Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika mashg’ulotlarini tashkil etish usulari



Download 158,06 Kb.
bet1/2
Sana07.09.2021
Hajmi158,06 Kb.
#167761
  1   2
Bog'liq
1-AMALIY MASHG`ULOT


MAVZU. Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika mashg’ulotlarini tashkil etish usulari.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inidir. Avvallari bu tizim xalq xo‘jaligining turli sohalarida mexnat qilayotgan otaonalarning ijtimoiy faoliyati uchun shartsharoit yaratishgagina xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda bolalar bog‘chalari ish mazmuniga qo‘yilgan talablar xam o‘zgartirildi. Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichida o‘qishga tayyorlashdir.

Bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda maktablar o‘quv dasturlariga yaqinlashtirilgan 12 yo‘nalishli yangi dasturlar ishlab chiqilgani, sinovdan o‘tkazilib, joriy etishga kirishildi.




Bog‘chalarda bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi.

Jumladan, maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematika ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishga olib keldi.

Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bulajak tarbiyachi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematika tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur.

Yosh avlodii o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas’ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab avaylash ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bunda barcha ta’lim tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan katta katta ishlarni bajarishni talab etadi.

1. O’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz ta’limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog‘liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim tarbiya jarayonini takomillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi.

Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o‘rin tutadi. So‘ngi yillarda mamlakatimizda bolalar bog‘chasida matematika o‘qitish butun tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga oshiridsi.

Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.

Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.

2. Bolalar bog‘chasida matematik ta’lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat:

1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. Nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).



  1. Bog‘chada matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish. (nimani o‘rgatish?). Bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi.

  2. Matematika bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo‘lishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?.

  1. Matematik bilim berish vositalarini darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish).

  2. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning mashg‘ulotdan tashqari shakllarini qanday o‘tkazish? Mashg‘ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak? Mashg‘ulot jarayonidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).

Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va shakllari metodik tizimning asosiy komponentlaridir.

2. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta’lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlaridan iboratdir.

Umumiy ta’lim maqsadlari:

Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda xodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushunishga va olamdagi fazoviy shakllarni (joylashishlarini); natural son, geometrik shakl, miqdor va boshqa tushunchalar abstrakt ammo ular real borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmda bilimlar berish. Bu bilimlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi kerak.

Matematikani o‘rgatish bolalarda o‘z ona tilida xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga o‘rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon etishda sergaplikka yo‘l qo‘yish mumkin emas, bunda har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir.



Maqsad:

1. Bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga o‘rgatish


(shu qatorda matematikadan ham).

2. Yosh bolalarga matematik bilim berish.



Tarbiyaviy maqsadlar: Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni boshqa oladigan bilimlariga qaraganda ko‘proq sabotlikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka o‘z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa kuzatish, tajriba va faxmlash asosida aytiladigan fikrlarining ravon bo‘lishiga e’tibor bera bilishga odatlantirish kerak.

Bolalarda matematik bilimlarga bo‘lgan qiziqish, matematik xarakterdagi masalalarni sabr toqat va tirishqoqlik bilan yechish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

Induktiv va deduktiv tafakkurning boshlang‘ich ko‘nikmalarini aqliy operatsiyalarni, ya’ni tahlil qilish, sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishga, idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va xayolni o‘stirishga matematik ta’lim berish katta yordam qiladi.

Amaliy maqsadlar: matematik bilim berishdan kuzatilgan amaliy maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog‘lay olishidan, ya’ni olingan bilimlarni amaliy masalalarni hal qilishga, bolalar to‘plam va son haqida, kattalik (miqdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik shakllar haqida boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘ladilar, joy va vaqtni bilishni o‘rganadilar: bolalar olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin faoliyatida va maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak.

Kursning asosiy vazifalari:

1. Maktabgacha tarbiya muassasalarida talabalarda matematika elementlari bilan ta’limning nazariy asoslarini bolalarning matematik rivojlanishini ruhiy xususiyatlarini bilishning mazmuni va metodikasini shakllantirish.

2. Talabalarda bolalar bog‘chasida ta’lim jarayonining matematika elementlari bilan tashkil qilishning kasbiy ko‘nikmasini rivojlantirish, mashg‘ulotlarni rejalashtirish, matnlarni to‘zij va tahlil qilish: metodik usullar va ta’limiy o‘yinlar to‘plash: ularning mazmuni va metodlari bilan ishlashni tahlil qilish.

Z.Talablarni maktab bilan oilaning uzviy bog‘liqlikda bo‘lishini o‘rnatishga o‘rgatish.

Talabalarni ushbu kurs bo‘yicha maktabgacha ta’lim kollejida ishlash mazmuni va shakllari bilan tanishtirish.

4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning vazifalari (ta’limiy va tarbiyaviy) o‘qitish mazmuni va yo‘llarining umumiy tavsifi.




Download 158,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish