Maktabgacha tarbiya yoshidagi inqirozning tavsifnomasi


V.Skinnerning radikal bixeviorizmi



Download 48,23 Kb.
bet3/3
Sana07.03.2021
Hajmi48,23 Kb.
#61133
1   2   3
Bog'liq
psoxologiya 13-variant topshiriq

V.Skinnerning radikal bixeviorizmi


B.F. Skinner bixevioristik nazariyaning yetakchisidir. Skinner boshqa zamondoshlariga nisbatan o’z-o‘zini kuzatishga qarshi bolgan. Shuningdek, u xulq-atvor shakllarini o‘rganishga hissa qoshgan. Bixeviorizmning ko‘zga ko'ringan nazariyotchisi Skinner (1904—1990) metodlar orqali insonning barcha xulq-atvorini bilish mumkinligini, chunki obyektiv ijtimoiy muhit determinallanganligini e’tirof etgan. B.F.Skinner motivlar, maqsadlar, hissiyotlar, anglanmagan fikrlar va shu kabi psixik jarayonlar tushunchasini inkor etgan. Uning ta’kidlashicha, inson xulq-atvori deyarli uni qurshab turgan tashqi muhit ta’sirida butunlay shakllanadi. Ba’zida bunday yondashuvni invayronmentalizm (environment — muhit-atrof) deb ataydilar. B.F.Skinner fikriga kola, inson psixikasining qora qutisi empirik tadqiqotlardan chiqarib tashlanishi, bevosita kuzatish mumkin bolgan inson xulq-atvorini o‘rganishga, oxirgi hisobda inson harakatini aniqlab nazorat qiluvchi muhit omillarini o‘rganishga qaratilishi kerak. B.F.Skinner hayvonlar xulq-atvorini (kalamush, kabutar) eksperemental tahlili inson va hayvonlar uchun umumiy bolgan xulq-atvor tomonlarini ochishga imkon beradi, deb hisoblangan. Xulq-atvorning umumiy qonuniyatiga tayanib ta’lim va tarbiyaning muhim amaliy psixologik-pedagogik vazifasini hal etish mumkin. Ijtimoiy muhit o‘zgarishlarini manipulatsiya qilib, ya’ni bogliq bolmagan o‘zgarishlar individning xulq-atvor reaksiyalarini bogliq o‘zgaruvchilar taxmin qilish va nazorat qilish mumkin. B.F.Skinner xulq-atvorning 2 ta asosiy turi mavjudligini e’tirof etgan: respondent va operant. Biroq uning taxminicha, anglash mumkin bolgan, birlamchi stimullar mavjud bo‘lmagan ichki sabablar natijasida vujudga kelgan harakatlar operant xulq-atvordir. Inson va hayvonlar uchun xulq-atvor natijasida yuzaga keluvchi voqea-hodisalar oqibatlar muhimdir. Oqibatga bogliq ravishda kelajakdagi xulq-atvorga nisbatan ma’lum bir fikr shakllanadi. Operant xulq-atvor asta-sekin ixtiyoriy harakatni egallaydi. 0 ‘rgatishning operant turi bo‘yicha insoniyat xulq-atvorining ko‘pgina shakllarining shakllanishi sodir bo‘ladi, ya’ni kiyinishni bilish, kitob o£qish odati, tajovuzkorlikni namoyon qilishdan tiyilish, g‘azabni jilovlash, tortinchoqlikni yengib olish va boshqalar. Pirovard ijobiy natijaga olib keladigan reaksiyani takrorlashga harakat qiladi. Shunday qilib, ko‘pgina oilalarda yiglashga operant o‘rgatishni kuzatish mumkin. Hayqiriq va yigl bolaning jismoniy noqulaylikka nisbatan shartsiz reaksiyasi sifatida ota-onani bolaga yaqinlashib unga diqqatini qaratib, yordam berib, tinchlantirishga undaydi bunday g‘amxo‘rlik bola yiglsi uchun kuchli ijobiy quvvat boladi va yigl ota-ona xulq-atvorini nazorat qilishning operant asoslangan omiliga aylanadi. Shu vaqtning o‘zida, salbiy natija yoki jazolashni yuzaga keltiruvchi reaksiyalarni takrorlanish ehtimoli kamayadi. Agar tanish kimsa sizning salomingizga javoban labini qisib tanimaslikka olsa, biz tezda u bilan salomlashishni bas qilamiz. Qollab-quvvatlash B.F.Skinner konsepsiyasining tayanch tushunchasidir. Qollab-quvvatlash reaksiyani kuchaytirib uni hosil bolish ehtimolini ko'paytiradi. Bixevioral olganishda qollab-quvvatlashning ikki turi tan olingan birlamchi yoki shartsiz (suv, ozuqa, jinsiy munosabat), ikkilamchi yoki shartli (pul, boshqalar tomonidan e’tibor, ota-ona, tengdoshlar va o‘qituvchilarning maqtovi, ma’qullashlari). B.F.Skinnerning fikricha, ikkilamchi qollab-quvvatlash stimullari avvalgi tajriba natijasida quvvatlovchiga aylanadi. Ular ko‘pchilik odamlar uchun umumiy bolib, ularning xulq-atvoriga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, B.F Skinner ijobiy va salbiy qo‘llab-quvvatlovchini ajratib ko‘rsatgan. Ijobiy quvvatlovchi (quvvatlash) birgalikda reaksiyani kuchaytiradi. Salbiy quvvatlovchi (quvvatlash) ham faqatgina qo‘zg‘atuvchi stimullarni bartaraf qilish hisobiga (o‘rtoqlarning «kichkintoy» «onasini o‘g‘li» kabi mazaxlaridan qochib intilishga haqoratlovchi so‘z va iboralarni qo‘llashni boshlaydi). Xulq-atvor reaksiyasini kuchaytiradi. Shuningdek, xulq-atvor jazolash yordamida ham (o‘smirning onasi haqoratli so'zlar uchun uni labiga urishi yoki cho‘ntak pulidan mahrum qilishi mumkin) nazorat qilishi mumkin. Bunday oqibatga chek qo‘yish, xulq-atvor reaksiyasiga barham berish talab etiladi. Zamonaviy jamiyatda jazolash texnikasi ko‘proq qo‘llaniladi, lekin B.F Skinner xulq-atvorning bunday nazorati samarasiz (faqat vaqtincha istalmagan xulq-atvorni to'xtatib turadi) ekanligini va undan ham yomoni salbiy zararli ta’sirni (qo‘rquv, xavotirlanish o‘z-o‘ziga bahosining pasayishi, (asotsial) antiijtimoiy xulq-atvorning qo‘pol shakllari) yuzaga keltirishga harakat qilgan. B.F.Skinner ijobiy qollab-quvvatlash (kutilmagan natijalarni rag‘batlantirish) kattalar xulq-atvorini shakllantirishning juda ham ishonchli usuli (metodi) ekanligini ta’kidlagan. Murakkab xulq-atvorga o‘rgatish holatida (masalan, xat yozish ko'nikmasi, shaxslarao muloqot tartiblilikni hosil qilish) izchil yaqinlashish yoki shakllantirish metodidan foydalaniladi. Qadam-baqadam bosqichma-bosqich qollab-quvvatlash xulq-atvorni kutilgan yo‘nalishga o‘zgartirishga bir necha marotaba qo‘shiladi. 0 ‘rgatishning boshqa tamoyili — qollab-quvvatlashning be to‘xtovligidir. Bolani mustaqil tartibli ovqatlanishga o‘rgatishga muntazam qo'llab-quvvatlanadi: boshida bola o‘rgatilganlarni tezda yodidan chiqarib qo'ysa-da, uni ruhlantirish har bir harakatlaridan faxrlanish, masalan, bola qo‘liga qoshiqni olib og'ziga olib borish harakati uchun uni maqtash kerak. Kutilgan natijaga faqatgina asta-sekin yaqinlashish natijasida bolada kiyim-kechak va stol ozodaligiga hamda tartibligiga erishish mumkin. B.F. Skinnerning ta’kidlashicha, hatto verbal xulq-atvor yoki og‘zaki nutq ham muvaffaqiyatli yoki izchil yaqinlashish orqali egallanadi. Lekin ko‘pgina psixologlar operant asoslash tamoyilidan kelib chiqib tushuntirib bo‘lmaydigan, ilk bolalik davrida nutqning bu qadar tez rivojlanishiga alohida urg‘u berib, bunday tarzda tilni o‘zlashtirish mumkinligiga mutlaqo qarshilar. Insonning ijtimoiylashuvi muammosi B.F.Skinnerning «Erkinlik va qadr-qimmatning boshqa tarafi» (1971), «Jamiyat va bixeviorizm haqida fikr-mulohazalar» (1978) kitoblarida tahlil qilingan. B.F.Skinner ta’limotida bolaning rivojlanishi bu qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi bilan muvofiqlikda uni me’yoriy xulq-atvorga o‘rgatishdir. Ilk bosqichlarda ijtimoiylashuv omillari va qo‘llab-quvvatlash manbalari bo‘lib, ota-ona hisoblanadi, keyinchalik, qo‘llab-quvvatlash manbalarining soni ortadi: bular qo‘ni-qo‘shnilar, maktab, tengdoshlar fikridir. B.F.Skinner «Inson xulq-atvori uning hayoti davomida o‘zgaradi va vaqti-vaqti bilan inqirozlar yuzaga keladi, degan fikrni qo‘llab-quvvatlagan. Inqiroz holati muhitining shunday bir o‘zgalar ta’sirida yuzaga keladiki, unda individ xulq-atvor reaksiyalarining adekvat to‘plamiga ega bolmaydi. Muhit bolaning xulq-atvorini doimiy, uzluksiz va ketma-ketlikda shakllantiradi, deb hisoblagani uchun bixeviorizmda rivojlanishni yosh davrlarga ajratish (bolish) muammosi ko‘rib chiqilmaydi. Rivojlanishni davrlashtirish muhitga bogliq. Ushbu yosh davrida barcha bolalar uchun yagona rivojlanish qonuniyati mavjud emas: muhit qanday bolsa ushbu bolaning rivojlanish qonuniyati ham shunday boladi. Gap faqat ma’lum bir ko‘nikmani shakllantirish o‘rgatish bosqichlarini belgilash imkonini beradigan (o‘yinni rivojlanish bosqichlari yozishga yoki tennis o‘ynashga o‘rgatish) funksional davrlashtirishni yaratish haqida ketishi mumkin. 0‘rgatishning doimiy tajribasi boshqa psixologik maktablarda «Shaxs» deb nomlanuvchini yaratdi. Shaxs—bu insonning butun umri (hayoti) davomida egallagan tajribasidir. Insonning (noyobligi) o‘ziga xosligi irsiyat tavsif va o‘rgatishning individual repertuarini o‘ziga xos uyg‘unligi biIan belgilanadi. Bunday tarzda psixik rivojlanish o‘rgatish bilan tenglashtiriladi, ya’ni har qanday bilim, ko‘nikma, malakani egallash bilan maxsus o‘qitish sharoitlarida va tasodifiy yuzaga kelgan holatlarda bilishga o‘rgangan. B.F.Skinner g‘oyalari juda keng amaliy ahamiyatini topdi. Muvaffaqiyatli izchil yaqinlashish strategiyasi va ijobiy qo‘llab-quvvatlash texnikasi bixevioral treningining individ xulq-atvorini modifikatsiya qilish metodlari asosini tashkil qilgan. Ular taklifining aniq sohalari o‘rtasida turli xil ko‘rinishdagi qo‘rquv xavotirlanish va «yopishqoq» (miyaga o‘rnashib qoladigan) holatlarni yengib o‘tish destruktiv xulq-atvorni o‘zgartirish muloqot ko‘nikmalariga o‘rgatish, o‘ziga ishonchni mashq qilish, gipertenziya, muskul zo‘riqishlari, migren, xavotirni davolashda qayta aloqa bilan treninglar o‘tkazish. Operant metodikalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga, ruhiy kasalxona bemorlariga, qamoqxona mahbuslariga ham qo‘llaniladi. «Jetonli taqdirlash», «Senzibilitatsiya va desensibilyatsiya», «to‘xtatilgan vaqt» yoki «taym-aut» metodikalari keng mashhurlikka erishdi. Kompyuterdan foydalanilgan holda dasturlashtirilgan o‘qitish B.F.Skinner tomonidan o‘ylab chiqilgan tamoyillarga asoslanadi. Ko‘pgina mutaxassislar «Xulq-atvor ko‘rinishi texnologiyasi»ning samaradorligini tan oladilar, biroq bunda metodning mexanikligini rahbarning avtoritarizmiga moyilligini va rivojlanishning ichki omillarini (inson fikri, hissiyoti, qiziqishi) rad etilishini ta’kidlaydilar va bu metodni haddan ziyod keng qo‘llash mumkin emasligi haqida ogohlantiriladi.

arga  ajratishni  taklif eta

2-topshiriq.TEST

1.Ta`lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga moslashadi degan fikrni ilgari surgan olimni toping

A)L.S.Vigotskiy



  • B)V.Shtern

V)J.Piaje

G)D.Bruner

2.Bola psixik rivojlanishini ta`minlovchi qonuniyatlar


  • A)Notekisligi, integratsiyasi, plastiklik va kompensatsiya

B)Bilish jarayonlarining intensivligi, integratsiya, kompensatsiya

V)Aqliy qobiliyatlar, senzetiv, noniksligi

G)Etakchi faoliyat senzetivlik, plastiklik

3.Qaysi qatorda L.S.Vigotskiy tomonidan fanga kiritilgan aqliy rivojlanishning aktual rivojlanish darajasi to‘g‘ri berilgan



  • A)O‘quvchi tayyorgarligining mavjud darajasi bo‘lib, u o‘quvchining qanday topshiriqlarni to‘la mustaqil bajara olish bilan xarakterlanadi

B)O‘quvchi qo‘lga kiritib bo‘lgan rivojlanishi darajasini ko‘zlamasdan bir munchaorqaga ketishi

V)O‘quvchi tafakkuriga uning mavjud imkoniyatlarini bir muncha oshiradigan talablar qo‘yishi

G)O‘quvchi erishgan va yaxshi o‘zlashtirib olgan analitik-sintetik faoliyat darajasini talab qilinishi kerak degan qoidaga asoslanadilar

4.O‘qituvchi faoliyati mahsuldorligining shartlari to‘g‘ri berilgan qatorni toping

A)Shaxsiy shart-sharoitlar va vaziyatga bog‘liq shart-sharoitlar

B)Pedagogik va tashkilotchilik qobiliyatlari, pedagogik faoliyat jarayonida talablariga mos temperamentni namoyon qilish

V)Ijobiy xarakter hislatlari, talabchanlik


  • G)O‘qituvchi shaxsining ijobiy yo‘nalganligi, maqsadga erishishiga undaydigan kuchli vaziyatli motivlar

5.Dars samarasini oshirish uchun tanaffuslarning foydasi, vaqti-vaqti bilan mashg‘ulot turlarini almashtirishning foydalari to‘g‘risida qaysi olim o‘z fikrini aytgan

A)F.F.Dobrinin

B)Ushinskiy

V)Bine va Simon



  • G)M.G.Davletshin

6.O‘quv faoliyatining operatsion komponenti nimalarni o‘z ichiga oladi

  • A)O‘quv topshiriqlarini bajarishga qaratilgan xatti-harakatlar

B)O‘quvchining o‘quv motivi

V)O‘quv faoliyatini nazorat qilish jarayoni

G)O‘quv faoliyatini baholash jarayoni

7.Mashq malakalarning shakllanishi va mustahkamlanishiga xizmat qilishi uchun qanday talablarga javob berish kerak

A)Mashqlar asta sekin murakkablashtirilishi lozim

B)Mashqlar erkin ixtiyoriy tarzda bajarilishiga imkoniyat berish kerak

V)Mashqlarni davomiy tanaffuslar bilan o‘tkazish zarur


  • G)Mashqlar maqsadini ularni bajarish davomida aniqlashtirish kerak

8.O‘qituvchining o‘z psixik holatini boshqarish qobiliyati qanday turdagi pedagogik qobiliyat hisoblanadi

A)Shaxs bilan bog‘liq qobiliyat

B)Akademik qobiliyat

V)Didaktik qobiliyat



  • G)Tashkiliy-kommunikativ qobiliyat

9.Qaytarishdan tashqari o‘quv materialini o‘zlashtirish vositasiga nima kiradi

A)Mashqlar



  • B)Materialning emotsional xususiyatlari

V)Materialga nisbatan ustanovka

G)Materialning hajmi

10.Mehnat tarbiya omiliga aylanishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak


  • A)Mehnat o‘quvchiga qiziq va uning kuchiga loyiq bo‘lishi kerak

B)Mehnat insonning o‘ziga foyda keltiradigan bo‘lishi kerak

V)Mehnat faoliyati doimiy ravishda tashqaridan boshqarilishi kerak

G)Mehnat faqat individual amalga oshirilishi kerak

11.“Mazkur yosh davrida o‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilimlarni tartibga solish asosida his-tuyg‘ular qarashlar, ahloqiy qadriyatlar, o‘zligini anglash va barqaror e`tiqod shakllanadi.” Ushbu fikrlar qaysi yosh davri uchun xos

A)O‘spirinlik davri

B)O‘smirlik davri

V)Ilk o‘spirinlik davri


  • G)Etuklik davri

12.“Yoshlarning kamol topishida har xil ijtimoiy psixologik xususiyat o‘ziga xos qarama-qarshiliklar ichki ziddiyatlar mavjud bo‘ladi”. Bu fikrlar kimga tegishli

  • A)Yu.A.Samarin

B)B.G.Ananev

V)V.T.Listovskiy

G)E.G‘.G‘oziev

13.Psixogerantologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanligini ilmiy jihatdan kim asoslab bergan

A)S.Xoll

B)P.P.Lazerev

V)Mark Tulliy TSitsiron


  • G)I.I.Mechnikov

14.O‘spirinlk davridagi asosiy faoliyat bu….

  • A)Mehnat va ta`lim

B)Mehnat

V)Ta`lim


G)Mehnat va muloqot

15.O‘spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik bo‘yicha mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi bu…….



  • A)Tafakkurning mazmundorligi

B)Tafakkurning chuqurligi

V)Tafakkurning mustaqilligi

G)Aqlning tashabbuskorligi

16.Moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari xossalari sifatlari o‘zaro bog‘lanishi va munosabatlari o‘spirinning fikrlashida to‘liq aks etishi tushuniladi bu …….



  • A)Tafakkurning chuqurligi

B)Tafakkurning mazmundorligi

V)Tafakkurning mustaqilligi

G)Aqlning tashabbuskorligi

17..……..bu o‘spirin tashabbuskorligi bilan o‘z oldiga yangi vazifalar qo‘ya bilishi va ularni hech kimning yordamisiz oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi



  • A)Tafakkurning mustaqilligi

B)Tafakkurning mazmundorligi

V)Tafakkurning chuqurligi

G)Aqlning tashabbuskorligi

18.O‘spirinning o‘z oldiga yangi g‘oya muammo va vazifalar qo‘yishini ularni amalga oshirishda samarador vositalarni ham o‘zi topishga intilishi bu…….



  • A)Aqlning tashabbuskorligi

B)Tafakkurning mazmundorligi

V)Tafakkurning chuqurligi

G)Tafakkurning mustaqilligi

19.Qaysi olim tadqiqotlarida pedagogika insituti talabalarining yarmi o‘qituvchilik kasbini yoqtirib o‘qishga kirishgan

A)Krutetskiy V.A

B)Elkonin D.B



  • V)Klimov E.A

G)Davletshin M.G

20.O‘spirinlarda uchraydigan motivlarni ajratib ko‘rsatgan olim qaysi qatorda ko‘rsatilgan



  • A)Krutetskiy V.A

B)Elkonin D.B

V)Klimov E.A

G)Davletshin M.G

20.Maktabgacha yoshdagi bolaning uzoq vaqt o’ziga unchalik qiziq bo’lmagan topshiriqni bajarishga qodirligi uning maktabda ta`limiga qaysi jihatdan tayyorligini ko’rsatad



  • A)emotsional

B)motivatsion

V)intellektual

G)ijtimoiy.

21.Hayotning dastlabki 3 oyi davomida bola kattalarning qanday murojaatlariga e`tibor qaratadi



  • A)Faqat ijobiy mazmunli murojaat (maqtash, erkalatish)larga

B)Faqat salbiy mazmunli murojaat (tanqid, ta`qiq) larga

V)Ham ijobiy, ham salbiy murojaatlarga

G)Yaqin insonning barcha murojaatlariga, begonalarning faqat ijobiy murojaatlariga

22.Quyidagi xususiyatlardan qaysi birining shakllanishi ilk bolalik davriga to‘g‘ri keladi

A)Narsa-buyumlarga nisbatan egalik hissining namoyon etilishi

B)Onaning emotsional holatidagi o‘zgarishga nisbatan o‘z affektiv holati bilan javob qaytarish

V)Boshqalarning xatti-harakatlariga taqlid qila boshlash


  • G)Nutqiy muloqotning ilk kurtaklari paydo bo‘lishi

23.“Bolalik amneziyasi” tushunchasi qanday psixologik hodisani anglatadi

A)Katta odam o‘z hayotining ilk 3-4 yili davomidagi hodisalarni eslay olmasligi

B)Bola ixtiyoriy xotirasining kuchsizligi


  • V)Bola mantiqiy hotirasining etarlicha rivojlanmaganligi

G)Katta odam xotirasidagi buzulishlarning bolalikdan boshlanishi

24.Bolada komik mazmundagi hodisalarni qayd etish va tushuna olish qobiliyati taxminan necha yoshdan namoyon bo‘ladi

A)3 yosh


  • B)1 yosh

V)5 yosh

G)7 yosh

25.Quydagi olimlarning qaysi biri o‘yin faoliyatining inson psixik rivojlanishidagi ahamiyatini chuqur o‘rganib, “O‘yin psixologiyasi” asarini yozgan


  • A)D.B.Elkonin

B)K.D.Ushinskiy

V)U.Djeyms

G)Z.Freyd

26.Ontogenezdagi psixik rivojlanish davomida eng avval o‘yinning qaysi turi paydo bo‘ladi

A)Predmetli o‘yin

B)Qoydali o‘yin

V)Rolli o‘yin


  • G)Barcha o‘yin turlari bir vaqtda paydo bo‘ladi

27.Qoydali o‘yinlar qanday psixologik xususiyatlarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi

  • A)Irodaviy sifatlar

B)Odatlar

V)Qiziqishlar

G)Dunyoqarash

28.Maktabgacha yosh davrida bolalar narsa-buyum shakli o‘zgarganda ham uning miqdori saqlanib qolishi qonuniyatini hali tushunmasliklarini eksperimental isbotlagan mashhur olim kim



  • A)J.Piaje

B)D.B.Elkonin

V)Z.Freyd

G)M.I.Lisina

29.Maktabgacha yoshdagi bolaning uzoq vaqt o‘ziga unchalik qiziq bo‘lmagan topshiriqni bajarishga qodirligi uning maktabda ta`limiga qaysi jihatdan tayyorligini ko‘rsatadi



  • A)Emotsional

B)Motivatsion

V)Intellektual

P)Ijtimoiy

30.Maktabgacha yosh davri oxiriga kelib, bola tafakkurida quyida keltirilgan o‘zgarishlarning qaysilari ro‘y beradi

A)Egotsentrizmdan detsentratsiyaga o‘tiladi – ko‘rgazmali harakat tafakkuridan ko‘rgazmali obrazli tafakkurga o‘tiladi

B)Egotsentrizmdan detsentratsiyaga o‘tiladi – ko‘rgazmali obrazli tafakkurdan ko‘rgazmali harakat tafakkuriga o‘tiladi



  • V)Detsentratsiyadan egotsentrizmga o‘tiladi – ko‘rgazmali harakat tafakkuridan ko‘rgazmali obrazli tafakkurga o‘tiladi

G)Detsentratsiyadan egotsentrizmga o‘tiladi – ko‘rgazmali obrazli tafakkurdan ko‘rgazmali harakat tafakkuriga o‘tiladi
3-topshiriq.masala

II sinf o’qituvchisi o’z o’quvchisi Mila K. ning «3» baholarga ko’nikib ketganligini seza boshladi. Bu qiz o’qishga unchalik qiziqmasdi. Uni ko’proq jamoat ishlari qiziqtiradi. Mila sanitarlik toishirig’ini a’lo darajada bajaradi.

Kunlardan bir kun «3» dan yuqori baho qo’yib bo’lmaydigan uning daftaridagi ishning tagida shunday yozuv paydo bo’lib qoldi: «Ishning uchinchi qatori juda chiroyli, hatto, hammanikidan yaxshiroq yozilgan. Endi butun ishni mana shu qatordagi singari chiroyli yozishga bir urinib ko’r-chi».

Mila xursand bo’lib ketib, daftarini dugonalariga ko’rsatib maqtanib qo’ydi. Uyga ham xursand bo’lib yugurib keldi va buvisiga maqtandi. Keyin hamma ishi xuddi uchinchi qatordagidek chiroyli bo’lishi uchun onasini o’zi bilan birga o’tirib dars tayyorlashga majbur qildi.

Savollar:



                1. Nima uchun Mila o’qishga unchalik qiziqmas edi?

                2. Sizning fikringizcha bu qizni o’qishga qiziqtirish mumkinmi?

Bu ishni qanday qilib amalga oshirish mumkin?

Javoblar:



  1. Mila o’qishga qiziqmasligining sababi Milaning o’qishiga oilasida ota-onasi tomonidan ham maktabida o’qituvchisi tomonidan ham e’tibor kam bo’lganligidan u o’qishni yaxshi o’zlashtirishga qiziqmagan. Hatto u 3 baho olishga ham ko’nikib ketganidan bu etiborsizlik anchadan buyon davom etib kelayotganligini bilishimiz mumkin, lekin uning jamoat ishlariga qiziqishini inobatga olsak u oilasida biror ish bilan shug’ullanganda maqtab rag’batlantirishganligi uchun shu ishni maktabda ham qilishga va jamoat ishlarida faol bo’lib rag’bat olishga intilgan.

  2. Albatta qiziqtirish mumkin. Bu qizga ko’proq motiv berish kerak va darslarda qilgan har bir yutug’ini olqishlash kerak, lekin rag’batlar ham cheklov tarzda bo’lishi kerak. Darslarini doim nazorat qilib yaxshi natijaga erishguncha o’qituvchi va ota-ona hamkorligi kerak bo’ladi. Shunda ham oilada ham maktabda qo’llab quvatlash kerak. Milaga taziyq o’tkizmasdan asta sekinlik bilan o’rgatish kerak, afsuski bugungi kunda ko’plab oilalarda oilaviy nizolar oqibatida Milaga o’xshab befarq qolib ketayotgan o’quvchilar talaygina. Ularga o’z vaqtida e’tibor berilmasa keyin psixik jarohatlar oqibatida jamiyatda o’z o’lini topolmasligi mumkin…. davom ettiraversa fikrlar ko’p. Jamiyatda hamma o’z ishini vijdonan qilsa bunday holatlar kuzatilmaydi afsuski vijdon so’zi ko’pchilik hollarda faqat kitoblarda va Milaga o’xshash o’quvchilar ko’zlarida qoldi xolos…..

Tarix (Ikkinchi oliy ta’lim, Sirtqi) 301-guruh talabasi

Shukurxonov Shamsiddinxon.14.05.2020
Download 48,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish