Maktabgacha ta`lim muassasi yoshidagi bolalarni estetik rivojlanishining o`ziga xosligi reja: i-bob


Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti



Download 177,34 Kb.
bet4/7
Sana30.12.2021
Hajmi177,34 Kb.
#194523
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MTM yoshidagi bolalarni estetik rivojlanishini o`ziga xosligi

Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti: MTM yoshidagi bolalarni estetik rivojlanishini o`ziga xos jarayoni.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti: MTM yoshidagi bolalarni estetik rivojlanishini o`ziga xosligi jarayonining tarkibiy tuzilishi, izchilligi, uni amaliyotga tadbiq etish yo‘llari.

Ishning tuzilishi: bitiruv malakaviy ishi ____sahifani tashkil etib, kirish, ikki bob, hamda 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog‘liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, Respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma- bosqich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samarali kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘yinlari atrofdagi narsa va hodisalarni bilish quroli bo‘lishi bilan birga, katta ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin - maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’yekti sifatida shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sosiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelgan.

O‘rta Osiyo madaniyati tarixiga nazar solsak, oilada farzand tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilgan. Mashhur allomalardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Ahmad Yugnakiylar o‘z asarlarida xalqimizga xos bo‘lgan farzand tarbiyasi ustida fikr yuritganlar. Xalq pedagogikasini o‘rganish davomida olimlarning farzand ta’lim-tarbiyasi va odob-axloqqa oid asarlarida, bolalarni tarbiyalashda tarbiyaviy ishning eng ta’sirchan uslubi - o‘yin shaklidan juda keng foydalanilganligini ko‘ramiz.

O‘tmish pedagog olimlaridan P. F. Lesgaft, K.D. Ushinskiy tomonidan o‘yin nazariyasi ishlab chiqilgan. o‘yinning mehnat jarayoni asosida paydo bo‘lganligi va uning yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi roli, o‘yin mazmunining bola shaxsini shakllantirishdagi ahamiyatini K.D. Ushinskiy asoslab berdi. Rus olimlari san’atning kelib chiqishini tadqiq qilayotganlarida bolalar o‘yinlariga e’tibor qiladilar. Ularning fikricha, kishilik tarixida o‘yinlar san’at kabi, mehnat paydo bo‘lgandan so‘ng va uning asosida vujudga kelgan. P.F. Lesgaft «Bola dastlabki o‘yinida tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga taqlid qiladi, o‘yin ijtimoiy voqelikni aks ettiradi», - deb izohlagan edi. Buyuk psixolog D.V. Elkonin o‘yinning kelib chiqishiga oid yangi g‘oyani ilgari suradi. Jamiyatning dastlabki taraqqiyotidayoq bolalarning kattalar hayoti va mehnatida ishtirok etishlari, bolalarning mehnat qilishlari uchun qulay o‘yinchoq - mehnat qurollari ishlab chiqilgan.

Bolaning o‘yinlari orqali unda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. O‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari, qiziqishlari, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zi yolg‘iz o‘ynaydi. Predmetli va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshdagi bola o‘zining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradi. Syujetli-rolli o‘yinlarda bola, asosan, o‘zi har kuni ko‘rib kuzatayotgan kattalarning hatti- harakatlarini aks ettiradi.

Ma’lum rollarga bo‘lingan jamoaviy o‘yin faoliyati bolalardan qoidalarga qat’iy bo‘ysunishini talab qiladi. Chunki bunday o‘yinlar bolada xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysunish kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi bu esa ma’naviy tasavvurlari shakllanishida muhim ahamiyatga egadir.

Boladagi ma’naviy tasavvurlarning maktabgacha yosh davrida shakllanish jarayonini uchta davrga bo‘lish mumkin. - 3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan davr-emosional o‘zini-o‘zi muvofiqlashtirishning mustahkamlanishi bilan bog‘liq. - 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davr- ma’naviy o‘zini- o‘zi muvofiqlashtirsh bilan harakterlanadi. - 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan davr-bolalarda shaxsiy ishchanlik sifatlarining shakllanishi ustun bo‘ladi.

Milliy xalq o‘yinlari ikki guruhga bo‘linadi:

1. Milliy harakatli o‘yinlar.

2. Xalq milliy o‘yinlari.

Milliy harakatli o‘yinlar: Sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog‘lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo‘lib o‘sishlarida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Milliy xalq o‘yinlarida millatning o‘tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlangandir. Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalarni ma’naviy, aqliy, jismoniy, esetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o‘z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo‘shiqlardan zavqlanish tuyg‘ulari, shuningdek o‘sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.

Xalq milliy o‘yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:

Xalq milliy o‘yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo‘llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;

Milliy o‘yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urf odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;

Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish;

Xalq ertaklari, xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;

Bolalarning o‘ynashlari uchun shart-sharoit (o‘yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;

Maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o‘rtasida milliy o‘yinlar bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalar o‘tkazish.

Milliy harakatli o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.

Umuman o‘zbek halqi miliiy o‘yinlari kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni halqparvarlik va vatanparvarlik, rostgo‘ylik va to‘g‘rilik, mehnatsevarlik va kamtarlik ruhida tarbiyalashda katta xizmat qiladi.

O‘zbek milliy o‘yinlarining sog‘lom avlodni tarbiyalashdagi roli katta. Bu o‘yinlar bolalar sog‘ligiga, umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish va saqlashga, vatanparvarlik, o‘rtoqlik va do‘stlik, milliy urf – odatlarimizni qadrlashga o‘rgatadi.

Ma’naviy tasavvurlar bolalarda darhol va osonlikcha shakllanmaydi. Ularning shakllanishi jamiyatdagi asosiy o‘zgarishlar, bola tarbiyalanadigan ma’lum muhit va unda qabul qilingan qadriyatlar, rasm- rusmlar, an’analar, oiladagi bolalar soni, ota-onaning ma’lumot darajasi, Ularning oiladagi obro‘si-mavqeiga bog‘liq. Masalan, oila, ota-ona, ota- bola va boshqa munosabatlar, turli toifali kishilar haqidagi fikrlar ko‘plab marta qaytarilishi natijasida va avloddan-avlodga o‘tishi tufayli stereotip tasavvurlar hosil bo‘ladiki ular oxir-oqibat, milliy, irqiy, professional, madaniy, oila borasidagi stereotiplarni saqlanishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday stereotiplar mazmunan bolalar o‘yinlarida ham saqlanadi va ushbu faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi.

O‘yinchoq-qurollar paydo bo‘lishi natijasida rolli o‘yinlar paydo bo‘ladi. D.V. Elkonin kattalar mehnatida ishtirok etish orqali bolada mehnat qilishga intilish hissini uyg‘otish zarurligi g‘oyasini ilgari surgan.

O‘yin doimo hayotni aks ettiradi. Shuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o‘zgarib turadi. O‘yin - maqsadga qaratilgan o‘ylangan jarayondir. O‘yin jarayoni asosida o‘quv faoliyati rivojlanadi. Bola yoshligida qancha ko‘p o‘ynasa, bu maktabda yaxshi o‘qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘yinlarning mazmuni bevosita bola shaxsi, ongida ijtimoiy tasavvurlar ko‘lami va sifatidan kelib chiqib, ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy borliq mazmunini individual borliq bilan bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘taydi. Maktabgacha taraqqiyot davri ma’naviy tasavvurlar hamda turli ahloq normalarini o‘zlashtirish uchun senzitiv davr bo‘lganligi sababli, bolalar jamiyatidagi ustuvor faoliyat hisoblangan o‘yinlar muhim tarbiyalovchi omil hisoblanadi.

Ijodiy o‘yinlar turlari

Ijodiy o‘yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan taьsurotlari aks ettiriladi. Ijodiy o‘yin bolalarning mustaqil o‘yini bo‘lib, o‘yinning mazmunini ular o‘zlari o‘ylab topadilar. Bu o‘yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashqilotchilik va ijodqorlik qobiliyatlari to‘laligicha namoyon bo‘ladi. Ammo o‘yinda hayotiy taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu bolalarning o‘yin g‘oyasini yaratishlarida, uning mazmunini to‘zib, tasvirlovchi vositalarni tanlashlarida va shunga o‘xshashlarda namoyon bo‘ladi. Syujetli-rolli o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o‘yin turlaridir. Syujetli-rolli o‘yin o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir.

Tevarak-atorfdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin mazmuniga manba bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarning tevarak-atorfdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o‘yinda qayta ishlanadi, to‘ldiriladi, sifat jihatidan o‘zgartiriladi. Bolalarning bunday o‘yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir. Bolalar o‘yinining o‘ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o‘yin jarayonida yuklangan rol va o‘yin syujetidan tashqil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi.

O‘yinning syujeti – bir-biriga hayotiy aloqador bo‘lgan qator voqea- hodisalar yig‘indisidir. Rol syujetli-rolli o‘yinning asosiy zanjiri hisoblanadi.

O‘yin bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfyat uyg‘otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi.

Bola o‘ynayotganda har hil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka taxta ustidan o‘tadi, engashdi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hakozo.

Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, o‘z xoxishi bilan bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo‘lib qoladi. Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o‘yin katta ahamiyatga ega. O‘yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli o‘yinlar bolaning kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.urlari

O‘yinda bola o‘z oldiga maqsad qo‘yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, topag‘onlikka o‘rgatadi. O‘yin jarayonida juda ko‘p gaplashishga, tortishishga, baxslashishga, aytib berishga to‘g‘ri keladi. Bolalar o‘zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko‘p o‘ylab, fikrlashishlariga to‘g‘ri keladi. Bular hammasi bola tafakquri va xayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.

Bola o‘z o‘yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi.

Masalan, Dilnoza ona-bola o‘yinida ona rolini o‘ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda bo‘lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o‘qib beradi. Bu o‘yin bolada muloyililik, g‘amxo‘rlik, e’tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg‘otadi.

Rolli-syujetli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati. Rolli o‘yinlarning boshqa o‘yinlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo‘lishidir. Bolalar biror narsa yoki voqea to‘g‘risida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lgan syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan bolalar “paroxod” o‘yinini o‘ynamoqchi bo‘lishdi. Bunga o‘yinning qanday borishi to‘g‘risida syujet kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda avval g‘oya raydo bo‘ladi, keyin mazmun rivojlanadi. Ba’zan bolalar o‘yinning qanday borshini oldindan belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga “bormoqchi” bo‘lsalar, sayyohat vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar.

Bundan ko‘rinib turibdiki, rolli o‘yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Rolli o‘yinda har bir bola o‘ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, shafyor, tarbiyachi, enaga, artist va h.

Rolli o‘yinlarda didaktik, qoidali – harakatli o‘yinlardagi singari qat’iy o‘rnatilgan qoida bo‘lmaydi. Bunda ko‘pincha bolalar o‘z xayol qilgan narsalari bo‘yicha harakat qiladilar. Masalan, “raketa tushib oyga uchadilar”, “paroxodda so‘zadilar”, “kasalni davolaydilar”. Ammo, bolalarning xayollari bilan o‘ynashlari ularni real voqealikdan uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug‘iladi, yo‘q, bolalar o‘zlari buning o‘yinligini yaxshi biladilar. Shu bilan birga bolalarning kechinmalari, hayajonlari, qilgan harakatlari hammasi rostakam, sidqidildan bo‘ladi. Masalan “doktor” rolidaga bola kasal to‘g‘risida qayg‘uradi.

O‘yin mavzui bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O‘yinda bolalar aks ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasining kengayib borishiga bog‘liq bo‘ladi. Rolli o‘yinlarining mazmuni va mavzusi o‘zgarishi bilan bir qatorda uning to‘zilishi va o‘yin shakllari o‘zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbusqorligi ham o‘sib boradi. Avvalgi bolalar o‘z-o‘zicha alohida-alohida o‘ynaydilar. Sekin-asta rolli o‘yinlarning paydo bo‘lishi, o‘yinda qishilar o‘rtasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o‘yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga katta bo‘lmagan guruhchalar 2-3 qishidan bo‘lib o‘ynashadi, katta va tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar. O‘yinda har xil rollar orqali o‘zaro munosabatda bo‘lish bolalarda o‘rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi. O‘yinning to‘zilishi va mazmuni o‘zgarishi bilan o‘yinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o‘zgarib boradi.

Bog‘cha yoshidagi bolalarda ijodiy o‘yinning rivojlanib borishi.

Uch yoshdagi bolalarning o‘yinlari yangi tus oladi: bola qo‘g‘irchoqni va o‘zini qishilarning nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan?- deb so‘rasa, “Haydovchiman” deb javob beradi. Yoki qizcha qo‘g‘richog‘iga ovqat pishirayapti. “Sen kimsan?”- degan savolga “Men oshpazman” deb javob beradi. Bolalar o‘z o‘yinlarida sekin-asta murakkab bo‘lmagan syujetli o‘yinlarni o‘ynay boshlaydilar.

Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi. Yana ovqat berishadi va uxlatishadi. Yoki qo‘g‘richoq kasal bo‘lib qolsa, darrov uning qo‘li, oyog‘i bog‘lanadi, yolg‘ondakam dori beriladi. Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. “Men oyisiman”, “Men - vrachman” lekin bo‘lar birdaniga enaga, tarbiyachi, doktor bo‘lib qolishi mumkin.

Bola to‘rt yoshga o‘tganda syujetli-rolli o‘yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O‘yinlar mavzui har xil bo‘lib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o‘z o‘yinlarida oila, MTMni, avtobusda, tramvayda kelayotgan qishini aks ettiradilar. Tevarak-artofni kuzatish natijasida tasavvurlari kenayadi, bu ularning o‘yin mazmuniga ta’sir etadi: bayramlar, magazin, transportning har xil turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni hali tushunib yetolmaydilar. Bola besh yoshga qadam qo‘yganda undagi kuzatuvchanlik taffaquri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi sababli o‘yin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolni rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo‘yicha murakkab bo‘lmagan o‘yinlarni o‘ynshadi. O‘yin mazmuni bilan bir qatorla bolalarda hislar ham rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori bo‘ladi. O‘yin birinchidan, xursandchilik bilan hamoxang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o‘z o‘yinlarida aks ettiradilar.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o‘yin juda ham yaxshi rivojlanadi. Bu o‘yinlarda bolalar o‘zlari eshitgan, ko‘rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqa manbalardan olgan bilim, malakalarini, his-xayajonlarini to‘la qo‘llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o‘yinlarida berilgan ta’lim-tarbiyaning natijasi yaqqol ko‘rinib, sezilib turadi. Bolalar kim bilan o‘ynashi to‘g‘risida va o‘yinning qanday borishi to‘g‘risida o‘zaro kelishib oladilar. O‘yinlar uzoqroq davom etadigan bo‘lib boradi. Bitta o‘yinni uzoq vaqt, hatto bir necha kun o‘ynash mumkin, bunda har gal o‘yinga yangililik kiritib boriladi.

Uzoq davom etadigan o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlarining yuqori bosqichi hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlariga to‘g‘ri rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o‘z an’anasiga, o‘z qoidasiga ega bo‘ladi. Bolalarda birgalikda ijod qiilish qobiliyati rivojlanadi, ular o‘rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo‘lib boradi.

Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. Bolalar o‘rtasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi. Har bir bolaning o‘ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo‘lib boradi. Bunda bolalar faol tashqilotchi, o‘ziga ishonadigan va aksincha, tortinchoq, indamaslarga bo‘linadi.

Faol bolalar har doim o‘yinni o‘z xoxishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular ba’zan o‘yinni buzishadi, o‘rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta’siriga tez berilishadi. Ularini ijobiy xususiyatlari, sog‘lom qiziqishlari bo‘ladi, tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta’sir etadi. O‘yin mavzusi o‘zgarishi bilan o‘yinda qatnashuvchilarning ham o‘zaro munosabatlari o‘zgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri o‘z xolicha o‘ynasa, keyinchalik 2-3 qishi bo‘lib o‘ynay boshlaydi, o‘rta maktabgacha yoshga kelganda o‘ynovchilar soni ko‘payib, o‘rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar o‘yinga mavzu mazmun tanlashda, rollar va o‘yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi.

O‘yinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan o‘yinchoqning roli va unga talab ham o‘zgarib boradi. Kichkina bolalar o‘yinini ko‘pincha o‘yinchoq belgilaydi. Bitta o‘yinchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin. O‘rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin to‘g‘risidagi fikr avval tug‘iladi. Keyin o‘ynay boshlaydi. O‘yinchoq o‘yin mazmuniga qarab tanlanadi.

Bolalarning o‘yinlarida tasvirlash vositalari.

Bolalarning o‘ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak. Rolli o‘yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar: bolalarning o‘z harakatlari; o‘yinchoq va boshqa materiallar; so‘z. Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o‘zlarining harakatidir. Masalan, bola ikki oyog‘ida sakrab quyonchaga taqlid qiladi. Ikki qo‘lini qimirlatib, pishillab parovoz bo‘ladi va h.k. Bolalarning ko‘p harakatlari qurish, yasash bilan bog‘liq bo‘ladi, ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o‘ziga o‘xshatishga urinadilar. Ko‘pincha qurish o‘yinning boshlanishi bo‘lib xizmat qiladi. Taqlid vositasiga o‘yinchoq ham kiradi. O‘yinchoq bola harakatini to‘ldiradi, o‘ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi.

Kiyimlar va ularining qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug‘diradi. Bolalar o‘yin jaranyonida ba’zi bir narsalarni xoxlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o‘sha xoxlagan narsalarini faraz qilib juda yaxshi o‘ynaydilar, masalan, taomni “konfet”, qumni “shakar”, stulni “mashina” deb atashlari mumkin.

So‘z yordamida bolalar qanday o‘yin o‘ynashlarini kelishib oladilar. So‘z yordamida bir-biri bilan muomalada bo‘lib, o‘z fikrlarini izhor etishadi. So‘z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar bu hamma vositalardan ko‘pincha bir vaqtda foydalanadilar.

Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘yin mazmuni shunchalik boyroq bo‘ladi hamda tevarak atrofdagi voqealardan taassurot shunchalik to‘laroq aks ettiriladi. O‘yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab jarayon bo‘lgan bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lgani uchun uning syujetini bolalar

o‘zlari o‘ylab topishadi va o‘zlari tashqil etishadi. O‘yinda bolalar o‘zlarining kichkina jamiyatning a’zosi deb hisoblashadi, o‘zaro kelishib harakat qilishga o‘rganishadi. Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o‘ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o‘z o‘rnini topa olishi va shu jamoada o‘rnashib olishi lozim. Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o‘ynay olishi, diqqatini shunga to‘play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o‘ynay olish malakasini shakllanishiga yordam beradi. Bolalar birgalikda o‘ynashga o‘tganlarida bir-birlari bilan ma’lum munosabat o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. Xudda mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o‘ynashga o‘rgatish orqali erishadi.




Download 177,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish