Ta`limni boshqarish organlari
Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti va xalqaro mashhur xorijiy OTMlari (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.
boshqarishni ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi.
XTV - maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta`lim maktablari faoliyati uchun mas`uldir. XTV boshqaruvida 5 ta oliy ta'lim muassasasi va 16 ta o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta`lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bo’limlariga ega.
Davlatimiz fuqarolarining bilim olishlari O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasi yoshlar tarbiyasida ta`lim muxim ahamiyat kasb etadi. Vatan ostonadan boshlanganidek, bolalarimiz ta`lim-tarbiyasi oiladan boshlanadi. Demak, kelajak avlodimiz har taraflama yetuk, sog’lom, bilimli, o’z vataniga sadoqatli bo’lib yetishishi uchun har birimiz mas`ulmiz. E`tiboringizga ta`lim tizimining asosiy boshqaruv organlari, XTV va OO’MTV to’g’risidagi Nizomlarni havola qilamiz. Ta`lim va tarbiya to’g’risidagi fikr-mulohazalaringizni forumning "Ta`lim" bo’limida bildirishingiz mumkin. Buning uchun albatta forum ro’yxatidan o’tishingiz shart.
Umumiy ma'lumot. O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat: davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari; ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar; ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir. O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi: - maktabgacha ta`lim; - umumiy o’rta ta`lim; - o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi; - oliy ta`lim; -oliy ta`limdan keyingi ta`lim; - malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash; - maktabdan tashqari ta`lim. Maktabgacha ta`lim tizimi. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta`lim umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi. Boshlang’ich ta`lim umumiy o’rta ta`lim olish uchun zarur bo’lgan bilim va malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yo’naltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich ta`lim O’zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga etgan barcha bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan bolalar) boshlang’ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang’ich ta`limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola boshlang’ich maktabni tugatar kan, u o’qish, yozish va hisoblash mahoratiga ga bo’lishi kerak. O’quvchiga nazariy fikrlash elementlari, o’rgatilgan harakatlarni boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari, sog’lom hayot tarzi va jamiyatda o’zini tutish bilimlari ham berib boriladi. O’quv fanlarining sifat va tirkibi boshlang’ich maktabda, maktab turi va o’qitish sharoitlariga ko’ra o’zgarib turadi. Maktabning barcha birinchi sinf o’quvchilari bepul o’quv kitoblari va o’quv asboblari bilan ta`minlanadi. 1996 yildan beri kam ta`minlangan oilalardan bo’lgan 1-9- sinf o’quvchilari har yili davlat byudjeti hisobidan o’quv ashyolari hamda qishki kiyim komplektlari bilan ta`minlanadi.
O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta`lim tashkil qilinishi va tarkibiga ko’ra bir - biri bilan bevosita bog’liq. Har bir umumta`lim maktabi ikkala pog’onada umumiy o’rta ta`limni amalga oshiradi. Bu boshlang’ich maktabda bitiruvchilarning to’liq hisobini olib borishni va umumiy o’rta ta`lim tizimida uzluksizlikni ta`minlaydi.
Umumiy o’rta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo’yib, boshlang’ich professional yo’nalishni va ta`limning keyingi pog’onasini tanlashda ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |