Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi



Download 16,15 Kb.
bet2/2
Sana26.02.2022
Hajmi16,15 Kb.
#471026
1   2
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi

Ta’lim tizimining tuzilish birligi bo’lib, psixologik va ijtimoiylar xizmatlar hisoblanadi.
Psixologik xizmatning asosiy maqsadi – bolani to’laqonli psixik va shaxsiy rivojlanishiga yordam beruvchi muhit bilan ta’minlash.
Ijtimoiy xizmat tevarak-atrofdagi muhit doirasida – ta’lim muassasasida, oilada, bolalar uyushmalarida va boshqalarda bola shaxsini to’laqonli ijtimoiylashuvi, rivojlanishi va tarbiyalash uchun xizmat qiladi.
Bolalar psixologi faoliyatining asosiy turlari: psixologik maorif, psixoprofilaktika faoliyati, psixologik tashxis, psixologik maslahat berish, rivojlantiruvchi va korreksion faoliyat.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining asosiy turlari – ijtimoiy ta’lim bo’yicha regional dasturlar tuzish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, bolalar haq-huquqlarini himoya qilish, bola rivojlanishi va tarbiyasida oilaga ijtimoiy-pedagogik qo’llashni ta’minlash, buni amalga oshirish uchun boshqa mutaxassislarni jalb etish, ijtimoiy xavf-xatarga moyil oilalar bilan ishlash, ijtimoiylashuvda qiyinchilik sezgan bolalarni, vasiylikka muhtojlarni hisobga olish, ekstremal vaziyatdagilarga ijtimoiy-pedagogik yordam berish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va uni bolalar, ularning oilalarida qo’llash, ijtimoiy-psixologik muammolarni yechishda boshqaruv organlari, ijtimoiy muassasalar bilan birgalikda harakat qilish.
Maktabgacha ta’limni isloh qilish (o’zgartirish), boshqarish tizimida o’zgartirish kiritishni talab qiladi. Qishloq, viloyat, shaharda region xususiyatlarini hisobga olgan holda haqiqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarishning turli o’zgaruvchan shakllarini yaratish maqadga muvofiq.
Maktabgacha muassasalar ishini qayta qurish muassasadagi o’zgarishlar va ish mazmuni bilan bir qatorda yuqori turuvchi muassasalar bilan munosabatlardagi o’zgarishlarni ham o’z ichiga olishi kerak.
Maktabgacha muassasa mudir va pedagogik kengash bilan hamkorlikda boshqariladi. Bu kengash doimiy faoliyat ko’rsatuvchi, pedagogik xodimlarni o’z-o’zini boshqaruvchi kollegial organ bo’lib hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini isloh etish pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarda maxsus pedagogik ma’lumotga ega bo’lgan yoki pedagogik ma’lumotga ega bo’lib, qayta tayyorlashni o’taganlar ishlashlari zarur.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi mehnatining ijtimoiy ahamiyati, samaraliligi va obro’si uning tayyorgarlik darajasiga bog’liq.
Bu jarayonda kasbiy tayyorgarlikni differensiatsiya tamoyilini tatbiq etish alohida ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyachisini tayyorlash huquqi pedagogik kollej va oliy o’quv yurtlariga berilgan.
Kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish abituriyentlarni o’quv ta’lim muassasalariga kirishda kasbiy yaroqlilikni aniqlash muhim omil bo’lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun malakali kadrlar tayyorlashni differensiatsiyalashtirish ular malakasini oshirish va qayta tayyorlashni differensiatsiya jarayoniga imkon yaratadi.
Malaka oshirish kurslari o’z ishini shunday tuzishi kerakki, tinglovchilar faqat ta’lim jarayonining zamonaviy usul va uslublari bilangina tanishmay, balki ularni qobiliyat va qiziqishlariga qarab qo’shimcha mutaxassislik bo’yicha bilim olishlari lozim. O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim Konsepsiyasining asosiy qoidalarini tatbiq etish maktabgacha ta’lim muammolarini hal qiluvchi barcha muassasalar harakatlarining o’zaro muvofiqligi va ular orasida bog’lanish va hamkorlik zarurligini ko’zda tutadi.
Qo’yilgan vazifalarni hal etish Respublika maktabgacha ta’lim ilmiy-uslubiy markazi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Markaz faoliyatiga quyidagi xizmatlar kirishi lozim: ilmiy, uslubiy, psixologik-pedagogik, shuningdek, ilg’or ta’lim texnologiyasi va o’quv-ko’rgazmali qurollar laboratoriyasi, tajriba-eksperimental maktabgacha ta’lim muassasalari. Markaz faoliyat doirasida O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim yo’nalishlarini rivojlantirish, istiqbolli dasturlar tuzish uchun vaqtinchalik ijodiy ilmiy-uslubiy jamoalar tuzish ko’zda tutilishi kerak.
Download 16,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish