Maktabgacha ta’limda kichik yoshdagi o’quvchilar nutqini o’stirish yo’llari


MAKTABGACHA TA'LIMDA NUTQNING GRAMMATIK TOMONINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI



Download 1,58 Mb.
bet3/15
Sana23.03.2022
Hajmi1,58 Mb.
#506816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ishi vord

2. MAKTABGACHA TA'LIMDA NUTQNING GRAMMATIK TOMONINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI


Maktabga tayyorlov guruhida nutqning grammatik tuzilishi buyicha quyidagilarga ahamiyat beriladi:



  1. Nutqning morfologik va sintaktik tuzilishini shakllantirishni davom ettirish.

  2. Bolalarda o‟z nutqi va boshqalar nutqiga tanqidiy munosabatda bo‟lishni tarbiyalash.

  3. Ot, sifat, fe'llarning murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni mashq qilish.

  4. So‟z yasash malakasini mustahkamlash.

  5. Rasmga karab hikoya qilishga o‟rgatishni davom ettirish.

  6. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etish.

Nutqning grammatik tomonini o‟rgatish amaliy mashqlar, Ko`rsatib berish, o‟rgatish orqali amalga oshiriladi, quyidagilar nazarda tutiladi.

  1. Bolalarning psixologik va fiziologik rivojlanishi, rivojlanganlik darajasi.

  2. Bolalar so‟z boyligi, nutqni tinglash, eshitish qobiliyati, nutq a'zolarining harakati, holati.

  3. Nutqning grammatik tomonini tarbiyalashda bolalar ruhiyatining shakllanganligi.

  4. Kattalar nutqining grammatik jihatdan to‟g‟ri, ifodali bo‟lishi, bolalar nutqining to‟g‟riligini kuzatib borishi.

Shunday qilib nutqning grammatik qurilishini o‟rgatish kichik guruhdan boshlab amaliy tarzda olib boriladi, ya'ni nutqning grammatik qurilishini o‟rgatish nutq o‟stirish Mashg‟ulotlarida bolalarning so‟z boyligini oshirish, tevarak-atrof haqidagi bilimlarini kengaytirish, bolalarning tanish hikoya, ertakni qayta hikoya qilishi, suhbatda tarbiyachi savollariga javob berishi kabi faoliyatlarida amalga oshiriladi va quyidagi metodlardan foydalaniladi.

  1. Tarbiyachining nutqiy namuna bo‟lishi.

Tarbiyachi bolalarga gapirayotganda, hikoya qilib berayotganda so‟z va jumlalarni grammatik jihatdan to‟g‟ri, ifodali, bolalarga tushunarli bo‟lishiga ahamiyat beradi, bolalarni so‟zlashga qiziqtiradi. Masalan, savatchada olma bor. Men savatchadan olmani oldim, kani sen ham savatchadan olmani ol. Sen nima qilding? Savatchadan nimani olding? kabi nutqiy namuna bo‟lish metodidan foydalanadi, bolalar nutqni aytishga, nutq anglatgan harakatni bajarishga qiziqadi, nutqning grammatik qurilishini egallay boradi. Bu metod ko‟pincha kichik guruhda qo‟llaniladi.

  1. Mashq-topshiriq metodi.

Bu metodda tarbiyachi bolalarga biror so‟zni aytadi, so‟z ishtirokida gap tuzish yoki birlikdagi otni ko‟plik aytish, so‟zni kelishiklar bilan turlash, tarbiyachining savoliga javob berish kabi topshiriq-mashq metodidan foydalanadi, Bolalar ushbu mashq orqali nutqning grammatik qurilishini o‟rganib boradilar.
Masalan, mana bu ayiqcha, mana bu ham ayiqcha. Bo`lar ayiqchalar, Ayiqchani Ravshanga berdim. Ravshan nima qildi?
Bolalar: Ravshan ayiqchani oldi. Ayiqchani stulga utkazdi kabi javob beradilar.

  1. Ko`rsatmalilik metodi.

Tarbiyachi o‟yinchoq, narsa, buyumlarni bolalarga Ko`rsatadi, ular o‟yinchoqlar nomini aytadilar, aytilgan so‟zlar yordamida gap tuzishni mashq qiladilar. Masalan, tarbiyachi o‟yinchoqni Ko`rsatib, bu nima? uni nima qilasan? kimga berasan? kabi savollar beradi,ular yordamida gap tuzish, nutqiy mashq qilishni tashkil etadi. Bolalar bu mashina, mashinani xaydayman, mashinani Zokirga beraman kabi gaplarni tuzadilar, bu mashqda kelishik qo‟shimchalarini to‟g‟ri qo‟llash, fe'lni shaxs va zamonda tuslash, gap tuzish kabi amaliy mashqlarni bajaradilar,shu asosda ogzaki nutqni egallab boradilar.

  1. Didaktik o‟yin metodi.

Ushbu metodda bolalar o‟yinchoq, qo‟g‟rchoqlar yordamida didaktik o‟yin o‟ynaydilar, o‟yin jarayonini gap bilan ifodalaydilar, bajargan ishlarini nutq orqali tushuntiradilar, shu tarzda nutqning grammatik jihatdan to‟g‟ri, ifodali bo‟lishini bilib oladilar. Masalan, “Qo‟g‟rchoqni mexmon qilamiz” didaktik o‟yinida bolalar qo‟g‟rchoq mexmonga keldi, qo‟g‟rchoqni stulga o‟tkazamiz, Shaxlo dasturxon yozdi, Gulchexra choy, murabboni dasturxonga qo‟ydi. Biz qo‟g‟rchoqni choy bilan mexmon qildik. Choyni piyolada o‟zatdik kabi gaplarni aytadilar, hikoya tuzadilar.

  1. So‟z-mashq metodi.

Bunda tarbiyachi bolalarga narsa buyum nomini aytadi, bolalar tarbiyachi savollariga so‟z va gap bilan javob beradilar: Olma qanday? Olma qizil, dumaloq, shirin.
Behi - sariq, nordon. Sabzi - qizil, suvli, qattiq.
Tarvuz- shirin, qizil, suvli, dumaloq, va hokazo. Qizil, chiroyli, xidli-gul;
Yumalok, qizil, mayda, achchik-olcha;
Qora, dumaloq, ichi qizil, shirin-tarvuz kabi misollarni aytadilar.
Shuningdek, katta va tayyorlov guruhida “Bu nimadan ishlangan?” “ So‟zni davom ettir” kabi didaktik mashqlar ham muhimdir.
Nutqning grammatik qurilishini shakllantirishda bolalarni tasviriy va ijodiy hikoya tuzishga o‟rgatish ham qo`lay usuldir. Chunki bolalar hikoyani tuzish uchun mavzuga mos mazmunni uylaydi, fikrni bayon qilish uchun so‟z tanlaydi, gap tuzishni mashq qiladi, uz nutqini mazmunli ifodali bo‟lishiga harakat qiladi.
Demak, nutqning grammatik qurilishini o‟rgatish bolalarning so‟z boyligini oshirish, lug‟atini boyitish, ko‟rgan-kuzatganlari, eshitganlarini so‟zlab berish, tarbiyachi savollariga javob berish,tasviriy va ijodiy hikoya tuzish, nutqda so‟zni urinli qo‟llash, obrazli bayon etish malakalarini shakllantiradi, bolalarda bilishga intilish, ijodiy fikrlash malakalari shakllanadi.
Ushbu natijaga erishish, ularda nutqning grammatik qurilishini shakllantirish uchun bolalarning kundalik hayoti, o‟yin, mexnat faoliyatlari, kattalar bilan nutqiy muloqati, turli o‟yinchoq, narsa, buyum, voqea-hodisalar, didaktik o‟yin, Mashg‟ulotlar, sayr, ekskursiyalar muhim omil bo‟lib xizmat qiladi, bolalar nutqining ifodaliligini ta'minlaydi.



Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish