik qo`shimchalarini tushuntirishda qo`yidagilarga e’tibor qarating:
- Egalik so`zining ma’nosi ustida ishlash
- Egalik qo`shimchalarini olgan so`zlarni tarkibiy qismga ajratish
- Qarashlilik, tegishlilik so`zlari ma’nosini izohlash usuli
- Egalik qo`shimchalarining vazifasini ochib berishi
- Egalik qo`shimchalarining tushuntirilayotgan variantini darslik materialiga muvofiqligi;
- Egalik qo`shimchalarining ma’nosi va vazifasi yuzasidan o`quvchilarning ilk tushunchalarini aniqlash usuli
- Egalik qo`shimchalarining bo`sh o`zlashtirilgan tomonlari ustida ishlash sifati.
4. Otlarning egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishi mustahkamlash:
- o`quvchilar bilimini aniqlashda foydalanilgan mashq turlari
- o`quvchilarning bilimini mustahkamlovchi va kengaytiruvchi
mashqlar ustida ishlash usuli;
5. O`quvchilarning mavzuni o`zlashtirish sifatlari
6. O`quvchilar bilimini to`g`ri baholanganligi
7. O`qituvchining darsdagi ta’lim va tarbiyaviy maqsadga to`liq erisha olganligi
8. O`qituvchining ilmiy-metodik va pedagogik yordamga muhtoj tomonlari. Talabalar bilimini baholash