Partfolio bir qancha muhim vazifalarni bajaradi: - Individual bolaning ta’lim olishi va rivojlanishini xujjatlashtirish usulidir. Ta’limni xujjatlashtirish odatda bola yoki bolalar ishining turli bosqichlarda bajarilishi namunalarini o’z ichiga oladi. Ishlar rasmlar, so’z va sonlarni yozishga urinishlar, nutqni qo’llash usullarini ( bola fikr yoki g’oyani ifoda etish uchun qo’llagan aniq so’zlar qaydlari) o’z ichiga olishi mumkin. Surat yoki videolar bolaning faoliyati haqida vizual axbarot beradi. Bola so’zlaganini yozib olib, uni ham Partfolioga kiritish mumkin.
- Biz to’plagan malumotlar bolalar Partfoliosiga ularning hikoyalarini gapirib berish uchun solinishi mumkin. Ota-onalar ruxsati bilan ularni guruh nima qilganini ko’rsatish uchun e’lonlar doskasiga ham joylashtirilsa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |