Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanish tarixi. Reja



Download 21,43 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi21,43 Kb.
#936130
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISH TARIXI.


MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISH TARIXI.
REJA:
1.Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanish tarixi.
2.Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishida olimlarning qo’shgan xissalari.

XX asrning 30-60 yillari mobaynida maktabgacha ta'lim didaktikasida bilimlarning tabiati, o'quv dasturlarini tanlash va tuzish prinsiplari haqidagi masalalar bahsli masala bo'lib kelgan.
Mazkur masala bo'yicha ikki xil qarashlar nuqtayi nazar mavjud bo'lib:
-Maktabgacha yoshdagi bola fanlar, obyektlar, voqelikning turli jihatlari haqidagi bilimlarni egallashga qodir emas deb hisoblab, maktabgacha yoshdagi bolaga bir-biriga aloqasi va bog'liqligi bo'lmagan yorqin, emotsional ahamiyatga ega bo'lgan alohida kam uchraydigan tasavvurlar, taassurotlargina tushunarli, dasturi yorqin, biron o'zaro bog'lanmagan tasvirlar ro'yxatidan iborat bo'lmog'i lozim deb ta’kidladilar. Biroq bu prinsipda bola dasturda ko'rsatilgan muayyan buyum, obyektlar haqida qanday bilimlarga ega bo'lishi masalasi qo'yilmagan, bilimlar mazmuni faqat buyumning rangi, hajmi, shaklini ko'rsatish bilan cheklangan, bilimlar murakkabligi faqat miqdoriy jihatlarni ko'rsatib bergan edi. Bu dastur mazmuni va mohiyatini olib bera olmagan.
-Ikkinchi nuqtayi nazar tarafdorlari L.S.Vigodskiyning "Katta maktabgacha yoshdagi bolalar muhim aloqalarni yo'lga qo'ya oladilar va ayrim
bilimlar tizimini o'zlashtirishga qodir” - degan fikrga tayanib, maktabgacha ta'lim dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarning imkoniyatlariga mos keladigan va ularni maktabda o'quv fanlarni o'zlashtirishga tayyorlaydigan maqbul bir tizim bo'yicha tuzilishi zarur degan qarashni ilgari surdilar. Biroq bu tizimning tabiati, bilimlar dasturini tanlash va tuzish prinsipini belgilashni talab etar edi.

O‘z vaqtida bolalar kattalar kulidan olib ajralib, birinchi kadamniqo’yadi, So‘ng uning faoliyati, shuningdek xarakatlari murakkablasha boradi. Xarakter, akl va xissiyotli, burch xissi shakllanadi. "Mustaqil bo‘lmay turib, erkin bo‘lishi mumkin emas" M. Mantessori fikricha, tarbiya vazifasi birinchi navbatda bolaning mustaqilligi bilan belgilanishi kerak.
Tarbiyada erkinlik sharoitini yaratish bolaning shaxsini taraqqiy etishiga ijobiy natijaga olib keladi. Pedagogik tadqiqot va kuzatishlardan shunga ikror bo‘lish mumkinki, "hissiy" o‘tish davrida bola kattalarning diqqat e’tiborida kamroq bo‘ladi. Kattalarning bolalar bilan ishlashini albatta, nazariy pedagogikaga o‘tkazish kerak, - maqsad, - "bola shaxsini paydo bo‘lishiga erkin va tabiy kenglik ochish" dir. SHuning uchun M. Montessori "bolalar uyi" da nafaqat bolaning o‘qishi, butun xayot faoliyati uchun sharoit yaratgan, didaktik qo‘llanmalar tayyorlagan.
M. Montessorining bu borada bolaning huquqlarga qarashi qiziqdir. Bola tug‘ilganida unda imkoniyatidan xech narsa bo‘lmaydi, u o‘zini urab turgan murakkab dunyoni bilish uchun xamma narsani bajarishga majbur. (zamonaviy pedagogika bolaning xuquqlari haqida hech narsa yozmagan).
M.Montessori bolani aqli va hissiyotini taraqqiy ettirish bo‘yicha ko‘pgina koidalar ishlab chiqdi. U o‘zining kuzatishi va faoliyatlarida erkin bo‘lishi kerak, erkinlik yo’lida bolani quvvatlab turish kerak.
Muximi tarbiyachi xalaqit bermasligi kerak. YAngilikni tushunishga imkon yaratib berishi kerak. Hissiyot, hissiy tuyg‘u, tasavvurlarni taraqqiy etish, xotirani tarbiyalash M. Montessorining muhim usuli hisoblanadi. Bolaning sensor madaniyatini taraqqiy ettirishda pedagog kuzatuvchi - tajriba o‘tkazuvchi rolini o‘ynaydi.
M.Montessorining bu fikriga qo‘shilish juda qiyin, qaysi sababga ko‘ra M. Montessori pedagogni faqat kuzatuvchi deb hisoblaydi. Didaktik materiallarni qo‘llab mashq bajarish vaqtida bir qancha bilimlarini egallab olish mumkinki, bunda ichki jarayon psixik va jismoniy taraqqiyot bolaning narsalarni sifat va xususiyatini farqlab olishga, yangi bilim egallashga yordam beradi.
Buning uchun tarbiyachi pedagog sabr bilan o‘z burchini bajarishi kerak. M.Montessori aqliy tarbiya asosida bolada aniqlikdan abstrokoga o‘tishini tushundi. M. Montessori butun e’tiborini bolalarning
xissiy organlarini taraqqiy ettirishga qaratdi, lekin u ko‘rdiki, 4 yoshlik bolalar mustaqil holda hamma xarflarni yozishga muvaffaq bo‘lishyapti. Montessorigacha o‘qish va yozishning ta’limiy metodi yo‘q edi, odatda bunday vazifa tarbiyachi bilan bolalar o‘rtasida o‘qishga qaytgunga qadar bo‘lib utardi.
M.Montessori metodikasi organizmning taraqqiy etish, miya va psixikasining rivojlanishi bilan birga bir vaqtda o‘qish va yozish, bolalarni arifmetikaga o‘rgatish raqam va sanoq, sanoq -sonni o‘rgatish, tevarak - atrof xaqidagi tasavvurlarini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy pedagogik qo‘llanmalarda (oliy o‘quv yo’rtlariga mo‘ljallangan) M. Montessori g‘oyalariga yaqin hech qanday ma’lumotlar yo‘q. SHuni eslatish mumkinki, "Bolalar uyi" da (M, 1920) tarbiyachilar tayyorlash va boshqa tajriba o‘tkazishda pedagogikaning roli, pedagogik hamkorlikka bag‘ishlangan ushbu kitobda M. Montessorining ishlari bir necha bet xajmida yoritilgan bo‘lsada, uning ismi kiritilmagan.
M. Montessori yozadi: "Tarbiyachining maktabdagi erkin xarakatlanuvchi yagona aktivlikka juda ko’p o‘qitishadi: uning juda ko’p vazifasi bolalarda barcha aktivlikni kutarishga karatilganligi bilan belgilanadi"
Bilimlar dasturi o'zida quyidagilarni:
- Bu mavjud dunyoni aks ettirishi, politexnik yo'nalish bilan ifodalanishi (mehnat, materiallar, mashinalar haqida bilimlar), hodisalarning obyektiv aloqasini o'zida aks ettirishi;

Buyumlar o'rtasidagi o'zaro aloqani aks ettirishi kerak edi.

Bilimlar dasturini ishlab chiqishdaYe.I.Tixeevava A.P.Usovalar katta hissa qo'shdilar.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlaming iste’molchisi va ulami amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo'ladiganmiqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbayi qarama- qarshiliklarning o’rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli

munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak. shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.


Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyishadi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Preformizm oqimi va uning vakillari D.Dyul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtayi nazardan asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishini ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.

Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuni- ladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasi (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagog olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.


Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq. deb hisoblaydilar. Shunday qilib, maktabgacha tarbiya pedagogikasida olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida bilimlar, ko'nikmalar, malakalar dasturini tanlash va tuzish prinsipi shakllantirildi. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to'g’ri yo’l topa bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek. har tomonlama kamol topgan, jamiyatda, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g’oyani ilgari suradi.

Ushbu pedagogik g’oya ta’lim tizimi oldiga: ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayot- gan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iq- tisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;


-ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etish vazifalarini ko‘ndalang qilib qo‘ydi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o’rni va javobgarligi oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyani tarbiyachi pedagoglar amalga oshiradi. Har bir ota-ona o‘z farzandining bilimdon, yuksak mahoratli, odobli pedagog-tarbiyachi qo‘lida ta’lim-tarbiya olishini xohlaydi.
Jamiyat talabi darajasidagi tarbiyachi-pedagoglarni yetishtirish pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim" yo’nalishi zimmasiga tushadi. Mutaxassislik fani bo'lgan Maktabgacha pedagogika fanining nazariy asoslari, ta’lim-tarbiya berishning tartib-qoidalari O’rta Osiyo va jahon ma’rifatparvar, mutafakkir olimlarning asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashga asoslanadi.
“Maktabgacha pedagogika” fani orqali talabalar ilk yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari mazmuni, uslublari, uni tashkil etish shakllari va bolalarni maktabga tayyorlashning samarali usullarini bilib oladilar.
Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentimiz tomonidan 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o‘xshashi yo‘q uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustakdllik g‘oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma’naviy-ma’rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun (1992 y.), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.), «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (2008, 2011), «Maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida»gi Nizom (2007), «Bolajon» dasturi (2010) va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008 yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo‘lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2010 yil 18 iyunda qabul qilingan «Davlat ixtisoslashtirilgan mak| tabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtsh rish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan mazkup muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlash zarur mutaxassislar, jumladan, psixologlar, defektologlar va tibbiy hamshiralar bilan to‘liq ta’minlandi. Ushbu muassasalarda imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish va ularni maktabda o‘qitish uchun barcha ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladana Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etishni tashkil qilish tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda sog‘liqni muhofaza etishga, yong‘in xavfsizligiga doir talablar bayon etilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
bolalar yaslisi, bolalar yasli-bog‘chalari, bolalar bog‘chalari, oilaviy bolalar bog‘chasi (ham alohida muassasa, ham filial tarzida);
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim (bolalar bog‘chasi — maktab);
bir necha ustuvor yo‘nalishda faoliyat yurituvchi makn tabgacha ta’lim (badiiy-estetik, tillarni o‘rganish va sport yo‘nalishlari va h.k);
imkoniyati cheklangan bolalarga (jismoniy yoki ruhiy jihatdan) malakali yordam ko‘rsatadigan bolalar bog‘chasi;
tibbiy-gigienik, profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali jismonan zaif bolalarga qarab turish va ularning sog‘lig‘ini tiklashga yo‘naltirilgan bolalar bog‘chasi;
aralash tusdagi bolalar bog‘chasi (uning tarkibiga umumrivojlantiruvchi, sog‘lomlashtiruvchi va boshqa guruhlar kirishi mumkin) Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg‘armalar, shuningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.

Download 21,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish