Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari


II bo‘lim. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/72
Sana04.08.2021
Hajmi0,78 Mb.
#138517
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Bog'liq
Документ Microsoft Word

II bo‘lim. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi 

IV bob. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena 

1-§. Yirik motorikani rivojlantirish 

33. Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda yirik motorika rivojlanishining talablari hisoblanadi: 

gavdasini boshqara olish (muvozanat saqlashga qodir bo‘lish); 

tana a’zolarini boshqara olish; 

maqsadli harakatlana olish. 

34.  Quyidagilar  6  oylikkacha  bo‘lgan  bolalarda  yirik  motorikaning  rivojlanish  indikatorlari 

hisoblanadi: 

vertikal holatda boshini dadil ushlab turish

tizzasidan bukilgan oyoqlariga tayanish; 

qo‘llari bilan ushlab turish

qo‘ltig‘idan ushlab turilganda, oyoqlarini bukmasdan to‘g‘ri turish; 

orqa tomoni bilan yotgan holatdan qorniga ag‘darila olish; 

maqsadli tartibda o‘z qo‘llarini og‘ziga yaqinlashtirish; 

orqa tomoni bilan yotgan holda bir oyog‘ini ko‘tarib, og‘ziga tortish; 

gavdasi va qo‘llari bilan buyumga intilish. 

35. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar bilan quyidagi mashqlar o‘tkazilishi lozim: 

bolani ikki qo‘llab hamda qattiq yuzada vertikal holatda ushlab turish

bola qorinda yotganda, gavdasining holati ko‘krak qafasini ko‘tarib, boshini yuzadan balandda ushlab 

turish imkonini berishini ta’minlash; 

bolaning qo‘llariga o‘yinchoq ushlatib, uni qanday ushlab, og‘ziga yaqinlashtirishini kuzatib turish; 

bolaning bir qo‘liga shaqildoq ushlatib, uni boshqa qo‘liga olishini rag‘batlantirish; 

bolani orqa tomonida yotqizib, avval bir oyog‘ini, keyin ikkinchi oyog‘ini asta tortib ko‘rish, bolaning 

oyog‘ini qo‘li tomon surib, og‘zi tomon yo‘naltirish; 

bolaga eng  yaxshi ko‘rgan o‘yinchog‘ini uzatib, uning qanday qilib o‘yinchoqqa intilib, qo‘llari va 

gavdasi bilan harakatlanishini kuzatish

o‘yinchoqni bolaning oldiga qo‘yib, gavdasi bilan o‘yinchoqqa qarab harakatlanishga yo‘naltirish. 

36. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun quyidagilar 

taqiqlanadi: 




bolani faqat beshikka yotqizib katta qilish; 

bolaga uning harakatlarini siqib qo‘yadigan kiyimlar kiydirish; 

bola toliqib qolmasligi uchun mazkur Davlat talablarining 

35-bandida

 ko‘rsatilgan mashqlarni har kuni 

kamida 3-4-marta takrorlash; 

bolaga og‘ir buyum yoki o‘yinchoqlar berish; 

bolani siqib yo‘rgaklash. 




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish