Maktabgacha ta`lim sohasi



Download 7,57 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi7,57 Kb.
#214052
Bog'liq
kirish qismi


Hayotimizdagi barcha sohalar kabi ta`limi tizimini ham zamonaviy uslubda qayta ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Innovatsion ta`lim tizimini yaratish va uni xalqaro andozalarga to`liq mosligini ta`minlash, yoshlarimizni hozirgi o`zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir.

Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan o’qituvchilar zarur. Shuning uchun hozirgi kunda o‘qituvchilar oldiga juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda. Shu bilan birga talabalarga xam.



So‘nggi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ta’lim tizimidagi islohotlar va amaliy chora-tadbirlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilmoqda:

- maktabgacha ta`lim sohasi;

- umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`lim;

- oliy ta`lim;

- oliy ta`limdan keyingi ta`lim;

- kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Demak, amalga oshirilayotgan islohotlarning, eng avvalo, maktabgacha ta’lim sohasida boshlanishi ham bugungi kunda ushbu sohaga alohida e’tibor berilayotganligidan darak bermoqda. Bugungi globallashuv jarayonida bolalar tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati nihoyatda beqiyos hisoblanadi. Mazkur sohaga bo‘lgan e’tibor mamlakatning ertangi taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratadi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi sifatida “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunni keltirishiz mumkin. Mazkur Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari va boshqa shunga o‘xshash masalalar belgilab qo‘yilgan.

So‘ngi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish va modernizasiya qilish bo‘yicha qator farmon va qarorlar qabul qilindi.Xususan, ta’lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu – “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur Qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga lisenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi. UshubQonun bilan 1997 yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.

Global o‘zgarishlar davrida ta'lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi. Chunki hayot o‘zgarish sur'atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar hayot sohalarida imkoniyat doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga yo‘naltirilgan har xil g‘oya, qarashlar, uni targ‘ibot qilish texnologiyalari ijtimoiy ong va tafakkuriga ta'sir ko‘rsatish maqsadida “jozibador”ligini oshirgan xolda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi.

Umuman olganda globallashuv davrida ta'lim-tarbiya jarayoni zamon kutayotgan talablarga javob berishi, undan orqada qolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta'lim soxasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo‘lsa, tarbiya soxasidagi o‘ziga xoslik O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.

Yana bir muammoni hal etish ham o‘ta muhim hisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy- ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko`mak beradigan muhitni yaratish zarur.

Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta'lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta'limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta'limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta'lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e'tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta'lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Shuningdek, o‘qituvchilar o‘z ustida ishlab, bolalarni fanlarga qiziqishini oshirish o‘rniga, maktabning kam-ko‘stini yopish uchun o‘quvchilar ota-onalaridan pul yig‘ish, tinimsiz tekshirishga kelayotgan turli komissiyalarni «tinchitish» bilan ovora bo‘lib qolganligi, maktablarda davomat tushib ketishi, o‘quvchilarning ko‘cha-ko‘yda qarovsiz holda yurishi, hattoki bezorilarga va turli zararli oqimlarga qo‘shilishi holatlariga olib kelganligi tanqidiy muhokama qilinib, ta'sirchan chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Innovatsion jamiyatning o‘ziga xos xususiyati o‘zida har xil yosh kategoriyasidagi insonlar bilimini doimiy tizimli ravishda to‘ldirib borish va kengaytirishni ta'minlaydigan hayot davomida va bosqichma-bosqich jarayondan iborat bo‘lgan uzluksiz ta'lim hisoblanadi13. Uzluksiz ta'limning maqsadi bilimlar iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish bo‘g‘inining ajralmas bo‘g‘ini sifatida insonning o‘zgarishlarga va iqtisodiyotni modernizatsiyalashga, kasbiy hayot, madaniyat, jamiyat va hokazolarga moslashish qobiliyatini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi.
Download 7,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish