d) ilg„or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlantirish bo„yicha zarur bo„lgan shart-sharoitlar yaratish;
e) tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat ko„rsatishni tashkil etish, davolovchi- profilaktik tadbirlar (reja asosida profilaktik
emlash, sog„liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda tor mutaxassislar tomonidan tibbiy ko„rik) o„tkazish;
j) tarbiyalanuvchida o„qishga intilish hissini uyg„otish, ularni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy
qadriyatlari asosida ma‟naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;
z) ota-onalar tomonidan tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma,
tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan hollarda badal to„lovlarni hisoblamaslik;
i) belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta‟minlash;
k) tarbiyalanuvchiga tegishli bo„lgan narsa va buyumlarni to„laligicha saqlash;
l) ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchini qabul qilib olish va ularga topshirish;
m) ota-onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta‟lim-tarbiya dasturlari, muassisning manzili va telefoni hamda ta‟limni
boshqaruv idorasi bilan tanishtirish;
n) tashkilot tomonidan tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib ota-onadan majburiy tarzda pul yig„ish va
moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta‟qiqlanadi;
o) pandemiya davrida karantin sharoitida har bir guruhga 15 tadan ortiq bolalarning qabul qilinishiga yo„l qo„ymaslik
nuqtai nazaridan eng zarur xolatlarda (harbiylarning bolalari, tungi smena va 15 kunlik vaxta sharoitida ishlovchi ota-
onalarning bolalari) qabul qilinadigan bolalarning ro„yxatini shakllantirish;
p) ro„yxatga kiritilgan bolalarning ota-onalari bilan individual profilaktik suhbatlar olib borish;
r) ro„yxatdagi bolalarning hududiy oilaviy poliklinikalardan tibbiy ko„rikdan o„tishlarini tashkil etish;
s) ota-onalar uchun bolalarni MTTga keltirish va olib ketishni tashkil etish uchun kelib-ketish grafigini ishlab chiqish;
t) farzandini MTTga olib kelgan ota-onalarning MTT xududiga kiritmaslik,
u) MTT darvozasi oldida oyoq ostida 50 x30 o„lchamda o„zida namlikni saqlab turuvchi matodan dezinfeksiya barerini
tashkil etish va muntazam ravishda uni dezinfeksiya vositasi bilan namlab turish;
f) MTTning kirish qismidan tortib, o„yingoxlarigacha bo„lgan xududlarida sanitariya me‟yorlariga amal qilgan xolda
ishni va ta‟lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
x) ijtimoiy masofani saqlagan xolda ishni tashkil etish;
y) tarkibida xlor moddasi bo„lmagan ammo spirti bo„lgan antiseptik vositalardan foydalanish;
e) guruhlarda yuvish va namlab artish imkoni bo„lgan o„yinchoqlar va didaktik vositalardangina foydalanish;
yu) yozgi sog„lomlashtirish davrida umumiy suv xavzasidan foydalanmaslik;
Do'stlaringiz bilan baham: