metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish
34
2)
agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni
tahdil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia
texnologiyasiga aylanadi.
Shuning
uchun,
MTMlar
sharoitida
kompyuterlardan
ta’lim-tarbiya
jarayoniga foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi dialog texnologik xaritaga
kiritilgan reja asosida olib boriladi.
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo’lsa, mashg’ulot frontal
ravishda, bitta bo’lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda o’tkaziladi.
Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan
savolga to’g’ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so’raladi. Agar MTMlarda
proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo’lsa, tarbiyachi mashg’ulotni
"kompyuter-elektron doska" usulidan foydalanib olib boradi. Bu holda (MTMda
bitta kompyuter bo’lgan hol) kompyuter xotirasidagi o’rganiladigan material
elektron doskaga chiqarilib tarbiyachi guruhining barcha bolalari bilan muloqotda
bo’ladi. Mashg’ulot davomida o’rganiladigan materialning har bir bo’lakchasini
tarbiyalanuvchilar javoblaridan keyin tarbiyachining o’zi xulosalab boradi.
Kompyuterda
bajariladigan
elementar
matematik amallarni tarbiyachi
nazorati asosida tarbiyalanuvchilarning o’zlari mustaqil bajaradilar va o’zlarining
kompyuter savodxonliklarini rivojlantirib boradilar.
Multimedia texnologiyasidan foydalanib mashg’ulot o’tkazishda analogiya
metodidan foydalanish samarali natija beradi. Masalan, kompyuterning tashqi
qurilmasini
o’rganishda televizor bilan taqqoslab tushuntirish mumkin.
Kompyuterda yozuv ishlarini amalga oshirish mexanik yozuv mashinasi bilan
taqqoslanadi.
Sonlarning katta-kichikligi o’rganilayotganda 1000 so’mlik pulning miqdori
kattami yoki 500 so’mlik pulning miqdori kattami deb so’ralsa, 6-7 yoshli bolalar
ushbu miqdor (son)larning farqini tezgina ayta oladilar.
Buyumlarning uzunlik-o’lchovini o’rganishda "Ukangning bo’yi balandmi
yoki sening bo’ying balandmi?", - deb savol qo’yilsa, tarbiyalanuvchilarga
35
tushunchaning mohiyati tezda ayon bo’ladi. Yoki "Bir qavatli o’y balandmi, ikki
qavatli o’y balandmi?", - deb savol qo’yish mumkin.
Multimedia
texnologiyasidan
foydalanilgan
mashg’ulot
(kompyuterli
ta’lim)da slayd, taqdimot va boiqa ko’rgazmali vositalar tayyorlash va misollar
tanlashda, eng avvalo bolalarga tanish bo’lgan hodisalar, buyumlar, obyektlar, uy-
ruzg’or anjomlaridan, shuningdek, oiladagi kundalik jarayon va hodisalardan
foydalanish kerak.
Masalan,
10
soni
ichida
ayirish
amalini
bajarishda
tarbiyachi
tarbiyalanuvchidan "Onang senga 10 ta konfet berdi, shundan uchtasini ukangga
berding. O’zingda nechta konfet koldi?",- deyilsa, kundalik turmushida uchrab
turadigan masala bo’lganidan bola ushbu masalani tez hal eta oladi. Shundan
keyin monitor ekraniga chiqarilgan 10 ta "buyum"dan 3 tasi ayirilsa, nechta
"buyum" qolishini aytib beradi.
Mashg’ulotning texnologik xaritasi. MTMlarning maktabga tayyorlov
guruhlarida mashg’ulotlar garchi dars shaklda o’tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki
bu mavzu materiali bo’yicha o’ziga mashg’ulotning texnologik xaritasini tuzib
olishi kerak. Xaritada mashg’ulot mavzusi, mag’sadi va vazifalari, mashg’ulot
mazmuni, mashg’ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar,
kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak.
Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan
barchasini to’g’ri bajarsa, u holda unga "a’lo" bahoni ifodalaydigan 3 ball
qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda
"yaxshi" bahoni ifodalaydigan 2 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdan bitta
topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga "qoniqarli" bahoni
ifodalaydigan 1 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi topshiriqni to’g’ri bajara
olmasa, u holda hyech qanday ball qo’yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi
tarbiyalanuvchi bilan qo’shimcha shug’ullanib, uning bilim darajasini aniqlash
uchun qayta testga qo’yishi kerak.