KIRISh
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda
yoshlarni intelektual salohiyatini ruyobga chiqarish va ularning har tomonlama
rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalishga
aylangan.
5
Chunki jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni
yaratadi.
Mamlakatimizda Milliy mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin ta’lim-tarbiya
ishlariga jiddiy e’tibor berildi.
Jumladan, ta’lim qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturning hamda
tegishli me’yoriy hujjatlarning qabul qilishni sohada tub islohatlarning amalga
oshirishga xizmat qilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat”
g’oyasiga asoslanadi va unga xizmat qiladi. Ana shu buyuk maqsad
mamlakatimizning barcha qatlamlarini va halqimizni birlashtiradi.
Barkamol avlodni shakllantirish dastlab oilada, sungra maktabgacha ta’lim
muassasasida amalga oshiriladi. Bu borada Prezident I.Karimovning "Yuksak
ma’naviyat-yengilmas kuch" asarida "Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar
shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha axborotning 70
foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak,
aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk
kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi", - deb ta’kidlanadi. Ushbu fikrlar
maktabgacha ta’lim muassasalar (MTM)ga ham taalluqlidir. O’zbekiston
Respublikasi "Ta’lim to’g’risida"gi Qonunining 10-moddasida ta’lim turlari sanab
o’tilib, uning birinchi turi - "Maktabgacha ta’lim" ekanligi ta’kidlangan.
Shuningdek, 11-moddasida: "Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk,
maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu
ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qatiy
nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi", - deyilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga uzluksiz ta’limga alohida e’tibor
qaratilgan bo’lib 3.3 bandida uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichi maktabgacha
ta’lim ekanligiga e’tibor qaratilgan.
6
Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa uning samarasi
shunchalik erta namoyon bo’ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir
qiladi.
«Maktabgacha ta’lim» atamasi 1997 yilda YuNESKO qarori bilan kiritilgan
bo’lib, uzluksiz ta’lim tiziminining birinchi bosqichini tashkil etadi. O’zbekiston
Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanishicha, «Uzuksiz
ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, davlat va jamiyatning
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarni, qondiruvchi ustivor
sohadir».
Maktabgacha ta’lim bolalarning sog’lom va har tomonlama yetuk shaxs
bo’lib shakllanishiga, o’qishga bo’lgan havaslarini uyg’otishga, muntazam
ravishda ta’lim olishlariga imkon yaratadi va maktabgacha ta’lim muassasalarida
amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim muassasalariga-maktabgacha ta’lim
muassasasi-boshlang’ich maktab majmualari, «Mehribonlik» uylari, «bolalar
qishlog’i» va boshqa muassasalar kiradi. Bularning aksariyat qismi davlat
tasarrufida bo’lib, ayrimlari xususiy MTMlari hisoblanadi.
So’ngi statistik ma’lumotlarga qaraganda respublikamiz bo’yicha MTM
soni 6135 tani tashkil qiladi, ularga 508235 nafar (20,4 foiz) bola qamrab olingan.
Bu esa, har 100 tadan 20 nafari bola MTM ga jalb qilinganligini
ko’rsatadi.
Shuningdek, respublikamizda 80 ta nodavlat MTM faoliyat ko’rsatmoqda
ularga 3281 nafar bola qamrab olingan.
Samarqand viloyati bo’yicha 659 ta MTM mavjud bo’lib, Samarqand
shahari bo’yicha 20 ta faoliyat ko’rsatmoqda. Bu MTMga bolalarni jalb qilish
hamda shahar va tumanlarda ularni sonini yanada ko’paytirish zarurligini
ko’rsatadi.
O’zbekistan Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da
maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi ekanligi va
7
maktabgacha ta’limning samarali psixologik uslublarini izlash va joriy etish"
zarurligi ta’kidlangan. Shuningdek, 9-moddasida "Barcha bosqichdagi ta’lim
jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi", - deb
aytilgan.
I.A.Karimovning
O’zbekistan
Respublikasi
Konstitusiyasi
qabul
qilinganligining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Ta’lim
sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli
va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini tezlashtirish,
bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat
maktab, lisey va kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng
kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz
lozim", - deya ta’kidlagan. Bu fikrlar maktabgacha ta’lim muassasalariga ham
taalluqlidir.
Shuningdek, "Barkamol avlod yili" Davlat dasturida "Ta’lim jarayoniga yangi
axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar,
multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-
hunar kollejlari, liseylari va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan
yaxshilash" va "har bir maktabgacha muassasani o’yinli va bilish bilan bog’liq
multimedia dasturi" bilan ta’minlash ko’zda tutilgan. YuNISEF tashkilotining
«Bolaga yo’naltirilgan ta’lim dasturi"da MTMlarining ta’lim-tarbiya jarayonida
yangi
pedagogik
texnologiyalardan
foydalanish dolzarb masala ekanligi
ta’kidlangan.
O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-
sonli "2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish",
"Internet"ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash
dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori qabul
qilindi.
2002
yil
30
mayda
O’zbekistan
Respublikasi
Prezidentining
"Kompyuterlashtirishni
yanada
rivojlantirish
va
axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini joriy etish to’g’risida"gi Farmoni va uning ijrosini amalga
8
oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi "2002-2020
yillarda
kompyuterlashtirish
va
axborot
kommunikasiya
texnologiyalarini
rivojlantirish dasturi" e’lon kdlindi.
Yuqorida bayon qilingan dalillar MTM bolalarida kompyuter savodxonligini
shakllantirish, ularni kompyuter bilan elementar tarzda muomala qilishga o’rgatish
va maktab ta’limiga tayyorlash dolzarb masalalardan biri ekanligini ko’rsatadi.
Yosh bolalar tevarak-atrofga, voqyea va xodisalarga, narsa va buyumlarga
qiziquvchan bo’ladi. Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga
keltirib ko’rishni yoqtiradilar.
Kompyuter uyinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini
oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi.
Multimediali
kompyuter
o’yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquvchanlik
xususiyatini oshirishi quyidagilar asosida nomoyon bo’ladi:
1) ekranda ko’rsatiladigan o’yin obyektiga animasiya samarasi berilgan
bo’lishi va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida; 2) tovushda; 3)
musiqada; 4) animasiyada; 5) multifikasiyada.
O’yin davomidagi ushbu "kompyuterli" psixologik-pedagogik ta’sirlar yosh
bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim
olishga bo’lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan
ma’lum bo’ldiki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida
axborot texnologiyalari ya’ni, multmedialardan foydalanish uni MTMlarda
samarali qo’llash hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |