Shvetsiya gimnastika tizimi. Per Ling (1776-1839) o'z hukumatining taklifiga ko'ra, German davlatlari va Daniyada jismoniy tarbiyaning ahvoli bilan tanishdi. U 1813-yilda Stokgolmda gimnastika institutini tashkil etdi. Gimnastika-ning to'rt turini - harbiy gimnastika, pedagogik gimnastika, shifobaxsh gimnastika va estetik gimnastikani alohida ajratdi. Bu turiar maktablarda ham o'rgatila boshlandi. Per Lingning o'g'li Yalmar Ling (1820—1886) boshchiligida gimnastika as-boblari takomillashtirildi, yangi gimnastika devorchasi, uzun^ kursilar xari (brevno), langar cho'plar (shest), narvonlar, arqonlar, kon va h.k. yangi usulda yaratildi. Darslar ko'p qismli (12—18) qilib o'tkaziladigan bo'ldi. Shu sababli, uni keyingi mutaxassislar, nazoratchilar tanqid ostiga olishgan.
Ta'kidlash lozimki, shvedlaming gimnastika tizimi ko'pgina Yevropa mamlakalari, hatto Amerikada ham keng qo'llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |