VIII. FORS-MAJOR HOLATLARI
21. Taraflar shartnomani fors-major holatlari, ya’ni yengib bo‘lmaydigan kuch, favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydilar.
22. Sodir bo‘lgan fors-major holatlari to‘g‘risida taraflar bir-birlarini ushbu holatlar yuz bergan holda zudlik bilan yozma yoki og‘zaki tartibda xabardor qilishi shart.
23. Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlarini davomiyligini hisobga olib shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |