Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 9-4mtms-18 guruh talaba si Raxmatova Malika



Download 36,84 Kb.
bet4/13
Sana30.12.2021
Hajmi36,84 Kb.
#192892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mustaqil talim...

Minnat – illat.

Minnat g’oyat jirkanch illatdir. Agar biror kishiga yaxshilik qilib, hojatini chiqarsang, bu xayrli ishingni zinhor minnat qilma. Minnat barcha ezguliklaringni yo’qqa chiqaradi, savobini behuda yelga uchirib ketadi. Shu bois ham sen kimga yaxshilik qilsang beg’araz qil. Beg’araz yaxshilikning xosiyati ko’p, savobi bisyordir. Shugina emas, yaxshilik qilgan odaming senga umrbod do’sti sodiq bo’lib qoladi. Inson uchun olamda bundan ko’ra savobli ish bo’lmasa kerak.

Ammo bilib qo’y, qilgan ezgu ish, yaxshilik minnat qilinsa, foydasidan zarari ko’p bo’ladi.

Hikoyat. Bir kishi ko’chada ketayotsa, to’satdan havoning avzoyi buzilib, kuchli jala quyib yuboribdi. Shunda u yonidagi do’konchi do’sti huzuriga kirib debdi:

- Ey og’ayni! Menga soyaboningni omonatga berib tur, uyimga yetib olay.

- Mayli, - debdi og’aynisi. Ola qol.

Do’sti soyabonni olib, uyiga yetib olibdi. Ertasiga esa omonatini egasiga qaytarib, unga minnatdorchilik bildiribdi.

Oradan ancha vaqt o’tgach, ular tasodifan uchrashib qolishibdi. Shunda soyabonni omonatga bergan do’sti:

- Ey do’stim, o’sha kuni agar soyabonimni berib turmasam, holing ne kechardi? – debdi.

Soyabonni omonatga olgan odam:

- Yomg’irda qolib, rosa bo’kardim, - deb javob beribdi.

Ammo shu arzimas yaxshilikni qilgan odam g’oyat badfel ekan. Oradan yana bir necha kun o’tgach, o’sha do’sti tag’in:

- Agar o’shanda soyabonimni berib turmaganimda, kuchli jalada holing ne kechardi? – debdi.

Bu minnatdan so’ng undan soyabon olgan kishi do’stidan soyabon olganiga ham pushaymon qilibdi. Ammo soyabon bergan do’sti shundan keyin ham tinchimabdi. Bir kuni ular bog’dagi hovuz bo’yicha uchrashib qolibdi. Soyabon bergan kishi yana:

- Do’stim, o’shanda men senga soyabonimni berib turmaganimda holing ne kechardi?, - debdi.

Uchinchi bor minnat eshitgan odamning toqati toq bo’libdi. Do’stidan soyabon olganiga ming pushaymon bo’libdi. Azbaroyi uning minnatlari joniga tekkanidan ust – boshini yechmay turib o’zini hovuzga otibdi. Keyin shalabbo bo’lgan kiyimidan suvini oqizib turib do’stiga debdi:

- Agar o’sha kuni sen soyaboningni berib turmasang mana shunday shalabbo bo’lardim. Lekin o’lib qolmasdim.

Shu kundan boshlab bu ikki o’rtoq oralaridagi do’stlik rishtalari uzilibdi [14. 151 – 152 b.].

Ushbu rivoyat orqali bolalar ongiga qilgan yaxshiligini minnat qilmaslik insoniy fazilat ekanligi singdiriladi. Bu haqda Hadisi Sha’rifda ham “Savob ish qilganingdan xursand bo’lsang, gunoh ish qilganingda esa xafa bo’lsang, demak sen haqiqiy mo’minsan”, deyilgan. Buning mazmun – mohiyatini bolalar ongiga singdiring.





Download 36,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish