O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
“MAKTABGACHA TA’LIM PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIKASI” KAFEDRASI
“MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR SHAXSINING PSIXOLOGIK RIVOJLANISHI”
Mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: MTPP 301-guruh talabasi
Ibraimova Munisa
Ilmiy rahbar: Maktabgacha ta’lim psixologiya va pedagogikasi kafedrasi o‘qituvchisi N.T.Jo‘rayeva ________
TOSHKENT – 2022
Mundarija
KIRISH ………………………………………………………………………3
I BOB. MAKTABGACHA BOLALAR SHAXSINING PSIXOLOGIK RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI
1.1-§.Shaxsning psixologik rivojlanishi ..........................................…….…..5
1.2-§.Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi…………………..6
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1-§.Bolani bog‘cha muhitiga psixologik moslashtirish usul va vosita……….19
2.2-§. Giperaktiv bolalar bilan psixologik ish shakillari………………………….25
XULOSA…………………………………………………………..…………...30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………..…32
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ayrim psixik jarayonlarning rivojlanishi bilan birga ulanring shaxsi va shaxsiy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Bolaning tashqi muhitdagi narsa va xodisalar hamda o‘ziga nisbatan bo‘lgan to‘g‘ri oqilona munosabatlarning asosi huddi shu davrda yuzaga keladi. Bundan tashqari, bog‘cha yoshidagi davrda bolaning qobilyatilari tez rivojlanib, yangi-yangi extiyojlar va qiziqishlarni hosil qiladi. Bola shaxsining ana shunday rivojlanib borishi natijasid uning xarakteriga oid xislatlar namoyon bo‘la boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘z xatti-xarakatlarini ma’lum vazifalarni ado etishga bo‘ysundira olishlari, tobora kuchayib borayotgan qiziqish va erishgan aqliy tarqqiyot darajalari ularni ma’lum ta’limiy programma asosida tarbiyalash imkonini beradi. Bog‘chada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiyaviy ishlar bolalarda mehnat faoliyatining dastlabki belgilari hamda bilimga qiziqishlari tarkib topadi.
Bog‘cha xayotining ko‘p qirrali va sermazmunligi bolalar bilish faoliyatining kengayishiga hamda chuqurlashishiga yordam beradi. Bu esa asosiy bilish jarayonlarni bilishi-idrok, tasavvur, xotira va tafakkur kabi jarayonlarning xarakterini o‘zgartirib yuboradi. Bog‘chagachsa tarbiya yoshidagi bolararda bu jarayonlar ularining o‘yin yoki biron amaliy faoliyatlari bilan birga namoyon bo‘ladi. Masalan, kichik yoshdagi bolalar biron narsa bilan mashg‘ul bo‘lib turganlarda uni idrok qiladilar, ilgari ham shu narsa bilan mashg‘ul bo‘lganlarini eslaydilar va uni analiz va sintez qilib ko‘radilar. Bog‘cha yoshodagi bolalarda esa bu asosiy bilish jarayonlari bir-biridan differensiyalashga (ajratilgan) bo‘ladi. Bog‘cha yoshodagi bola biron o‘yin faoliyati yoki biron narsa bilan mashg‘ul bo‘lish jarayonidagina emas, balki bunday amaliy faoliyatdan tashqari ham biron narsa yoki xodisani idrok qilishi, tasavvur etish, esida olib qilish, esiga tushurishi hamda oddiy tarzda tafakkur qilishi mumkin. Shuning uchun bolaning bog‘cha yoshidagi davrida ana shu asosiy psixik jarayonlari va xususan tafakkur hamda nutq jarayonlari jadal rivojlanadi. Bolalar kattalar bilan bo‘lgan munosabatlarid anarsa va hodisalar haqida elementlar tushinchalar sistemasini egallab olib, tafakkur qilishga o‘rgana boshlaydilar. Kichik va bog‘cha yoshidagi bolalarga xos bo‘lgan “nimaga?”, “nima qiladi?”, “nima keragi bor?” kabi ko‘p savollar ularni narsa va xodisalarning sabablari haqida fikr yurita boshlanayotganliklaridan darak beradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning his-tuyg‘ulari chuqur va mustahkam bo‘la boshlaydi. Bolalarda bog‘cha yoshidan boshlab ahloqiy, intelektual va estetik xissiyotlarning eng sodda turlari yuzaga kela boshlaydi. Ularda o‘zining butun xatti-xarakatlarini ongli ravishda qo‘yilgan umumiy bir maqsadga bo‘ysundirish uquvi yuzaga kela boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |