Maktabgacha ta`lim


Kadrlarni to’g’ri tanlashda



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

Kadrlarni to’g’ri tanlashda: 

  sofdillik nuqtai nazari bilan; 

  siyosiy-ma`naviy darajasiga; 

  ishga aqliy yondoshish nuqtai nazari bilan; 

  ma`muriy qobiliyatlari nuqtai nazari bilan. 
Kadrlarni  ilgari  surish  va  ularni  to’g’ri  taqsimlashning  mohiyati  muhimdir. 
Kadrlarni  tanlash  va  ularni  tarbiya  etish  umumdavlat  harakterga  ega  bo’lib,  bu 
vazifalarni xal etishni ilmiy asosda olib borish kerak. 
Ta`lim sohasida Davlat siyosatining asosiy printsiilari quydagilar: 
1.  Ta`lim va tarbiyaning insonparvar demokratik harakterda ekanligi; 
2.  Ta`limning usluksizligi va izchilligi; 
3.  O’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim yo’nalishini akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 
4.  Ta`lim tizimining dunyoviy harakterda ekanligi; 
5.  Davlat ta`lim standartlari doirasida ta`lim olishning hamma uchun 
ochiqligi; 
6.  Ta`lim dasto’rini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 
7.  Bilimli bo’lish va iste`dodni rag’batlantirish; 
8.  Ta`lim tizimida davlat va jamoa boshqaruvini uyg’unlashtirish. 
Bu ustuvor printsiplarga tayangan holda maktabgacha talimni boshqarishda: 
1.  Demokratik  xalqparvarlik  asosida,  bunda  O’zbekiton  Respublikasi 
Konstitutsiyasi Xalq ta`limi buyruqlari asosida ishlarni tashkil etish; 
2.  Yakka  boshchilik  printsipi  1  maqsadga  qaratilgan  ish  usuli  bo’lib, 
maktabgacha ta`lim muassasalari yillik ish rejasini to’liq bajarishga qaratilgan ish 
usulidir; 
3.  Hamkorlik  printsipi:  jamoa  bilan  birgalikda  muammolarni  xal  etishdir. 
Mutloq  hamkorlik  bekorga  vaqt  o’tkazmaslik,  tezkorlik,  uddaburonlik,  fikrlashuv 
natijalardir. 
4.  Aniqlik  printsipi:  pedagogik,  metodik  va  xo’jalik  ishlarini  maqsadga 
qaratilgan xolda aniq, puxta tashkil etish, kuzatish va tahlil qilishdir; 
5.  Xo’jalikni  boshqarish  printsipi:  bu  smetadagi  mablag’larni  to’g’ri 
taqsimlash,  ish  yuritishni  to’g’ri  tashkil  etish  va  uning  ustidan  nazoratni  tashkil 
etishdan iboratdir; 
6.  Tanqid  va  o’z-o’zini  tanqid.  Bu  printsipda  rahbar  o’z  ishiga  nisbatan 


 
26 
talabchan,  intizomli,  mehnat  va  ishlab  chiqarish  intizomiga  rioya  qilish, 
bajaradigan ishlarga tanqidiy yondashuvi ko’zda to’tiladi;  
7.  Differentsial  farq  qilmoq  printsipi.  Ishdagi  ijobiy  va  salbiy  tomonlarni 
ko’ra olish, ilg’or ish tajribalarni ko’ra olishdir; 
8.  Yangilikni  xis  qila  olish  printsipi.  Ta`lim  sohasidagi  o’zgarishlarni, 
yangiliklarni o’z ish faoliyatida qo’llay olish. 
Maktabgacha  ta`limni  tashkil  etish  va  unga  rahbarlik  qilish  sohasining 
metodologik  asosini:  O’zbekistan  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  «Ta`lim 
to’g’risida»gi  Qonun,  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  Dasturi,  Maktabgacha  ta`lim 
to’g’risidagi  Kontseptsiya  va  Nizomda  ko’rsatib  berilgan  maqsad  va  vazifalarni 
tashkil  etadi.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasi  mustaqil  ravishda,  o’z  tashabbusi 
bilan o’z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik printsiplarga 
monelik qilmasa, har qanday qaror qabul qilishga xaqlidir. 
Makgabgacha  tarbiya  muassasasi  ta`lim  -  tarbiyaviy  ishlar  sifati,  bolalar  va 
ota-onalar huquqiga, jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qilish uchun ma`suldir. 
Makgabgacha  tarbiya  muassasasi  mehnat  jamoasi  xalqchilik  asosida  o’z-
o’zini boshqarish prinpiga muvofiq uning faoliyati bilan bogliq barcha masalalarni 
hal qiladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasining faoliyati boshqa muassasalar, korxonalar, 
tashkilotlarning 
qulay 
ish 
sharoitlarini 
buzmasligi, 
fuqarolar 
hayotini 
qiyinlashtirmasligi va yomonlashtirmasligi zarur. 
Uzluksiz  ta`lim  tizimi  va  kadrlar  tayyorlashning  davlat  va  nodavlat  ta`lim 
muassasalarini  tarkibiy  jihatdan  o’zgartirish  va  ularni  izchil  rivojlantirish  davlat 
yo’li  bilan  boshqarib  boriladi.  Barcha  darajadagi  ta`lim  boshqaruv  organlarining 
vakolat doiralari «Ta`lim to’g’risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi. Ta`limning 
me`yoriy-huquq bazasi rivojlantiriladi. Moliya-xo’jalik faoliyati olib borish hamda 
ta`lim  jarayonini  tashkil  etishda  o’quv  yurtlarining  huquqlari  kengayadi  va 
mustaqilligi ta`minlanadi. 
Ta`lim  muassasalari  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
tomonidan 
belgilangan 
tartibda 
attestatsiyadan 
o’tkaziladi 
hamda 
akreditatsiyalanadi.  Akkreditatsiya  yakunlariga  ko’ra  ta`lim  sohasida  faoliyat 
ko’rsatish huquqi beriladi.  
Muassis  tashkilotlarning,  mahalliy  hokimiyat  organlarining,  savdo-sanoat 
doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va xomiylarning vakillarini o’z 
ichiga  oluvchi  vasiylik  va  kuzatuv  kengashlari  tuzish  orqali  ta`lim 
muassasalarining samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. 
 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish