Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab ishidagi hamkorlik.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida..e’tibor..qaratilmoqda. Jumladan,
1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabning hamkorlik ish rejasida quyidagilar bo’ladi. Avvalo avgust oyi boshida maktabgacha ta’lim muassasining psixologi, tayyorlov guruhi tarbiyachisi va boshlang’ich sinf o’qituvchilarini maktabgacha ta’lim muassasasi tayyorlov guruhi bolalari bilan olib boriladiganish rejasini tuzadilar va uni tasdiqlaydilar. Bunda albatta tayyorlov guruhi bolalariga maktab ta’limi haqida ma’lumotlar beriladi va ularda maktab haqida tasavvur va ko’nikmalar paydo qilish ishlari olib boriladi. Yilning sentabr oylarida mustaqilligimiz yubileylari, bilimlar kuni tadbirlarida bolalarning chiqishlari bilan ishtirok etish va bu tadbirlarga hamkorlik qilinayotgan maktab direktori, boshlang’ich sinf o’qituvchilarini ham taklif etish va ularning ishtirokini ta’minlash rejalashtiriladi. Yil davomida o’tkaziladigan tadbirlardan yana biri bu – “1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag’ishlab o’tkaziladigan bayram ertaligidir. Bu bayramda ham albatta maktab o’qituvchilari taklif etiladi. Bu tadbir orqali o’qituvchi va murabbiylarimizga bag’ishlangan she’rlarni yod olishadi. Bu she’rlarni yod olish orqali bevosita maktabda ularga endi tarbiyachi emas 19 o’qituvchi ustozlarimiz ta’lim berishlarini va ularni hurmat qilish, qanchalik e’zozlash kerakligi haqida tushunchaga ega bo’ladilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarda tayyorlov guruhilarida tayyorlanayotgan bolalar maktab ta’limiga o’tkazilishdan oldin albatta maktabgacha ta’lim muassasasi psixologi tekshiruvidan o’tkaziladi. Tayyorlov guruhidagi har bir bola uchun alohida daftarcha bo’lishi va unda bolaning tekshiruvdan o’tgan natijalari va maktab ta’limiga qay darjada tayyor ekanligi qayd qilib boriladi. Bunday tekshiruv natijalari albatta maktabgacha ta’lim muassasasi psixologi va boshlang’ich sinf o’qituvchisi, maktab psixologi bilan o’zaro tahlil qilib chiqiladi. Albatta bu ishlar yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Tayyorlov guruhidagi bolalar maktab ta’limiga o’tgach, u yerdagi sharoitga ko’nikish jarayonlarini muntazam ravishda nazorat qilib borish maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab psixologlari tomonidan amalgam oshiriladi. Albatta, bu jarayon bolalarni maktab ta’limiga sharoitlariga ko’nikishida alohida o’rinni egallaydi
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi.
Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya jarayoni qanchalik sifatli va yuqori darajali bo’lsa yoshlarimiz ta’limning keyingi bosqichlarida ham qiynalmasdan bilimlarni o’zlashtiradilar. Shunday ekan ta’lim jarayoniga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tiborni e’zozlashimiz va unadan to’g’ri samarali foydalanishimiz lozim. Buning asosida albatta yosh avlodni barkamol shaxs sifatida shakllantirishimiz va vatanimizga kerakli inson qilib ulg’aytirmog’imiz lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi: Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida). Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim mussasasi (bolalar bog’chasimaktab). Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta’lim muassasalari. Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi. Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbir va protseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi. Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi). Maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta’lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari, nizom, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta’sischilar tomonidan belgilandi. Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil qilingan bo’lib,
u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta’limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiytibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari farzandini maktabga yuborayotgan har bir ota-ona farzandim o’quv jarayoniga tayyor deb hisoblaydi. Chunki, har bir kishi o’z farzandini qobilyatli va takrorlanmas deb o’ylaydi. Ammo su o’rinda savol tug’iladi. Bola har jihatdan maktabga tayyormi? U yangi sharoitga ko’nika oladimi? Maktabga tayyorgarlik va maktab hayotiga moslashtirishning muvaffaqiyatli kechishi bu ishni oldinroq boshlab, uni asta sekin bolaning manfaati bilan uyg’unlashtirgan holda sabr bilan amalga oshirishni talab etadi. Bolaning 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan muddat maktabgacha yosh davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda bola o’zi uchun yangi dunyoni kashf etadi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlab, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta’limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta’lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga 13 bo’lgan talablar “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi. Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta’lim umumta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy maqsad va vazifalari Maktabgacha ta’lim, olinish shakli va usullaridan qat’iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi: Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash; Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste’dodlarini rivojlantirish; Bolalarni milliy va umuminsoniy etik va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
Bolalarda yuqori ma’naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish; Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash;
Maktabgacha ta’lim muassasasi bolani har tomonlama rivojlantirish yo’lidagi muhim ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu boisdan bolalarni albatta maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiya olishga topshirish ularning rivojlanishi va bevosita maktab ta’limiga tayyorlashning muhim jihati hisoblanadi. Bunda albatta, ijodiy imkoniyatlarga ega bo’lgan bola yangi o’quv materialini mustaqil tushunib yetishga, izlanish faoliyatiga, pedagoglar va tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlarini o’rnatishga tayyor bo’ladi. U bilishga qiziquvchan, faol, tashabbuskor bo’ladi. 14 O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim tizimini takomillashtirish, uning uzluksizligini, shuningdek Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari samarali amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda davlat maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini tartibga soladi. 2. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi ‘rezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o`z ustaviga amal qiladi. 3. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya va sog`lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi: bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash; bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish; bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash; bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; bolalarni maktabda o`qishga tayyorlash.
Davlat dasturiga asosan maktabgacha ta’lim muassasalari (МТМ)ga qamrab olinmagan bolalarni maktabga tayyorlashga mo’ljallab chop etilgan besh nomdagi («Nutq o’stirish, o’qish va savodga tayyorgarlik», «Matematik tasavvurlarni shakllantirish», «She’riy asarlar to’plami», «Nasriy asarlar to’plami», «Sog’ tanda — sog’lom aql») qo’llanmalarning joylarga yetkazilishi va ulardan oilalarning foydalanilishini ta’minlash tartibi tasdiqlandi. «Mazkur tartib besh nomdagi rangli, suratli kitoblarni manzilli ro’yxat asosida bosqichma –bosqich joylarga yetkazishni ko’zda tutadi. Unga ko’ra, jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: Avvalo, Respublika “Ta’lim-taminot” unitar korxonasi qo’llanmalarni nashriyotdan qabul qilib olgach, ularning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalariga yetib borishini ta’minlaydi. Kitoblar tashkilotlar orqali taqsimotga asosan umumta’lim maktablari kutubxonasiga yetkaziladi. Ularni tarqatish yuzasidan tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlarining buyrug’i chiqarilib, mas’ullar tayinlangach, qo’llanmalar ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalariga beriladi. Kitoblarda to’g’ri foydalanish bo’yicha ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalariga yo’l yo’riq ko’rsatish borasida ham muayyan vazifalar belgilanadi.
Jumladan, tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlari metodistlari, maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari o’z hududlaridagi 5-6 yoshli farzandlari maktabgacha ta’lim muassasasiga qamrab olinmagan oilalarga besh nomdagi qo’llanmalardan foydalanish yuzasidan maslahatlar berishadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Barcha ta’lim muassasalarida sog’lom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, ularda hamkorlik asosidagi ta’lim tarbiyani yanada oshirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash borasidagi ishlarning ko’lami yanada kengaydi. Jumladan, boshlang’ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, bunda bevosita ta’lim jarayonidagi hamkorlikka alohida e’tibor berish, ilg’or pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, bolalar, ayniqsa, qizlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo’yicha aniq chora tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalashda «Oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligi» konsepsiyasi asosida o’tkazib kelinayotgan «Sog’lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz»,
«Bola tarbiyasida oila va mahallaning roli, ahamiyati va mas’uliyati» kabi mavzulardagi tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashib va kechalar tumandagi barcha ta’lim muassasalarida reja asosida amalga oshirilmoqda. Bunday tadbirlar yoshlarning bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga puxta zamin yaratadi. Tarbiyalanayotgan bolalarning nutqini oshirish, ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kelgusida bolajonlarning yuksak iqtidor egasi bo’lib kamolga yetishida muhim o’rin tutadi. Bugungi davr talabi sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko’rsatiladigan yordam hamdamadadni kuchaytirish, ta’lim muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shartsharoitlarni yaratishdan iborat. Shu boisdan sog’lom bolani tarbiyalash bo’yicha ilg’or xalqaro tajribalar keng ko’lamda o’rganilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Shu jumladan ta’lim tizimidagi hamkorlik ishlari yoshlarni bilimli ilg’or, qiziquvchanlik fazilatlarini, iqtidorini oshirish yo’lidagi yana bir samaradorli ishlar sirasiga kiradi. 18 2.2 Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi usullari va ish shakllari Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligi va tuziladigan shartnoma ish rejasi muhim jarayon hisoblanadi. Yilning avgust oyida maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o’zi hamkorlik qilayotgan maktab direktori bilan hamkorlik ish rejasini tasdiqlaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. O‘zbek oilasining o‘ziga xosligi sharqona odob-axloq, rasm-rusum, urf-odat, milliy qadriyat hamda an’analar, ta’lim-tarbiya, ma’naviy yetuklikka intilish kabilarning barhayotligidadir. Bolalarning ta’lim-tarbiya va bilim olishiga asosiy zamin yaratuvchi maskan oiladir.
Farzandlarimiz, avvalambor, oilada, ota-onadan ibrat olgan holda shakllanadi.
Ota-ona bolaga boshidan ta’lim-tarbiya, nutq madaniyati, odamiylik xislatlarini qunt bilan singdirib borsa, kelajakda u barkamol, sog‘lom, mustaqil fikrlovchi, eng asosiysi, odobli shaxs bo‘lib yetishadi.
Inson hayotda bilim olishga intilish, Vatanni sevish, ardoqlash, kattalarni hurmat qilish hamda muomala madaniyatini ota-onadan o‘rganadi. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy, madaniy tarbiya berishning usul va vositalari xilma-xil bo‘lib, bular ichida bola nutqi va muomalasi alohida o‘rin tutadi. Farzand − ota-onaning baxti va boyligi. O‘z navbatida u ota-onasini astoydil hurmat qilishi oila ko‘rki sanaladi.
Ota-onaning shaxsiy namunasi bolani tarbiyalashda eng muhim tamoyillardan biridir. Bolalarni yuksak axloqli va odobli qilib tarbiyalash qadim zamonlardanoq barcha xalqlarning orzusi, istagi bo‘lib kelgan. Ota-ona bolasiga mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, o‘zidan kichiklarga shafqatli bo‘lish va g‘amxo‘rlik qilish, yovuzlikka nafrat kabi ijobiy xislatlarni shakllantirishga harakat qilgan. Bugungi kunda ham farzandlarining ehtiyoj va intilishlari asosida yuksak darajada ta’lim-tarbiya berayotgan oilalar juda ko‘plab topiladi. Bola har qadamda kattalardan ta’sirlanadi, eshitgan-ko‘rganlariga taqlid qiladi. Ota-onalaridan muloqot madaniyatini o‘rganadi va bu keyinchalik ularning hayot mazmunini begilaydi.
Ota-onalar, avvalambor, bolalarining nutq madaniyatini nazorat qilib borishi, o‘zaro muloqotda nutq madaniyati qoidalariga rioya qilishi, bola nutqini takomillashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi.
Har bir oila umumjamiyat talablari asosida shakllanadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa unda mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanish darajasiga bevosita bog‘liq. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlabgina qolmay, ota-onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishishlarida beqiyos ahamiyatga ega.
Oilada uyushtiriladigan suhbatlarning alohida ahamiyati bor. Odob-axloq mavzusidagi bunday muloqotlar farzandlarning til vositalarini mustaqil tarzda qo‘llashiga erishish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday oilaviy suhbatlar bolaning kundalik faoliyat hamda sayr-u sayohatlarida samarali natija berishi, shubhasiz.
Hozirgi zamon talablariga muvofiq oilada bolalar ona tilini, adabiy talaffuz me’yorlariga binoan barcha tovush va so‘zlarni aniq va tiniq talaffuz etib, so‘z boyligini rivojlantirmog‘i lozim. Bola shaxsini shakllantirish, nutqini rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar ko‘p uchrab turadi. Ota-onalarning bolalarga beparvoligi, so‘zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat bermasligi bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda.
Oilada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yin, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi. Bolalar nutq madaniyatini shakllantirishda oila a’zolari va tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatlar muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiya qanchalik erta boshlansa, hosili ham shuncha barvaqt ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda pedagoglarning vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, axloqan pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Shuni ta’kidlash joizki, bola tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullangan ota-onalarning farzandlari ta’lim muassasasida o‘z imkoniyatlarini mashg‘ulot jarayonida qiynalmasdan ko‘rsata oladi. Oila va ta’lim muassasaslarining uzluksizligi bolani nafaqat jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki uning ma’naviy shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun vaqti-vaqti bilan trening, munozara, test, so‘rovnomalar o‘tkazib turilsa, ayniqsa maktab yoshdagi 6–7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalar ishtirokida olib boriladigan har bir mashg‘ulot farzandining nimaga qodir ekanini anglashiga yaqindan yordam beradi va bolalarni maktabga tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshadi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir munozara bolalarni maktabning ilk bosqichiga yengil qadam qo‘yishida hamda sog‘lom bola va sog‘lom muhit sharoitini mustahkam yaratishga imkon beradi. Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |