Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarining o’rni



Download 23,11 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi23,11 Kb.
#213007
Bog'liq
2 5469850437270113082 (2)


Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarining o’rni

NamDU 1kurs magistranti

Shoxsanam Xiloliddinova

Hozirgi globallashuv jarayonlarida Maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Maktabgacha ta’lim ga ta’limning birinchi bo’g’ini sifatida qaralib qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning Maktabgacha ta’lim tizimida olib borayotgan islohotlari asosida Maktabgacha ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Negaki inson hayoti davomidagi ma’lumotlarini Ko’p qismini maktabgacha ta’lim yoshida oladi. Kelajak avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalash asosiy maqsadlarimizdan biri hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash bolaning ijtimoiy, hissiy, kognitiv va jismoniy ehtiyojlarini kompleks rivojlantirishga qaratilgan. Bu unga umri davomida mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari maktabgacha ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Shu bois ularga ko’nikmalarni rivojlantirish va xizmatlarini taqdim qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularni qo’llab quvvatlash muhim ahamiyatga ega.

Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya bu tasviriy faoliyat turlari bo’lib ularning asosiy vazifasi tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlari bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Biror predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan tanishishi, kuzatishi uning shakli, hajmi, rangi, qismlarining joylashishini bilishi kerak bo’ladi. Bu jarayonda ko’rish, sezish, qo’l harakatlari ishtirok etmay qolmaydi. Bolalar predmetni va hodisalarni kuzatish va ko’rib chiqish jarayonida bolalar o’ngida tasavvur paydo bo’ladi va uni tasvirlaydilar. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarda bolalar turli xil materiallar: qog’oz, qalam, rangli bo’yoqlar bilan, ularning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishadilar. Bu esa bolalarning aqlan o’sishiga sabab bo’ladi.

Tasviriy faoliyat mashg’ulotlari bolalarda fikr yuritish qobiliyatlarni rivojlanishiga olib keladi. Bu jarayonlarda bolalarning mayda qo’l motirikasi shakillanadi, buning natijasida nutq malakalari rivojlanadi. Tasviriy faoliyat bilan shug’ullanish bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi bu rangi, ritmi, proporsiyani Chuqurroq sezish bilan bog’liqdir.

Bolalarga tasviriy faoliyat bilan shug’ullanish orqali:

-o’z bajargan ishlaridan zavq oladi ;

-Hayoliy parvoz va tasavvurlar rivojlanadi;

-tasavvur qilingan narsani tasvirlashning yangi usullarini izlash motivatsiyasi paydo bo’ladi ;

-o’z nuqtai nazarini ifoda etish qobiliyati shakillanadi;

-bolalarga erkinlik beradi;

-o’z “Men”i shakillanadi;

-ranglarni idrok etish rivojlanadi;

Kuzatishlarimiz natijasi shuni ko’rsatadiki: chizish bolalarning sevimli mashg’ulotlaridan biridir. G’ayrioddiy usullarda rasm chizish bolalarda yanada ijobiy his tuyg’ularni uyg’otadi. An’anaviy bo’lmagan rasm chizish texnikasi fikrlash, tasavvur, fantaziya, ijodiy rivojlanish qobiliyatlarini o’tiradi. Bolalarda qiziqish paydo bo’ladi. Bunday rasmlar chizish natijasida yaratish, kashf qilish istagi paydo bo’ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun no’anaviy rasmlar chizish texnikasi murakkab narsani anglatmaydi. Aksincha bunday faoliyat bilan shug’ullanish qiziqarli o’yinga aylanadi. O’zining qo’llari bilan go’zallik yaratish mumkinligini his qiladi. Shu fikrlarni inobatga olgan holda pedagoglar rasm chizish jarayonlarini bolalarga noanaviy usullardan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.

Rasm chizish bolalarda go’daklik davridan, bola yaxshi o’tirishni boshlaganidan keyin boshlanadi. Bu davrda bola tushunarsiz chiziqlar, tushunarsiz shakllar chizadi. Rasm chizish orqali dunyoni anglaydi. Kichik yoshli bolalarda esa oddiy usullardan ko’ra barmoqlar, kaftlar bilan chizish juda oson va maroqli mashg’ulotdir. Barmoqlar va kaftlar yordamida rasmlar chizish da bolakayning kafti, barmoqlar bilan boyaladi. Bu jarayonda ota ona yoki pedagog o’rtasida bola bilan psixologik aloqa o’rnatadi.

Bu usullar bilan foydalanilganda bolada:



  • Qo’l motorikalarini rivojlantiradi—bu esa o’z navbatida mavhum fikrlash va bolaning nutqini rivojlantirishga foydali ta’sir korsatadi;

  • Yangi ob’ektlar mavjudligi haqida bilib oladilar, ular bilan o’zaro ta’sir qilish usullarini o’rganadilar;

  • Atrofdagi ob’ektiv dunyoning shakli va rangi haqida shakli va rangi haqida tasavvurga ega bo’ladi;

  • Ko’p sonli ijobiy his tuyg’ularni qabul qiladi;

  • O’z ishidan lazzatlanishni rivojlantiradi;

3-4 yoshdan oshgan bolaning chizgan rasmlari bo’yicha, rasmlardagi belgilar, foydalanilgan ranglari, chizilgan rasmlarning joylashuvi ga qarab bola psixologiyasini baxolash mumkin. Har qanday mavjud vositalaridan foydalangan holda bolalar bilan rasm ishlash mumkin. Bu esa juda ham maroqli mashg’ulotiga aylanadi. Masalan:

  • Tish cho’tkalari;

  • Paxtali tayoqchalar;

  • Gupka, machalkalar;

  • Tabiy materiallar: barglar, novdalar;

  • Mato qoldiqlari va boshqalar;

Bir yoshli bolalar mukammal tekis geometrik shakllar va murakkab buyumlarni chizish ga qodir emaslar. Bu yoshdagi bolalar oddiy chiziqlar, tushunarsiz chizmalar, va dog’lardan iborat bo’lishi mumkin. Bola qanchalik tez tez rasm chizsa uning ishi shunchalik murakkab va qiziqarli bo’ladi.

Hamma narsani tatib ko’radigan bolalar bilan faqat sog’lig’i uchun xavfsiz bo’yoqlar bilan rasm cho’zdirish mumkin. Bunda esa



  • Barmoq bo’yoqlar;

  • Asal akvarellardan;

Foydalanish mumkin. Tasviriy faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun saqlash muddati o’tgan buyumlardan foydalana olmaymiz, chunki muddati o’tgan materiallar bolada allergik reaktsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shunday ekan tasviriy faoliyat bilan shug’ullanish jarayonida bolalarda irodaning sifatlari, boshlagan ishni oxiriga yetkazish, oldiga qo’ygan maqsadi tomonga intilishi qiyinchiliklarni yengishi, o’rtoqlariga yordamlashish xususiyatlari tarbiyalanadi. Bolalar ranglarni his qilishda estetik zavq olishadi.



Tasviriy faoliyat bu bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetni katta kichikligini, rangini, shaklini, uning xilma xilligini, shaklini ajratish xususiyatlari rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. F, Qodirova, Sh. Toshpo’latova, M. Azamova “maktabgacha pedagogika” “manaviyat”-2019

  2. Nurmatova. M. Sh, Xasanova. Sh. T, Rasm buyum yasash, va bolalarni tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi. “cho’lpon”2010y

  3. Nurmatova. M. Sh., Xasanova. Sh. T.,D.Azimova.Ustoxonada amaliy mashg’ulot. “Musiqa”2010y

Download 23,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish