4 - 5 ball - bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqlasa-yu, ammo 5- 7 tagacha tasvirni chegaralangan vaqt mobaynida sharhlab berishga ulgura olmasa qo‘yiladi; 2 - 3 ball bola chegaralangan vaqt mobaynida 1 – 4 ta gacha tasirvni aniqlab bera olmadi va sharhlashga vaqti yetmasa; 0-1 ball — chegaralangan vaqt mobaynida bola rasmdagi 7 ta mantiqsiz tasvirlardan 4 tasini topsa qo‘yiladi. Izoh: 4 va undan yuqori ball, agar bola berilgan 3 daqiqa mobaynida topshiriqning birinchi qismini to‘liq bajara olsa, ammo ularni tushuntirib va sharhlashga ulgura olmasa qo‘yish mumkin
Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish; 10 ball — juda yuqori 8- 9 ball — yuqori 4 - 7 ball — o‘rtacha 2- 3 ball — past 0-1 ball — juda past «Yil fasllari» metodikasi Ushbu metodika 3 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Bolaga 6-rasm ko‘rsatiladi va ushbu rasmlarga diqqat bilan qarab, rasmning har bir qismida yilning qaysi fasli tasvirlanganligi so‘raladi. Topshiriqni bajarish uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Berilgan vaqt mobaynida bola nafaqat yil fasllarini aytib berishi, balki nima uchun shunday ekanligini va fasllarning belgilarini ko‘rsatib bera olishi hamda ushbu qism aynan mana shu faslga tegishli ekanligini asoslab berishi kerak.
Natijalarni baholash10 ball - berilgan vaqt mobaynida bola rasmdagi yil fasllarini bir- biri bilan bog‘liq holdi to‘g‘ri aytib bera olsa va har bir faslning ikkitadan belgisini ko‘rsatib bera olsa (jami har bir faslning 8 ta belgisi ko‘rsatilsa) qo‘yiladi; 8 - 9 ball - bola rasmdagi har bir yil faslini bir-biriga bog‘liq holda to’g‘ri aytib bersa va yil fasllarining umumiy olganda 5- 7 tagacha belgisini to‘g‘ri ko‘rsatib bera olsa qo'yiladi; 6-7 ball - bola yil fasllarini to‘g‘ri aniqlab, ammo o‘z fikrini tasdiqlovchi jami 3 - 4 ta fasl belgisini ko‘rsata olsa qo‘yiladi;
4 - 5 ball - bola faqat yil fasllarining 2 tasini aniqlab bera olsa va o‘z fikrini tasdiqlovchi jami 1 - 2 tagacha yil fasli belgisini ko‘rsatib bersa qo‘yiladi;
0 - 3 ball - bola yil fasllarining birortasini ham to‘g‘ri aniqlay olmasa va birorta ham fasl belgisini ko‘rsatib bera olmasa (ushbu ballar bolaning yil fasllarini topishga harakat qilganligiga bog‘liq holda) qo‘yiladi.
Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish. 10 ball — juda yuqori 8 - 9 ball —yuqori 6 - 7 ball — o‘rtacha 4 - 5 ball — past 0- 3 ball — juda past «Вu yerda nima ortiqcha?» metodikasi Ushbu metodika 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan va bundan oldingi metodikaga o‘xshashdir. Bu metodika bolalarning obrazli, so‘z-mantiqli tafakkur jarayonini analiz va umumlashtirish operatsiyalarini tadqiq qiladi. Metodikada bolalarga har xil predmetlar tasvirlangan rasmlar tavsiya qilinadi va quyidagicha ko‘rsatma beriladi: