Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Bolalarning o‘z fikr-g‘oyalari asosida rasm chizish va loy yoki



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

Bolalarning o‘z fikr-g‘oyalari asosida rasm chizish va loy yoki
plastilindan narsa yasash. 
Ushbu faoliyat turi bilan aqli zaif bolalar 
ba’zi bir tasviriy tajribaga ega blgach, predmetlar xususiyatlarini idrok 
etish usullarini o ‘zlashtirgach, predm etni nafaqat tarbiyachi 
boshchiligida, balki mustaqil tekshira olganlarida ta’limning uchinchi 
va to‘rtinchi yilida shug‘ullanishlari mumkin.
Shu vaqtda bolalarda predmet yoki sujetning mazmunini aniq 
tasvirlash niyatini shakllantirish imkoniyatlari yuzaga keladi. Ulaming 
diqqati quyidagilarga qaratiladi: ular awal chizgan yoki yasagan 
predmetni tasvirlash kerak emas («bu qiziq emas»); boshqa bir bola 
tanlangan predmetni tasvir obyekti sifatida olish mumkin emas; rasm 
chizish yoki yasash uchun tanlab olingan predmet bolalaming hayotiy 
tajribalarini aks ettiruvchi yaxlit situatsiya, keng mazmunni o‘z ichiga 
qamrab olishi lozim. Tasvirni boshlashdan awal boladan nimani 
chizmoqchi ekanligini, rasmda nima haqida hikoya qilib bermoqchi 
ekanligini so‘rash zarur. Savolning bunday qo‘yilishi nafaqat g‘oyani 
kengaytirish va uni murakkablashtirishini ko‘zda tutadi, balki uning 
markaziga inson, uning hayoti, kundalik mashg‘ulotlari, qiziqishlari


qo‘yiladi, u bolalariii e’tiborini atroflarida bo‘layotgan narsalarga 
qaratadi, bu voqealami yangicha, o‘ziga xos anglashga undaydi, chunki 
ular rasmda aks ettirilishi kerak.
Aqli zaif bolaning atrofdagi hayotga qiziqishi, uni tasvirlashga intilishi 
juda sekinlik bilan tarbiyalanadi. Bu ko‘p jihatdan bolaning hayotiy 
tajribasini tashkil etish (atrof bilan tanishish) qanday amalga oshishiga, 
shuningdek, o‘yinga o‘rgatish bo‘yicha olib boriladigan ishlarga bog‘liq. 
Bolalar rasmlarining mazmuni, ayniqsa ularning o‘z g‘oyalari asosida 
bajarilgan ishlar mazmuni odatda, o‘yin faoliyati darajasiga mos bo‘ladi. 
0 ‘yin tajribasiga ega bo‘lgan bolalarda tasvirlash g‘oyasi ko‘pincha 
kattalar hayotini ifodalashni o‘z ichiga oladi (xuddi sujetli-rolli 
o‘yinlardek). Va aksincha, o‘yin bilan shug‘ullanmagan bolalar hech 
qachon m ehnat qilayotgan va asosiy m ashg‘u lo tlar bilan 
shug‘ullanayotgan insonni aks ettirmaydilar.
Shu tufayli bolalami sujetli-rolli o‘yinIarga o‘rgatishga alohida e’tibor 
berilsa, tarbiyalanuvchilar bu tajribani o‘zlarining tasviriy faoliyatlarida 
qo‘llashlari uchun sharoit yaratiladi.
Bolalarning o‘z fikr-g‘oyalari asosida rasm chizish mashg‘ulotlari 
bir oyda 1 marotaba o‘tkaziladi. Bunday mashg‘ulotlarda tarbiyachi 
dastlabki tasvir niyatini shakllantirish bo‘yicha katta ish olib boradi. 
Har qanday vaziyatda ham tasvir mavzusini tanlash uchun tarbiyachi 
bolalarni yaqinda olgan taassurotlari asosida yo‘naltiradi. Masalan, 
hayvonot bog‘iga borib kelgach, turli uy hayvonlarini kuzatgach, shahar, 
bog‘larga sayohat uyushtirilgach, «hayvonot bog‘ida qanday sayr qildik», 
«fermaga sayohat» mavzularida rasm chizish yoki yasash mashg‘ulotlarini 
o‘tkazish mumkin.
Xuddi ertakni tasvirlashda bo‘lganidek, bunda ham bolalarning 
rasmlari kitobcha qilib tikiladi va u kitob burchagida saqlanadi, bolalar 
kerak bo‘lgan paytda ulami olib ko‘rib chiqishlari mumkin bo‘ladi.
Fikr-g‘oya asosida rasm chizish va loy yoki plastilin bilan narsa 
yasashga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar boshlanishda bolalarni o‘z 
g‘oyalarini shakllantirishga o‘rgatiladi. G ‘oya iloji boricha aniq, bola 
imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak. Buning uchun tarbiyachi bolaga 
savol bilan murojaat qiladi: «Sen bugun nima haqida rasm chizishni 
xohlar eding? Kecha yangi raqs o‘rganganimizni eslaysanmi? Kim bilan 
juft bo‘lib raqs tushgan eding? Kimni raqsga taklif qilding? Sizlar 
birgalikda raqs tushdinglarmi? Bir-birlaringni qo‘lingizni ushladingizmi? 
Mana shu to‘g‘risida rasm chizishni istaysanmi? Birga raqs tushish


qanchalik qiziq ekanligi haqida rasm chizasan... Sen uning qo‘lidan 
ushlaysan... Nargiza bir qo‘lini senga uzatadi, ikkinchi qo‘li bilan esa 
ko‘ylagining etagani tutdi...» bunday suhbatlar odatda jonli tarzda o‘tadi 
va bolalar uchun juda qiziqarlidir.
Chiziladigan tasvirning mazmuni aniqlab olingandan so‘ng ishga 
kirishiladi. Odatda, bolalar ishga sho‘ng‘ib ketadilar, uzoq va qiziqib 
rasm chizadilar. Bu paytda tarbiyachi rasmni chizish jarayoniga xalaqit 
qilmagan holda bolalarga individual yordam ko‘rsatadi. Bu yordam 
xuddi sujetli-rolli o‘yinlami boshqarish mazmuniga o‘xshash hisoblanadi.
Shu bilan birga tarbiyachi bolalarga tasvirlashning ba’zi usullarini 
ko‘rsatib berishi mumkin. Bunda ko‘proq qahramonlarning tashqi 
xususiyatlariga tayaniladi, chunki ular qahramonning individual 
xarakterini aks ettiradi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish