Maktabgacha ta’lim tashkilotida saxnalashtirish faoliyatining ahamiyati.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poy- devori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o‘xshashi yo‘q uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, ta- riximiz va boy ma’naviy-ma’rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining qonu- niy asoslari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun (1992 y.), Kadr lar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.), «Maktabgacha ta’- lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (2008, 2011),”Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qaroriga Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida NIZOM.(2017)” “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida NIZOM.” «Bolajon» dasturi (2010) va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008 yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo‘lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samara- dorligini oshirish imkonini beradi.
Har qanday davlat taraqqiyoti ta’lim-tarbiya sohasida erishilgan yutuqlar, uning jahon andozalariga mosligi va amaliy hayotda qanday o’rin tutishlariga bog’liq. Sifat o’zgarishlari esa mazkur sohada ijobiy yangiliklar kirita olishi bilan belgilanadi. O’z navbatida bunday yangilikni kiritish – immitatsion jarayon bo’lib, bu – ta’limda samaradorlikka erishishdan iborat bo’ladi.Bu borada boshlang’ish ta’lim bolalarining nutqini o’stirishda bolalar adabiyoti vakillari, janrlari bilan tanishtirish va yangi pedagogik texnologiyalar asosida hikoya qilishga o’rgatish bo’yicha olib boriladigan o’zgarishlar alohida ahamiyat kasb etadi. Kelajak avlod tarbiyasida badiiy adabiyotni teran anglash, mustaqillik qobiliyatlarini shakllantirish va mustaqil ishlash, izlanishlarini odat tusiga kiritish, hayotda uchraydigan voqea-hodisalarning mohiyatini tez anglaydigan zukko va bilimdon qilib tarbiyalash aynan boshlang’ich ta’limdan boshlanishi kerak. Bunday maqsadlarni amalga oshirish DTS dasturlarida ko’zda tutilgan bo’lib, fanlarni o’qitishda ular orasidagi aloqadorlikning ta’minlanishi bilan amalga oshirilib boriladi. Barkamol avlodni tarbiyalashda esa badiiy adabiyot borasidagi nutqiy bilimdonlikning ahamiyati juda katta.Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’lanishli nutqini shakllantirish va nutq mashg’ulotlarini olib borish jarayonida ularni badiiy adabiyot bilan tanishtirish ustida ishlash davomida bolalarning nutqini o’stirish, har tomonlama keng fikrlay olishga imkoniyat yaratish hamda dars mashg’ulotlari davomida interfaol usulda bolalarni mustaqil ravishda turli mavzularda gap tuza olishga o’rgatish va gap ustida ishlash, o’zi tuzgan gaplari asosida hikoya qilishga o’rgatish bo’yicha ayrim mashg’ulotlarini kiritish bugungi kun taraqqiyotining dolzarb muammolaridan biridir. Davlat ta`lim standarti va amaldagi maktab dasturlarida bolaegallashi lozim bo`lgan materiallar ancha murakkab bo`lib, bolalarning bu bilimlarni bosqichma-bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini taqozo etadi. Qisqa vaqt ichida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta`lim to`g`risida qonun” ning qabul qilinishi va uning hayotga tadbiq etilishi, yosh avlod tarbiyasining umummilliy ahamiyatga ega bo`lgan ish darajasiga ko`tarilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |