KIRISh
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intelektual salohiyatini ruyobga chiqarish va ularning har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalishga aylangan.
Chunki jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni yaratadi.
Mamlakatimizda Milliy mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin ta’lim-tarbiya ishlariga jiddiy e’tibor berildi.
Jumladan, ta’lim qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturning hamda tegishli me’yoriy hujjatlarning qabul qilishni sohada tub islohatlarning amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat” g’oyasiga asoslanadi va unga xizmat qiladi. Ana shu buyuk maqsad mamlakatimizning barcha qatlamlarini va halqimizni birlashtiradi.
Barkamol avlodni shakllantirish dastlab oilada, sungra maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshiriladi. Bu borada Prezident I.Karimovning "Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch" asarida "Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha axborotning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi", - deb ta’kidlanadi. Ushbu fikrlar maktabgacha ta’lim muassasalar (MTM)ga ham taalluqlidir. O’zbekiston Respublikasi "Ta’lim to’g’risida"gi Qonunining 10-moddasida ta’lim turlari sanab o’tilib, uning birinchi turi - "Maktabgacha ta’lim" ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, 11-moddasida: "Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qatiy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi", - deyilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga uzluksiz ta’limga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib 3.3 bandida uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichi maktabgacha ta’lim ekanligiga e’tibor qaratilgan.
Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa uning samarasi shunchalik erta namoyon bo’ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
«Maktabgacha ta’lim» atamasi 1997 yilda YuNESKO qarori bilan kiritilgan bo’lib, uzluksiz ta’lim tiziminining birinchi bosqichini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanishicha, «Uzuksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, davlat va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarni, qondiruvchi ustivor sohadir».
Maktabgacha ta’lim bolalarning sog’lom va har tomonlama yetuk shaxs bo’lib shakllanishiga, o’qishga bo’lgan havaslarini uyg’otishga, muntazam ravishda ta’lim olishlariga imkon yaratadi va maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim muassasalariga-maktabgacha ta’lim muassasasi-boshlang’ich maktab majmualari, «Mehribonlik» uylari, «bolalar qishlog’i» va boshqa muassasalar kiradi. Bularning aksariyat qismi davlat tasarrufida bo’lib, ayrimlari xususiy MTMlari hisoblanadi.
So’ngi statistik ma’lumotlarga qaraganda respublikamiz bo’yicha MTM soni 6135 tani tashkil qiladi, ularga 508235 nafar (20,4 foiz) bola qamrab olingan.
Bu esa, har 100 tadan 20 nafari bola MTM ga jalb qilinganligini ko’rsatadi.
Shuningdek, respublikamizda 80 ta nodavlat MTM faoliyat ko’rsatmoqda ularga 3281 nafar bola qamrab olingan.
Samarqand viloyati bo’yicha 659 ta MTM mavjud bo’lib, Samarqand shahari bo’yicha 20 ta faoliyat ko’rsatmoqda. Bu MTMga bolalarni jalb qilish hamda shahar va tumanlarda ularni sonini yanada ko’paytirish zarurligini ko’rsatadi.
O’zbekistan Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi ekanligi va maktabgacha ta’limning samarali psixologik uslublarini izlash va joriy etish" zarurligi ta’kidlangan. Shuningdek, 9-moddasida "Barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi", - deb aytilgan.
I.A.Karimovning O’zbekistan Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini tezlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat maktab, lisey va kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim", - deya ta’kidlagan. Bu fikrlar maktabgacha ta’lim muassasalariga ham taalluqlidir.
Shuningdek, "Barkamol avlod yili" Davlat dasturida "Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, liseylari va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash" va "har bir maktabgacha muassasani o’yinli va bilish bilan bog’liq multimedia dasturi" bilan ta’minlash ko’zda tutilgan. YuNISEF tashkilotining «Bolaga yo’naltirilgan ta’lim dasturi"da MTMlarining ta’lim-tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb masala ekanligi ta’kidlangan.
O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli "2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish", "Internet"ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori qabul qilindi.
2002 yil 30 mayda O’zbekistan Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida"gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi "2002-2020 yillarda kompyuterlashtirish va axborot kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi" e’lon kdlindi.
Yuqorida bayon qilingan dalillar MTM bolalarida kompyuter savodxonligini shakllantirish, ularni kompyuter bilan elementar tarzda muomala qilishga o’rgatish va maktab ta’limiga tayyorlash dolzarb masalalardan biri ekanligini ko’rsatadi.
Yosh bolalar tevarak-atrofga, voqyea va xodisalarga, narsa va buyumlarga qiziquvchan bo’ladi. Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib ko’rishni yoqtiradilar.
Kompyuter uyinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi.
Multimediali kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquvchanlik xususiyatini oshirishi quyidagilar asosida nomoyon bo’ladi:
1) ekranda ko’rsatiladigan o’yin obyektiga animasiya samarasi berilgan bo’lishi va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida; 2) tovushda; 3) musiqada; 4) animasiyada; 5) multifikasiyada.
O’yin davomidagi ushbu "kompyuterli" psixologik-pedagogik ta’sirlar yosh bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’ldiki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot texnologiyalari ya’ni, multmedialardan foydalanish uni MTMlarda samarali qo’llash hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |