Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 3 Mb.
bet30/124
Sana21.09.2021
Hajmi3 Mb.
#181067
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124
Bog'liq
МAKTABGACHA ta'limda nutq madaniyati fanidan o'quv-uslubiy majmua

Ifodali o’qish tarixidan. Badiiy adabiyot paydo bo’lishi bilan uning ifodali o’qilishi, og’zaki ijrochiligi ham maydonga keldi. Badiiy so’z san’atkori xalq o’rtasida ijodkor emas, balki ijrochi sifatida ko’proq e’tiborga ega bo’lgan. Masalan, Markaziy Osiyoda shoirlar bilan bir qatorda ularning asarlarini majlis-anjumanlarda, xalq orasida ijro etuvchi san’atkorlar–roviylar toifasi paydo bo’ldi.

Roviylik va roviylar haqida tarixiy manbalarda qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Nizom Arzu Samarqandiyning ma’lumotiga qaraganda, Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”ni ijod etgach, Ali Daylam unga xattotlik, Abdulaf esa roviylik qilgan.

Tojik yozuvchisi Sotim Ulug’zodaning ta’kidlashicha, roviylar–badiiy o’qish ustalari bo’lib xaloyiq o’rtasida Rudakiy, Daqiqiy, Shohid Balxiy, Abdushukur Balxiy va boshqa o’zlariga zamondosh va o’tmish shoirlari she’rlarini maxsus ohang bilan o’qirdilar. Xususan, Rudakiyning yoqimli she’rlari ularning og’zidan tushmas edi.

Ko’rinadiki, qadimgi badiiy so’z ijrochiligining butun bir yo’nalishi, o’ziga xos maktabni tashkil etuvchi roviylar toifasi katta shon-shuhratga va ijtimoiy mavqeyga ega bo’lgan. Biroq, jamiyat taraqqiy qilishi bilan roviylik tarmoqlanib, XV asrlarga kelganda mustaqil badiiy ijrochilik ko’rinishlari va ularga mansub ijrochilar toifasi voyaga yeta boshladi. Chunonchi, she’riyat sultoni, millatimiz ko’rki - Alisher Navoiy XV asrlarga kelib badiiy so’z ijrochiligi san’atining voizlik (notiqlik), qissaxonlik, badihago’ylik, bazlago’ylik (latifago’ylik), dostonchilik, qasidaxonlik, g’azalxonlik san’ati shakllanib yetilganligi haqida mufassal ma’lumot beradi.

XX asr boshlarida O’zbekistonda ifodali o’qish sahnada ham keng o’rin ola boshladi. H.H.Niyoziy, A.Avloniy, M.Uyg’ur singari yetuk pedagog–rejissorlar hamda N.Isomiddinovxo’jayev, Sh.Inoyatov, X.Yunusov, S.Qori kabi mahoratli yoshlar badiiy o’qishni sahnaga olib chiqqan targ’ibotchilar bo’ldi. Ular teatr sahnalarida, spektakllar boshlanishidan oldin yoki antrakt paytida parda oldiga chiqib she’rxonlik qiladilar. Madrasa va maschitlar qoshidagi eski mahalliy maktablar “usuli qadimiya” o’rniga Hamza, A.Avloniy, S.Ayniy kabi ma’rifatparvarlarning yangi “usuli jaded” maktablari maydonga keldi. Ular yangi usuldagi maktab o’quvchilari uchun “Engil adabiyot”, “O’qish kitobi”, “Birinchi muallim” singari o’qish kitoblari yaratgan edilarki, ularda ifodali o’qishga alohida e’tibor berilgan edi.

Maktab va maorif ishlari kun sayin rivojlana bordi. Adabiyotni o’qitish masalalari “Nashri maorif”, “Maorif va o’qituvchi” kabi jurnal sahifalarida tez-tez muhokama etila boshlandi. 1918-yilda yetti yillik maktablar uchun ilk bor adabiy o’qish dasturlari tuzildi. Bu dasturlarda adabiy o’qish, matnlar tanlash, bu matnlar qay yo’sinda o’tilganda bolalarning yozma va og’zaki nutqi, malakalarining o’sishiga yordam berishi mumkinligi haqidagi masalalar aks etdi. Mazkur dasturlarda asarlarni ifodali o’qishga alohida ahamiyat berildi.

Keyingi dastur, darslik va qo’llanmalar yanada takomillashtirildi va ifodali o’qish san’atiga bo’lgan e’tibor muntazam ortib bordi. Bugungi kunga kelib ifodali o’qish san’atining bolalar bog’chasidan boshlab (deklamasiya) oliy o’quv yurtlarigacha dasturli tarzda mustahkam o’rin egallaganligi va fanning bu sohasiga oid turli qo’llanma hamda majmua (xrestomatiya)lar yaratilayotganligi ifodali o’qish san’atiga bo’lgan e’tiborning yorqin namunasi bo’la oladi.

Undan keyingi davrlarda ifodali o’qish bilan birga notiqlik san’ati shakllandi va rivoj topdi. Bu esa nutq madaniyatining jamiyatning boshqa sohalarida ham o’ziga xos ijtimoiy maqomga ega bo’lishligiga olib keldi.




Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish