UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
ILOVA.
Mavzuning dolzarbligi. Ўтган давр мобайнида мамлакатимизда ўсиб бораётган авлодни соғлом ва ҳар томонлама етук вояга етказиш, таълим-тарбия жараёнига самарали таълим ва тарбия шакллари ҳамда усулларини жорий этишга қаратилган мактабгача таълимнинг самарали тизимини ташкил этиш бўйича кенг кўламли ишлар амалга оширилди. Tаълим тизимиda faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kompetensiyalarini rivojlantirish bo’yicha самарали механизмларини жорий этиш ўсиб келаётган ёш авлодни маънавий-ахлоқий ва интеллектуал ривожлантиришни сифат жиҳатдан янга даражага кўтаришнинг энг муҳим шарти ҳисобланади, шунингдек ўқув-тарбия жараёнида таълимнинг инновацион шакллари ва усулларини қўллашга кўмаклашади. Мамлакатимизда айни пайтда вужудга келган шарт-шароитлар малака оширишнинг шакли, мазмуни ва уни амалга ошириш механизмларини қайта кўриб чиқишни ва бу жараёнга тегишли ўзгартиришларни киритишни тақозо этмоқда. Хусусан, шу кунларда мактабгача таълим тизимини такомиллаштиришга қаратилган чора-тадбирларни амалга ошириш учун тарбиячиларининг малакасини ошириш мазмуни ва шаклларини такомиллаштириш зарурати пайдо бўлди.
Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasining nazariy va amaliy asosidagi pedagogik tizimning salmoqli komponentlaridan biri tarbiyachilarning ijodiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, shuningdek, kompetensiyalar bilan bog`liq pedagogik qarash, yondashuvlarni yangilab, pedagoglarning kelgusida o’z kasbining yetuk mutaxasisi bo’lishlari bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligidagi maktabgacha ta’lim sohasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar ushbu tizimni tubdan isloh qilishga qaratilgan bo‘lib, so‘nggi besh yilda mazkur bosqichdagi ta’lim-tarbiyaning tashkiliy, mazmuniy jihatlariga daxldor bo‘lgan farmonlar, qonunlar, qarorlarning qabul qilinishi tom ma’nodagi o‘zgarishlar va yangilanish jarayonini boshlab berdi. Zero, “...maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini yaxshilash”1 masalalari, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlari belgilab berilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. O’tgan davr mobaynida sog’lom va har tomonlama rivojlanib, o`sib kelayotgan avlodning shakllanishiga qaratilgan samarali maktabgacha ta`lim tizimini tashkil qilish bo`yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595- son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312 sonli ’’O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi’’2 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida’’gi PQ 2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi Maktabgacha ta’lim tizimini boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi PQ 3261-sonli qarori amalda joriy etish kabi qarorlari hamda sohaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |